Ichki tuzilishi. Ko`poyoqlilarning ovqat hazm qilish sistemasi to`g`ri nay shaklida bo`ladi va hamma bo`g`imoyoqlilarnikiga o`xshash bo`limlardan iborat. Og`iz teshigi boshini`ig pastki tomonida jag`larining o`rtasida joylashgan bo`lib, ichakning oldingi qismi - halqumga ochiladi. Kivsyaklarning uch juft so`lak bezlari bo`ladi. Bu bezlarning har qaysisi alohida yo`l bilan og`iz bo`shlig` iga yoki og`iz teshigi yoniga ochiladi. Ko`poyoqlilar jag`larining yoniga ochiladigan 2 juft be- zlarini hasharotlarning ipak bezlariga tenglashtirish mumkin.
Naychalarning tana bo`shlig`ida joylaslgan uchi berk bo`ladi, ikkinchi uchi esa o`rta va orqa ichak chegarasida ichak bo`shlig`iga ochiladi. Asosiy modda almashinuv mahsulodari hisoblana- digan siydik kislotasi konkretsiya holida malpigi naychalari bo`shlig`iga va ularning epiteliy devoriga ajratiladi. Ayirish organlariga mal pigi naychalari, qorin qon tomiri yoki qorin nerv zanjiri bo`ylab joylashgam limfatik bezlar ham kiradi. Bu bezlar moddalar almashinuvining qattiq rmahsulot- larini to`plash vazifasini bajaradi. Ayirishda yog` tanachalar liam qat- nashadi. Bu tanachalar tana bo`shlig`ida joylashgan hujayralar to`j)lamidan iborat. Tana hujayralari ichida yog` tomchilari va siydik kislotasi kzonkretsi- yasi bo`ladi. Yog` tanachalar qo`shimcha oziq hamdir.
Nafas olish sistemasi -shoxlangan ingichka havo naychalar traxeyalardan iborat. Traxeyalar embrional rivojlanish davrida ektoderman- ing tana ichiga chuqur botib kirishi orqali hosil bo`ladi. Traxeyalaming ichki yuzasi xitin bilan qoplangan. Bu xitin naychalar devorida spiral joylashgan yo`g`onlashmalarni hosil qiladi. Yo`g`onlashmalar traxeya nay- larini puchayib qolishiga yo`l qo`ymaydi. Traxeya naylari qorin tomonida joylashgan stigmalar - nafas teshiklari bilan bog`langan.
Qon aylanish sistemasi -yaxshi rivojlangan bo`lib, yurakdan va un- dan boshlanadigan arteriya qon tomirlaridan iborat. Yuragining tuzilishi va joylanishi hasharotlamikiga o`xshaydi. Bu organ ichakning ustida joylashgan tana bo`g`imlari soniga teng miqdorda alohida kameralarga bo`lingan uzun naychadan iborat. Hap qaysi kameraning ikki yonida joylashgan kla- panii bir juft teshiklar -ostiylar land bo`shlig `iga ochiladi. Klapanlarqo`shm kanieralar orasida ham joylashgan. Yurak maxsus qanotsimon muskullar yordamida tana devoriga osilgan bo`lib, orqadan oldingi tomonga qarab to`lqinsimonqisqarish xususiyatigaega. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari ko`poyoqlilarda turlicha rivojlangan. Yurakning keyingi uchi hasharotlamikiga o`xshash berk yoki ikkita qon tomirlari bilan bog`langan bo`ladi. Qon aylanish sistemasi murakkab tuzilgan. Laboyoqlilar yuragining oldingi uchi aorta qon tomiri bilan bog`langan. Aortadan miyaga va qorni tomonga qon tomirlari chiqadi. Bundan tashqari har bir yurak kamerasidan ham ikki- tadan arteriya tomirlari chiqadi. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari ko`p marta tarmoqlanib, tana bo`shlig`i - miksotselgaochiladi.
Shunday qilib, gemolimfa yurakdan qon tomirlari orqali tana bo`shlig`iga kelib quyiladi. U yerdan yana ostiylar orqali yurakka o`tadi. Yurakda qon orqadan oldinga, qorin tomirida esa, aksincha oldindan orqa tomonga oqadi.