Uchinchi kesig’ – ishlab chiqarish. Qo’ydagilarni ichiga oladi: mahsulot tayyorlash; ombor xo’jaligini yuritish va ta’minlash; texnologik parkga xizmat qo’rsatish; tadqiqot ishlarini oborish va loyihalashtirish.
Turtinchi kesig’ – marketing. Qo’ydagilarni ichiga oladi: mahsulot sotish jarayonlari: mahsulot strategiyasi, narxshakllanish strategiyasi, mahsulotni bozorda siljitish strategiyasi; sotish bozorini va taqsimot tizimini tanlash.
Beshinchi kesig’ – moliya. O’z ichiga pul oqiminidan samarali foydalanish jarayonlarni kamrab oladi. Qiskacha qilib aytganda foydalilikni ta’minlash, investitsion imkoniyatlarni yaratish.
Oltinchi kesig’ - tashkiliy madaniyat. Yuqoridagi qo’rsatilgan qesig’larga o’xshab tashkiliy madaniyatni tashkilotni ichki muhitini taxlil jarayonida chukur va jiddiy o’rganilishi kerak.
Tashkiliy madaniyati quchli tashkilotda ishlayotgan insonlarni muhimligi-
ni uqtirib o’tiladi. Bunday tashkilotlar o’z falsafasini, kadriyatlarini targ’ibot qilishga katta ahamiyat beradi.
Tashkiliy madaniyati pas tashkilotlar o’zini faoliyatini rasmiy va soniy qo’rsatqichlari to’g’risida ko’prok gapiradi.
Tashkiliy madaniyat to’g’risidagi tassavur - xodimlar ish joyida ishlashi, bir biri bilan aloqa o’rnatishi, suhbatlarda nimaga ko’proq ahamiyat berishini bildiradi.
Tashkiliy madaniyatni tushunishga quyidagilar yordam beradi:
barqaror qoidalar,
xulq-atvor me’yorlari,
marosimlar,
kaxramonlar,
rivoyatlar,
tashkiliy nishonlar,
tashkilotni tarixi.
Tashkilotni kuchli madaniyatga ega bo’lganini - xodimlar tashkilotni tarixini qanchali bilgani, hurmat bilan tashkilotni qoidalariga, nishonlariga, marosimlariga qarashini bildiradi.
Tashkilot uzoq muddatli istiqbolda faoliyat qo’rsatish uchun, tashkilot bashorat qilib kelajakda qanday qiyinchiliklar kutib turibdi, qanday imkoniyatlarga ega bo’lishini bilishi kerak.
Tashkilotni muvaffaqiyatli yashash shartlarini kuchli va kuchsiz tomonlari, kolaversa tahdidlar va imkoniyatlar belgilaydi.
Ichki muhitni taxlil kilinayotganda strategik boshqaruvini tashkilot va uning unsurlarining kuchli va kuchsiz tomonlari qiziqtiradi.
Muhitni taxlil qilishdan maqsad tashqi yoki ichki muhitda qanday tahdidlar va imkoniyalar paydo bo’lishi mumkin, tashkilotni qanday kuchli va kuchsiz tomonlarini bilishdan bordan iborat.
Ayni shu vazifani yechish uchun ma’lum taxlil usullari ishlab chiqarilgan va hozirgi vaqtda ular startegik boshqaruvida qo’llanilyapti.
Bu usulni nomi SWOT bo’lib, birinchi marotaba bu so’zni 1963 yilda Garvardda biznes siyosatiga bag’ishlangan anjumanda professor K.Andryus ishlatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |