Bog'liq 8-maruza. Traheyya bilan nafas oluvchilar kenja tipi harakteristikasi va klasifikatsiyasi.
Embrional rivojlanish. Ko`pchilik hasharotlarnnng tuxumi sariq mod- daga juda boy, sentroletsiral tipda tuzilgan. Bunday tuxumda, sariq mod- dasi ko`p bo`lib hujayra yadrosi atrofida to`plangan. Sentroletsital tipdagi tuxumlarda yadro bir necha marta maydalangandan so`ng sitoplazma sirtiga ko`chadi. Maydalanish davom etishi natijasida sitoplazma sirtida bir qavat hujayralardan iborat blastoderma hosil bo`ladi. Blastodermada bo`lajak embrionning qorin tomoniga mos keladigan qismi qalin tortib sariq- likka boub kirgan murtakchizig `ini hosil qiladi. Keyinroq murtak chizig`i hujayralari tez bo`linishi va uning o`rta qismi sariqlikka botib kirishi bilan rnezoderma varaqlari bo`linib ketishi tufayli qator selomik xaltalar paydo bo`ladi. Sariq moddadan yoki murtak chizig`ining oldingi va keyingi qism- laridagi alohida hujayralar hisobidanendoderma hosil bo`ladi. Blastoderma esa ektodermaga aylanadi.
Murtak varaqlari hosil bo`lishining dastlabki davrlaridayoq murtak qobig`ining shakllanishi hamma hasharotlar uchun xos bo`lgan xususiyat- dir. Bujarayon odatda quyidagicha sodir bo`ladi. Dastlab murtak chizig`i bilan sariqlik chegarasida pushtacha paydo bo`ladi; keyinroq shu joyda ikki qavat burmalar hosil bo`ladi. Burmalar asta-sekin o`sib murtak chizig`ini qoplab olishi natijasida ikki qavatli murtak qobig`i shakllanadi. Tashqi qobiq seroz, ichkisi amnion deb ataladi. Amnion bilan murtak oralig`ida suyuqlik to`ldirilgan amnion bo`shlig`i paydo bo`ladi. Shunday qilib, bu davrda murtakni tashqi muhitdin tuxum qobig`i -xorion, ikki qavatli murtak qobig`i va amnion bo`shlig`i ajratib turadi. Shundan keyin murtak chizig`i oldingi tomondan boshlab bo`g`imlarga ajrala boshlaydi. Bosh bo`limi va undagi ko`z hamda mo`ylov bo`laklariga xos bo`lgan qismlar keyinroq yo`qolib ketadigan interkalyar (oraliq) bo`g`in, uchta ko`krak va oxirgi navbatda 11 ta qorin bo`g`imlari hosil bo`lishi bilan embrion shakllanadi. Ichakning oldingi va o`rta qismi ikkita ektoderma burmaiari hisobidan hosil bo`ladi. Hasharotlarning o`rta ichagi turli yo`llar bilan hosil bo`lishi mumkin. Bir xil hasharotlarda ichak sariq mod- dadagi endodermal hujayralari hisobidan, boshqalarida oldingi va keyingi ichakning ayrim boshlang `ich hujayralaridan va nihoyat bir qator hasharotlarda faqat oldingi ektodermal ichak hisobidan hosil bo`ladi. Malpigi naychalari esa orqa ichak ektodermasi hisobidan shakllanadi. Nerv sistemasi dastlab ektodermaning qorin pushtachasi holida shakllanadi va keyinroq ichkariga botib kiradi. Shundan so`ng selomik xaltachalar yemirilib, ularning bo`shlig`i qo`shilib ketishi tufayli miksotsel (aralash tana bo`shlig`i) hosil bo`ladi. Erkin qoladigan hujayralar hisobidan muskullar, yurak, yog` tanacha va boshqa bir qancha ichki organlar kelib chiqadi. Hasharotlarda boshlang`ich jinsiy hujayralar embrional rivojlanishning dastlabki davrlar- idayoq hosil bo`ladi. Embrion sariqlik modda hisobidan oziqlanib o`sadi. Rivojlanishning so`nggi davrlarida murtak qobiqlari yorilib, embrion tuxumdan chiqadi. Keyinchalik murtak qobiqlari so`rilib ketadi. Tuxum po`stidan chiqishi bilan hasharotlarning embrional rivojlanishi tamom bo`lib postembrional rivojlanishi boshlanadi.