8-mavzu innovatsiyalarning sohalar bo`yicha turlari reja


Innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish



Download 2,75 Mb.
bet15/65
Sana11.07.2022
Hajmi2,75 Mb.
#775820
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
Bog'liq
Namangan muhandislik- texnologiya instituti (1)

4. Innovatsion marketing texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish.
Kross-marketing – bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalish bo‘yicha iste’molchilarni jalb qilishga imkon beradigan texnologiya eng katta foyda keltiradigan texnologiya hisoblanadi.
Usulning mohiyati quyidagidan iborat bo‘lib, ikki yoki undan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlarini ilgari surish uchun birgalikda aksiya tashkillashtiradi. Bunda reklama qilinadigan tovar yoki xizmatlar bir-biriga yo‘ldosh bo‘ladi va go‘yoki bir-birini to‘ldirib turadi. Kross-marketing turli tovarlar va xizmatlarni ilgari surishda faol qo‘llanadi.
Call-markaz bu – ko‘p sonli telefon qo‘ng‘iroqlari bilan ishlash tizimi. Umuman olganda, faqat bitta korxonaehtiyojlari uchun ishlaydigan “ichki” Call-markazlar mavjud (masalan, uyali aloqa kompaniyasining abonentlar xizmati), lekin ko‘pchilik hollarda sall-markaz turli resurslar bilan ishlash va buning hisobiga pulni tejash maqsadida inson va texnika resurslaridan parallel ravishda foydalanishga imkon beradi.
Call-markazning har bir operatori tizimga kirish uchun o‘z nomi va paroliga ega bo‘lib, uning ayni paytda sall-markaz xizmat ko‘rsatayotgan turli mavzulardagi qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatishdagi malakasining tavsifi ularga bog‘langan bo‘ladi. Birorta telefon raqamidan qo‘ng‘iroq kelib tushganda tizim avtomatik ravishda qo‘ng‘iroq qaysi raqamdan kelib tushgani va qaysi mavzuga mansub ekanligini aniqlaydi. SHundan keyin, mavzuni aniqlagach, tizim qo‘ng‘iroqni suhbat mavzusida javob bera oladigan bo‘sh operatorga yo‘naltiradi.
Call-markazlar iskoniyatlarining rivojlanishida navbatdagi qadam IP kanallar (elektron pochta, chat va forumlar) orqali iste’molchilar bilan muloqot qilish imkoniyatlarining qo‘shilishi hisoblanadi va hosil bo‘lgan struktura “kontakt markaz” nomini oladi.
Internetglobal miqyosda sotuv hajmini oshirish uchun mo‘ljallangan yangi texnologiyalar taklif etadi. Intranet va extranet ilovalari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak bo‘lgan internetdagi korporativ web-sahifa biznesning asosiga aylanmog‘i lozim. Marketing tashabbuslari amalga oshiriladigan asosiy joyga web-sahifa aylanadi, chunki bu iste’molchi eslab qoladigan asosiy narsadir. Tashrif buyuruvchi kompaniya sahifasiga tashrif buyurishi bilan, asosiy vazifa uni kerakli joyga yo‘naltirish va unga amalga oshishi lozim bo‘lgan harakatlarda yordam berishi qisoblanadi.
Kompaniyalar va iste’molchilar o‘rtasida axborot ayirboshlash uchun web-ilovalar, pochta dasturlari, tarmoq konferensiyalari va chatlardan foydalaniladi. Bu ilovalar juda ommalashgan, foydalanish uchun sodda bo‘lib, barqaror ishlashi bilan ajralib turadi, Shu sababli, korxonaga maksimal darajada muvafaqqiyat ta’minlaydigan variantlarni tanlab olish uchun ularning qanday ishlashini bilish zarur.
Internet marketing texnologiyasidan kutilayotgan asosiy vazifa nafaqat yangi iste’molchilar topish, balki saytga mavjud ist’molchilarning qaytishini ham kafolatlashdir. Buning uchun uning xodimlari iste’molchilar savollariga tez va aniq javob beradigan hamda ularga yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda tezkor yordam ko‘rsatadigan sotuvga ko‘maklashish xizmatini tashkil qilish zarur. Mijozlarning va ularning so‘rovlari o‘ziga xosliklarini yaxshiroq bilib olish uchun marketing ma’lumotlarini to‘plash va tahlil qilish, shu tariqa, biznes uchun muhim qarorlarni axborot bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’milashi lozim.
Mobil marketing – ularni amalga oshirishda uyali aloqa (mobil) telefoni, smartfon yoki cho‘ntak portativ komp’yuteri (KPK) foydalaniladigan kommunikatsiyalar interaktiv marketing vositasi8.
Mobil marketingning asosiy afzalliklari – reklama kampaniyasiga boshqa vositalarni integratsiya qilish hisobiga reklama imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, korxonalar faoliyatida innovatsion marketing texnologiyalari usullaridan samarali foydalanish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, yangi raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‘rsatishni o‘zlashtirish, ushbu mahsulotlar va xizmatlar bilan nafaqat ichki bozorga, balki jahon tovar va xizmatlar bozoriga kirib borish, umuman korxona iqtisodiyotini yuksaltirishga hamda samarali faoliyat yuritishiga muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish