1-topshiriq
1-Kompyuter jdk ni o’rnatish qo’llanmasi:
JDK Java development Kit ya’ni Java ni rivojlantiruvchi asboblar to’plami degani. JDK JRE(java runtime environment)-java ish vaqti muhiti, to’plovchilar, va JavaDoc, Java debugger kabi turli xil asboblarni o’z ichiga oladi. Java dasturni yaratish, to’plash va yuritish uchun, kompyuterda JDK ni o’rnatib olish kerak bo’ladi. JDK ni yuklab, o’rnatib bo’lgandan keyin uni cmd bilan bog’lash kerak ya’ni o’sha o’rnatgan JDK ning joyini (yo’nalishini) cmd ga ko’rsatib qo’yish lozim. Bu uchun jdk o’rnatilgan joyga boriladi ya’ni Java fayliga, bu yerdan jdk fayliga kiriladi va bu faylning ichidagi bin fayliga kiriladi. Yuqorida aynan o’sha joyning manzilini (c:\Program Files\Java\jdk-12.0.2\bin\) ko’rsatadigan joyiga borib bu manzilni nusxasini olinadi va shu bilan buyerda qiladigan ish tugaydi. Endi windows tugmasini bosiladi компьютер ning ustida sichqonchaning o’ng tugmasini bosiladi. Своства bo’limini tanlanadi. Buyerdan, yuqori chap tomonda joylashgan “Дополнительные параметры системы” ga kiriladi va yangi window ochiladi. Bu oynaning past qismidagi “переменные среды” ga kiramiz. Bunda yana kichik yangi oyna chiladi va biz yuqoridagi “Создать” ga kiramiz. Bu safar ham kichik oyna ochiladi, bu oynada ikkita yoziladigan joy bor: “имя переменной” va “значение переменной”. “имя переменной ” ga “ Path” so’zini yozamiz, “значение переменной Variable value”ga esa biroz oldin nusxasini(copy) olgan narsamizni qo’yamiz va shu bilan barcha windowda “OK” tugmasini bosib chiqamiz. Yana kiramiz, “имя переменной” ga “ CLASSPATH” so’zini yozamiz, “значение переменной”ga esa (.;) belgilarini yozamiz va shu bilan barcha oynada “OK” tugmasini bosib chiqamiz.
Bloknotni ochib quyidagi kodlarni yozib olamiz:
Buyerda SalomJava klass(sinf) nomi, bundan keyingi va shu kod oxiridagi figurali qavslar bu klasning tana qismi hisoblanadi. Java dasturlash tilida dastur yaratish uchun eng kamida bitta klass bo’lishi shart va yana bitta “main” metodi. Shu faylni saqlab qo’yishda extiyot bo’lish kerak faylga nom berilgandan keyin .java deb yozib qo’yish kerak. Shu tarzda ish stoliga saqlaymiz. Windows tugmasini bosib “search” dan “cmd” ni qidiramiz. Topganimizdan so’ng “cd” ni yozamiz va joy tashlab Desktop ni yozamiz,endi “Enter” tugmasini bosamiz va shu bilan biz ish stolini ichidamiz. Biz saqlab qo’ygan fayl ish stolidada bor yo’qligini tekshirish uchun “dir”so’zini yozamiz va “Enter” ni bosamiz. Ish stoli ichidagi barcha fayllarni ko’rishimiz mumkin, shu bilan birgalikda biz saqlab qo’ygan faylni ham. Bu faylni oldin kompayl qilamiz ya’ni o’sha commond promptda javac SalomJava.java ni yozib undan keyin “Enter” tugmasini bosamiz. Endi Desktopda yangi fayl ochilganini ko’rishimiz mumkin va bu .class fayl hisoblanadi. Klass faylimiz tayyor, Endi yana cmd ga java SalomJava ni yozib undan keyin “Enter” tugmasini bossak, “ Salom Java” yozuvini ko’rishimiz mumkin.
Xulosa:
Ushbu qo'llanmada siz jdk ni qanday o’rnatishni, va uni cmd ga ulab, birorta editorda kod yozishni o’rgandiz. Endi siz Tomcat, Jetty, Glassfish, Cassandra yoki Jenkins kabi Java-da ishlaydigan dasturlarni o'rnatishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |