8- mavzu: Traheyya bilan nafas oluvchilar kenja tipi harakteristikasi va klasifikatsiyasi. Traheyya bilan nafas oluvchilar kenja tipida hashorotlar sinfining vakillarini qishloq ho’jaligidagi va halq ho’jaligidagi hamda meditsinada tutgan



Download 2,54 Mb.
bet5/8
Sana23.07.2022
Hajmi2,54 Mb.
#840678
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-maruza. Traheyya bilan nafas oluvchilar kenja tipi harakteristikasi va klasifikatsiyasi.

Qon aylanish sistemasi. Traxeya sistemasining murakkablashuvi qon aylanish sistemasining soddalashuvigaolibkeladi. Qon aylanish siste­masi faqat yurak va undan chiqadigan kalta aorta qon tomiridan iborat; qon (gemolimfa) tana bo`shiig`ida aylanadi. Hasharotlarning yuragi uzun nayga o`xshash bo`lib, qorin bo`limida ichakning ustida joylashgan. Yurakn­ing keyingi uchi berk; ichki bo`shlig`i ko`ndalang to`siqlar bilan bir necha bo`lmalarga bo`lingan. Ko`pchilik hasharotlarda bunday bo`lmalarning soni 8 ta bo`ladi. Har bir bo`lmaning yon tomonida ikkitadan klapanli teshikchalar (ostiylar) bor; yurak va undan boshlanadi- gan bosh aorta tomiri devori muskul tolalari bilan ta`miniangan. Aorta bosh yaqinida tana bo`shlig`iga ochiladi; gemolimfa aortadan ana shu bo`shliqqa kelib tushadi. Yurakni yurakoldi sinusi o`rab turadi. Bu sinus tana bo` shlig`idan mayda teshikchali yupqa diafragma parda orqali ajralib turadi.
Ayirish sistemasi. O`rta ichak bilan orqa ichak chegarasida joy­lashgan malpigi naychalaridan iborat. Bu naychalar orqa ichak o`simtalaridan iborat bo`lib, ektodermadan kelib chiqqan. Ul­arning soni bir juftdan bir necha yuz juftgacha, to`g`ri qanotlilarda 120; pardaqanotlilarda 150 juftgacha yetadi. Shira bitlari va ayrim tuban hasharotlar da malpigi naychalari umuman bo`lmaydi. Ko`pchilik hasharot­larning malpigiy naychalari devori muskullar bilan ta`minlanganligi tufayli harakaUanish (qisqarish) xususiyadgaega. Naychalaming tana bo`shlig`ida osilib turgan qismining uchi berk bo`ladi; ikkinchi uchi esa o`rta ichak bilan orqa ichak chegarasida ichak bo`shlig`iga ochiladi.
Nerv sistemasi. Hasharotlarning nerv sistemasi boshqa hamma bo`g`imoyoqlilarnikiga o`xshash qopin nerv zanjiri tipida tuzilgan bo`lsada, turli darajada murakkablashgan. O`rta nerv sistema­si halqumusti nerv tugunlaridan hosil bo`lgan bosh miyadan, xalqumosti va qorin nerv zanjiri hamda nerv tugunlaridan iborat. Hasharodaming bosh miyasi pro- totserebmm, deytotserebmm va tritotserebrum deb ataladigan uchta bo`limdan iborat. Bosh miya uchta bosh segmentlari gangliylarining qo`shilishidan hosil bo`ladi.
Hasharotlarning timpanal organlari sekundiga 15000 dan 175000 gacha bo`lgan tovush tebranishlarini qabul qiladi. Ular ayniqsa ultrato- vush tebranishlariga sezgir bo`ladi. Tunlam kapalaklar ko`rshapalaklar tarqatadigan 30000-80000 chastotali tovush tebranishlarini sezadi va ul­ardan saqlanish uchun o`z yo`nalishini o`zgartirib turishadi. Yuqorida trixoid sensillalar ham eshitish funksiyasini bajarishi to`g`risida eslatilgan edi. Trixoid sensillalar 50 dan 400 gacha chastotali tebranishlarni sezadi. Ular kontakt sezgi organlari bo`lib, hasharotlar o`tirgan yuzaning tebranishlarini qabul qiladi. Trixoid sensillalar mo`ylovlarda va serkilardako`p bo`ladi. Ayrim trixoid sensillalarning tukchalari kutikula bilan harakatchan birika- di. Bunday sensillalar shamolning yo `nalishini va havo oqimini aniqlashga yordam beradi. Pashsha va chivinlaming ikkinchi juft qanotlari qoldig`idan hosil bo`lgan vizildoqlarida tana holatini boshqarishga yordam beradigan xordotonal sensillalar joylashgan.

Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish