Tovar bozori
— tovarning (shu jumladan bir-birining o‘rnini bosadigan
tovarning) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi
muomala doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy
bo‘linishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida
tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Moliya bozori
— banklar hamda boshqa kredit, sug‘urta va o‘zga moliya
tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek
qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‘zbekiston
Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi
15
O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risidagi” Qonuni.
156
mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko‘rsatish
imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Mazkur qonunning maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi raqobat
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, hozirgi vaqtda mulk turi
har-xil bo‘lgan, lekin ishlab chiqarayotgan mahsuloti bir xil bo‘lgan korxonalar
(firmalar) o‘rtasidagi musobaqani qonuniylashtirish va insofsiz raqobatni
cheklashdan iborat.
Ushbu qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar sub’ektlariga nisbatan bu
qoidalarning qo‘llanilishi mazkur sub’ektlarning o‘ziga xos vazifalari bajarilishini
cheklab qo‘ymaydigan holatlarda tadbiq etiladi.
Raqobat umumijtimoiy kategoriya bo‘lib, ijtimoiy jarayonlar qatnashchilari
o‘rtasidagi yaxshiroq yashash sharoiti uchun bo‘ladigan kurashni anglatadi. U
kishilik jamiyati hayotining hamma jabhalariga xos bo‘lib, odamlar o‘rtasidagi o‘z
imkoniyatlaridan to‘laroq foydalanish, ayrim sohalarda o‘z ustunliklarini namoyon
qilish, farovonroq hayot kechirish, jamoa o‘rtasida obro‘liroq bo‘lish uchun
bo‘lgan qurashni aks ettiradi. Kishilarning iqtisodiy faoliyati boshqa
faoliyatlarning asosini tashkil qilgani uchun kishilik jamiyati hayotida iqtisodiy
sohadagi raqobat muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiy sohadagi raqobat ishlab chiqarish
munosabatlarining sub’ektlari (ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar, tadbirkorlar,
yollanma ishchilar va hokazolar) o‘rtasida qulayroq ishlab chiqarish sharoiti
(arzon ishlab chiqarish resurslari va ishchi kuchi)ga ega bo‘lish unumliroq
texnologiya, ish joyi, yaxshi bozorni qo‘lga olish, umuman, yuqori daromad olish
imkoniyati uchun olib boriladigan kurashdan iborat.
Iqtisoddagi raqobat ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, yaxshi daromad ko‘rish, o‘z
qobiliyatini to‘laroq ishga solish, o‘zi mashg‘ul ishni rivojlantirish, o‘z sohasida
imijga ega bo‘lish uchun kurashni bildiradi.
Bozor raqobatini yuzaga keltiruvchi bir necha omillar ta’sirini ko‘rsatish
zarur. Bu omillarni 3 ta guruhga ajratish mumkin(8.1-rasm):
•
iste’molchilar doirasining cheklanganligi;
•
resurslarning cheklanganligi;
157
•
mahsulotlarni siljitishdagi cheklanganlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |