O`qituvchi qanday bo`lishi kerak?
-Talabalarning yosh individual xususiyatlarini e`tiborga olish ta`kidlanadi. Lekin, oliy va o`rta maxsus ta`lim hayoti, amaliy jarayoni esa xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o`qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
-Pedagogik faoliyat yuritish davr talabiga javob bermog`i lozim. O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim tugrisida"gi Konunning 5-moddasida xuddi shu xususda tuxtalgan: "Tegishli ma`lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axlokiy fazilatlarga ega bulgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shugullanish xukukiga ega..."
-talabalar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil kilish, kizikarli, to`laqonli bolalar yosh jihatlariga mos xayot iklimini yaratish, mexnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko`ngilochar va shunga o`xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada talabalar o`zlari xohlagan ishga qo`l ursinlar, muvaffaqiyat hissini tushunib, o`zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bo`lsin.
-Shuning uchun ham ta`lim muassasalarida ishlaydigan o`qituvchi o`z faoliyatida qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon, milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni dunyoviy, diniy bilimlarni mukammal egallagan, ma`naviy barkamol, O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida tarakkiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to`g`ri anglagan, e`tiqodli, psixologik, pedagogik bilimli va mahoratli bo`lishi muhimdir
O`qituvchining vazifalari
-Respublikamiz hukumati tomonidan oliy va xalq ta`limi sohasiga qo`yilayotgan vazifalarni bajarish ko`p jihatdan o`qituvchiga bog`liq. Ya`ni iqtisodiy sharoitda ta`lim-tarbiyadan ko`zda tutilayotgan maqsadga etishish, talaba-yoshlarning xilma-xil faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e`tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o`stirish o`qituvchi zimmasiga yuklatilgan.
-Xalqimizning kelajagi, Mustaqil O`zbekistonning istiqloli ko`p jihatdan o`qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalashiga bo`lgan munosabatiga bog`liq. Shu munosabat bilan o`qituvchilar mahoratini oshirish, ularning falsafiy jihatdan keng fikrlovchi, yuksak mulohazali bo`lishlariga e`tibor berilmoqda.
-Shuni aytish kerakki, o`qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o`qituvchi bo`lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o`zigina etarli emas. Chunki, pedagogik nazariyada bolalarni o`qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g`oyalar bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |