O`qituvchining tashkilotchilik mahorati
Albatta, bu o`rinda har bir tarbiyachi pedagogik tashkilotchilik mahoratiga ega bo`lishi kerak. Tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil ettirish, darsdan so`ng o`quvchilarning bo`sh vaqtini taqsimlash kerak. Bunda o`quvchilarning ota-onalari bilan yaqindan munosabatda bo`lishlari kerak, ular bilan suhbatlarni quyidagi yo`nalishlarda olib bormog`i lozim.
1.O`quvchining xarakter xususiyati, oiladagi o`rni, mavqei, ruhiy holatini o`rganishda.
2.Odob va axloqqa doir suhbat. (sharqona urf-odat, rasm-rusumlar, yangi chiqqan adabiyotlar).
3. Tarbiyasi murakkablashgan o`quvchilarning ota-onasiga maslahat berish.
O`qituvchining yakkama-yakka suhbati puxta, asosli va mantiqan boy bo`lsa, ota-onani unga ishonchini oshiradi - natijada erkin dil so`zlari, maslahat, o`zaro yordam kabi hamkorlik holati vujudga keladi.
O`qituvchi ota-ona va o`quvchilar bilan yakkama-yakka faoliyatini yo`lga quyish uchun ularning shaxsini, oilaviy ahvolini bilishi kerak.
O`qituvchi ota-onalar haqida ma`lumotga ega bo`lgandan keyin ularning farzandlari xususiyatlarini aniqlab olishi muhimdir.
O`qituvchi bolalarni to`liq o`rganishi, tarbiyaviy tadbirlarni mukammal ta`sirchan uyushtirishga imkoniyat yaratadi.
O`qituvchi o`z faolitida quyidagilarga e`tibor berishi lozim.
1. O`quvchilarda shakllanib kelayotgan ijobiy fazilatlarni tavsiflash, ularni bilim olishga qiziqtirish, rostgo`y, ma`rifatli, mehrli, do`stlik, o`z-o`zini boshqarish, mehnatga munosabatini rivojlantirish.
2. O`quvchilarning ruhiy quvvati va qobiliyatlarini ajrata olish.
3. O`quvchidagi ijobiy va salbiy o`zgarishlarni kuzatish va sababini o`rganish.
4. O`quvchidagi yolg`on gapirish va boshqa salbiy sifatlarini aniqlash.
Fan o`qituvchilari har xil musobaqalar, bellashuvlar o`tkazishlari ham o`quvchining bilimiga bilim qo`shadi, dunyoqarashini o`stiradi, guruxdoshlari bilan aloqani mustahkamlaydi, mustaqil fikrlashga undaydi.
Demak, o`quv-tarbiya jarayonining natijalari o`qituvchining mahoratiga, tashkilotchilik faoliyatiga va kasb ko`nikmasiga bog`liq ekan.
Darsning samaradorligi, ta`limiy, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi jarayonini oshirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
- o`qituvchining ma`naviy-axloqiy, siyosiy, ilmiy nazariy va metodik darajasini oshirish;
- pedagogik mehnat sifatiga, darsga tayyorlanishga mas`ul munosabatni belgilash;
- barcha o`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha samarali nazoratni tashkil etish;
- o`quvchilarda o`qishga mas`uliyat munosabatni tarbiyalash bo`yicha ular bilan ish olib borish, bilimlaridagi nuqsonlarning oldini olish, bilim, ko`nikma va malakalarning yuksak sifatiga ega bo`lishi uchun kurashish, bu ishga o`quvchilarning o`zini faol jalb qilishi kerak.
Bu yo`nalishlarning har biri bo`yicha aniq, o`ylab chiqilgan, ilmiy jihatdan asoslangan rejasi, pedagoglar jamoasi uning o`quv-tarbiyaviy ishlari darajasidan kelib chiqadigan tizimi bo`lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |