8-bob. Raqobatli strategiyalar


 Raqobatli strategiyalar va ularning mazmuni



Download 441,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana16.03.2022
Hajmi441,63 Kb.
#493714
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
8-мавзу Рақобат стратегиялари

 
8.7. Raqobatli strategiyalar va ularning mazmuni 
F. Kotler firmaning bozordagi ulushidan kelib chiqqan holda raqobatchilik 
strategiyasini 4 ta turga ajratib ko‘rsatadi 
22

1. Lider strategiyasi. 
2. “Kurashga chaqiruvchi” strategiya. 
22
Котлер Ф. и др. Основы маркетинга. – М.: ООО “И.Д.Вильямс”, 2012. – 510 с. 


180 
3. “Lider orqasidan boruvchi” strategiya. 
4. Mutaxassis strategiyasi. 
Odatda lider bu asosiy bozorni rivojlantirishga katta hissa qo‘shuvchi 
firmadir. Liderning javobgarligini aniqlovchi eng tabiiy strategiya bo‘lib, yangi 
iste’molchilarni egallashga, mavjud tovarlarni qo‘llashda yangi tashviqotga yoki 
tovarlarni bir marta iste’molini o‘stirishga yo‘naltirilgan global talabni 
kengaytirish strategiyasi bo‘lib hisoblanadi. 
Mudofaa strategiyasi - bu bozor liderining strategiyasi bo‘lib, u orqali 
korxona bozorda raqobat kurashida qo‘lga kiritgan yutuqlarini, pozitsiyalarini 
(masalan, bozorda katta ulushni saqlab qolish, mahsulot markasini obro‘sini 
ko‘tarish, tovar harakati kanallarini ustidan nazoratni saqlab qolish)ga intiladi. 
Mudofaa strategiyasi - bu bozor sardori tomonidan o‘zining biznesini 
raqobatchilar tajovuzidan doimo him oya qilish maqsadida tanlanadigan 
strategiyadir. Mudofaa strategiyasining quyidagi turlari mavjuddir: pozitsiyali 
mudofaa, qanot mudofaasi, mudofaa qayta hujumga o‘tish yo‘li bilan, mobil 
mudofaa va qisilib qolayotgan mudofaa. 
Hujum strategiyasini qo‘llash natijasida firma bozorda o‘z ulushini oshirishga 
harakat qiladi. Bundan maqsad tajriba samarasini keng ishlatish hisobiga 
rentabellikni oshirishdan iboratdir. 
Demarketing strategiyasi esa bozor liderining to‘rtinchi strategiyasi bo‘lib, 
lider firma monopolizmda ayblanishdan qochish uchun bozordagi o‘z ulushini 
qisqartirishni ko‘rib chiqishi mumkin. Unga erishish yo‘llarini bittasi 
ko‘rsatilayotgan hizmatlarni, reklama va talabni rag‘batlantirish maqsadida 
qisqartirish, ayrim segmentlarda narxni oshirish hisobiga talab darajasini 
pasaytirish maqsadida demarketing tamoyillarini qo‘llash hisoblanadi. 
“Kurashga chaqiruvchi” strategiyasining maqsadi - lider o‘rnini egallashdir. 
Bu erda 2 ta muammo muhim hisoblanadi: 
1. Liderga hujum qilish uchun vaziyatni tanlash. 
2. Uning imkoniyatlarini va himoyasini baholash. 
Vaziyatni tanlashda front bo‘yicha hujum yoki qanot hujumi muqobillari 


181 
hisobga olinadi. 
Hujum strategiyasi - bu raqobat strategiyasi bo‘lib, u bozor da’vogari 
tomonidan sotuv bozorlarini egallash kurashida qo‘llaniladi. 
Front bo‘yicha hujum - bu raqobatchi korxonaning kuchsiz tomonlaridan kura 
kuchli tomonlaridan ustun kelish bo‘yicha faol harakatlar orqali uning 
pozitsiyasiga ( mahsulotlar, reklama, narxlar va boshqalar bo‘yicha) hujum qilish 
tushuniladi. Uni amalga oshirish uchun korxona raqobatchiga nisbatan ko‘p 
resurslarga ega bo‘lishi hamda uzoq muddatli “jang harakatlari”ni olib borish 
qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Qanot hujumi - bu raqobatchilar faoliyatini kuchsiz joylariga yo‘naltirilgan 
bo‘lib, bu joylarda ustunlikka erishish uchun asosiy kuchlar tashlanadi; u shunga 
asoslanganki raqobatchi ko‘pincha o‘z resurslarining eng kuchli pozitsiyalarini 
saqlab qolish uchun yo‘naltiradi, masalan sifati bo‘yicha sardorlik (liderlik) 
pozitsiyasini saqlab turishi mumkin, ayni vaqtda esa o‘z faoliyatida kuchsiz 
joylarga ega bo‘lishi mumkin, masalan vositachilar bilan ishlashga uncha ahamit 
berishmaydi. Ushbu strategiya bozor da’vogari raqobatchiga nisbatan kam 
resurslarga ega bo‘lsa yaxshi natija berishi mumkin. U ko‘pincha raqobatchilarga 
qarshi kutilmaganda ishlatiladi. 
O‘rab olish orqali hujum - bu raqobatchini barcha pozitsiyalarga birdaniga 
hujum qilinib, uni bir vaqtning o‘zida hamma yo‘nalishdar bo‘yicha mudofaa olib 
borishga majbur etadi; bu esa bozor da’vogari juda katta resurslarga ega bo‘lganda 
qo‘llaniladi hamda qisqa vaqt ichida raqobatchini bozordagi pozitsiyasini 
emirilishiga imkoniyat yaratadi. U Kuyidagi variantlarida amalga oshirishi 
mumkin, ya’ni mahsulot modifikatsiyasi (turlari) sonini ancha ko‘paytirib, 
raqobatchi harakat qilayotgan barcha bozorlarda o‘z mahsulotini sotishi. 
CHetlab o‘tish hujumi - bu tug‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan hujum turi bo‘lib, 
ko‘pincha quyidagi yo‘nalishlardan birida amalga oshiriladi: ushbu korxona uchun 
mutlaqo yangi bo‘lgan mahsulot turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, yangi 
geografik bozorlarni o‘zlashtirish, texnologiyada yangi bosqichni o‘zlashtirish, 
bozor da’vogari uchun dastlab eng “engil” bozorlarda amalga oshirilib, u erlarda 


182 
ustunlikka erishilgandan so‘ng esa, raqobatchining asosiy faoliyati sohalarida 
hujum uyushtiriladi. 
Download 441,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish