Ochilgan oynada Otkrыt qatorida cmd ni teramiz va OK tugmasini bosamiz.
12.
Ochilgan oynada ipconfig /all ni yozamiz va Enter tugmasini bosamiz
13.
Buyruq tarmoq sozlash ishlaringizni ekranda namoyish etadi.
Jismoniy manzilingiz, bu sizning tarmoq platangiz MAC-manzili demakdir.
Ya’ni, misol tariqasida tarmoq kartasining MAC-manzili quyidagicha: 00-10-11-12-13-14
Tarmoq orqali printerdan foydalanish Tarmoq printeri bu lokal tarmoqqa ulangan kompyuterlardan chop etish uchun ma’lumotlar qabul qiluvchi, chop etuvchi qurilma hisoblanadi. Quyida biz qanday qilib tarmoq printeriga ma’lumot jo‘natish va chop etish jarayonlarini ko‘rib chiqamiz.
Buning uchun bizning kompyuterimiz lokal tarmoqqa ulangan bo‘lishligi va printer ulangan kompyuterdan bizga foydalanishga ruxsat (dostup) bo‘lishligi lozim.
Dastlab bizni kompyuterimizda biror printerga bog‘lanish borligini bilish uchun Pusk-Printerы i faksы yoki Pusk-Panel upravleniyaPrinterы i faksы bo‘limiga kiramiz.
95-rasm. Printerlarni boshqarish paneli. Ochilgan oynadan Ustanovka printera bo‘limi ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosamiz. Natijada bizga printerlar o‘rnatish jarayonini oynasi ochiladi. Daleye tugmasi bosib printer o‘rnatish bosqichini boshlaymiz. Hosil bo‘lgan oynada printer o‘rnatishni ikki turini, ya’ni kompyuterga ulangan printerni yoki tarmoq orqali boshqa kompyuterga ulangan printerni o‘rantishni so‘raydi. Biz Setevoy printer ili printer, podklyuchennыy k drugomu kompyuterutanlaymiz va Daleye tugmasini bosamiz.
96-rasm. Tarmoq printerini o‘rnatish. Ochilgan oynada bizga qaysi turdagi printerga ulanish so‘raladi. Bunda:
printerlarni avtomatik qidirish;
printer ulangan kompyuter nomi yoki IP raqami orqali ulanib topish; - internet ulanish orqali topish shartlari qo‘yiladi.
97-rasm.Tarmoqda mavjud printerlarni qidirish. Biz ikkinchisini tanlaymiz av printer mavjud bo‘lgan kompyuterni IP raqamini va printerni turini yozamiz. Misol uchun o‘sha IP 192.168.1.13 va printer nomi canonLBP2900 bo‘lsin u holda Imya bandiga quyidagicha yoziladi: \\192.168.1.13\canonLBP2900ni yozib Daleye tugmasini bosamiz va keyingi ochilgan oynalar so‘rovlarini tasdiqlaymiz.
Xulosa qilib aytganda yuqorida kompyuterlarni lokal tarmoq ulash va tarmoqda sozlash ishlarini bajarish, printerni tarmoqqa ulash kabi usullar bayon etilib, ushbu keltirilgan tavsiyalar umumta’lim muassasalari informatika fani o‘qituvchilari balkim mustaqil foydalanuvchilar uchun ham kelgusi faoliyatlarida amaliy yordam beradi degan umiddaman.