3. A.Marshall va yangi klassik vaziyat
Marjinalistlar davlatning iqtisodiyotga aralashmaslik qoidasi bosh mezon hisoblangan iqtisodiy fanda yangi klassik yo’nalishning boshlanishiga asos soldilar. Yangi klassiklarning tasdiqlashicha, bozor mexanizmi xo’jalik jarayonlarini o’zi tartiblashga, ishlab chiqarish va iste‘mol o’rtasida muvozanat o’rnatishga qodir, erkin bozorning o’zaro ta’siri asosida shakllanadigan munosabatlarga davlatning aralashuvi esa, muvozanatning buzilishiga, iqtisodiy samaradorlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun yangi klassik yo’nalish vakillari xususiy tadbirkorlik va bozor imkoniyatlaridan to’la foydalanish uchun kurashdilar. A.Smit an‘analarini davom ettirgan holda yangi klassiklar universal iqtisodiy qonuniyatlarni keltirib chiqarishga harakat qildilar. Ular marjinalizm metodologiyasiga suyangan holda iqtisodiy fanning asosiy bo’limlarini o’z ichiga oluvchi bir butun nazariy tizim yaratdilar. Xususan, firma daromadlarini taqsimlash, bozor muvozanati nazariyalari ancha takomillashtirildi, iste‘mol tanlovi, umumiy (barcha bozorlar uchun) muvozanat nazariyalari yaratildi. O’sha davrdagi yangi klassiklarning ilmiy qarashlari uning atoqli vakillaridan biri, Kembrij
maktabining rahnamosi Alfred Marshallning (1842–1924)
Do'stlaringiz bilan baham: |