Bozor iqtisodiyotida davlatning roli
Reja:
• Davlatning bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iqtisodiy funksiyalari.
• Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.
• Antimonopol faoliyat va raqobatni rivojlantirish.
• Daromadlarni ijtimoiy manfaatlarni e`tiborga olgan xolda qayta taqsimlash.
• Resurslarni qayta taqsimlash.
1. Davlatning bozor iktisodiyoti rivojlanishiga aralashuvi zarurligi va asosiy iktisodiy funktsiyalari.
Mamlakatlarning rivojlanish tarixi shuni isbotladiki, garchand xamma joyga kirib boruvchi shaxsiy manfaatning «ko`rinmas ko`l»i uni yo`naltirib tursada davlatning aralashuvisiz iktisodiyot o`zini- o`zi samarali boshkara olmas ekan. Bozor kuchlari avvalam bor iktisodiyotda mavjud barcha resurslardan to`lik foydalanishni va baxolarning barkaror darajasini ta`minlab turadigan darajadagi milliy ishlab chikarish xajmlarini saklab turish uchun etarli emas.
Bozor iktisodining ko`zda tutilmagan salbiy samaralari kuyidagilar:
- bozorni monopollashuvi xavfi;
- jamiyat infratuzilmasini ( transpor, ijtimoiy infratujilma, mudofaa, jamoat tartibini saklash,fundamental tadkikotlar va x.k.) rivojlantirishga ragbatning yo`kligi;
- atrof muxitni ifloshlanishi va tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish xavfi;
- ijtimoiy tengsizlik, axoli daromadlari darajasidagi tabakalanish darajasinig o`sishi;
- resurslarni adolatsiz taxsimlanishi xavfi;
- iktisodiyotning bekaror rivojlanishi, iktisodiy inkirozlarning ro`y berishi va x.k.
Sof bozor uchun xos bo`lgan bu kamchiliklar davlatning, iktisodiy tizimning samaradorligini oshirishga karatilgan, asosiy funktsiyalarini belgilab beradi. Aynan shu tufayli bozor va davlat simbiozi ro`y berdi, va ko`pchilik davlatlarning bugungi kundagi iktisodiyoti sof bozor iktisodiyoti xam, sof davlat iktisodiyoti xam emas. «Iktisodiyotni barkaror amal kilishi uchun ikki tashkiliy kism- bozor va xukumat zarur. Ularsiz xozirgi zamon iktisodiyotini boshkarish –xuddi bitta ko`l bilan karsak chalish bilan barobardir»* Ilgor davlatlar bozorlari rivojlanishiga davlatning aralashuvi tufayli davriy tebranishlar amplitudasini kamaytirishga, inkiroziy xodisalarni yumshatishga va iktisodiy rivojlanishda jiddiy ilgarilashga erishildi.
Davlatning iktisodiy funktsiyalari ko`p va xilma-xildir. SHuning uchun taxlilimizda davlatning asosiy iktisodiy funktsiyalarinigina ko`rib chikamiz.
Davlatning asosiy ikvtisodiy funktsiyalariga kuyidagilar kiradi:
1. bozor tizimi samarali faoliyat ko`rsatishini ta`minlaydigan xukukiy baza va ijtimoiy muxitni ta`minlash;
2. rakobat muxitini yaratish va uni ximoya kilish.
3. ijtimoiy ne`matlar bilan ta`minlash maksadida resurslarni kayta taksimlash;
4. atrof muxitni ximoya kilish;
5. daromad va boyliklarni kayta taksimlash;
6. iktisodiyotni barkarorlashtirish, ya`ni, iktisodiy kon`yukturaning o`zgaruvchanligi natijasida paydo bo`ladigan ishsizlik va inflyatsiya darajalarini nazorat kilish xamda iktisodiy o`sishni ragbatlantirish.
Davlat bozor iktisodiyotining samarali faoliyat ko`rsatishi uchun asos bo`ladigan ayrim xizmatlarni va xukukiy bazani ta`minlash vazifalarini zimmasiga oladi. Xukukiy bazani ta`minlash asosan iktisodiy faoliyatni tartibga soluvchi konunlar ishlab chikarishda va bu konunlarni bajarishni taminlash xamda nazorat kilishda namoyon bo`ladi. Davlat, shuningdek xalkaro munosabatlarni yo`lga ko`yib o`z tadbirkorlaring maxsulotlarini xorijiy mamlakatlarda sotishi uchun kulay sharoit yaratadi. Bunga ikki tomonlama solikka tortmaslik, boj to`lovlari bo`yicha o`zaro imtiyozlar berish, investitsiyalarni kafolatlash kabi masalalarda xukumatlararo kelishuvlar orkali erishiladi. Tashki savdoni tartibga solish vositalari orkali xam davlat o`z ishlab chikaruvchilarini ximoya kiladi(bu masalalar o`kuv ko`llanmasining tegishli mavzularida ko`rib chikiladi).
2.Iktisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vositalari.
Ixtisodiyot davlat tomonidan ma`muriy, iktisodiy va ijtimoiy usullar bilan tartibga solinadi.
Ma`muriy usullar antimonomol tadbirlar, majburiy standartlarni o`rnatish, tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va sub`ektlarini ro`yxatga olish kabilarni o`z ichiga oladi.
Ijtimoiy usullarga davlat ijtimoiy ta`minoti, minimal ish xakini o`rnatish, ishsizlik nafakalarini berish kabilar kiradi.
Iktisodiy usullar byudjetdan moliyalashtirish, davlat xaridi, davlat sektori faoliyati kabi to`gridan-to`gri usullarni va byudjet-solik xamda pul-kredit siyosatidan iborat bevosita tartibga solish usullarini o`z ichiga oladi..
Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to`lovlari) ko`paytirish yoki kiskartirish orkali mamlakat iktisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YAIMni taksimlash va kayta taksimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chikish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar kismidagi mutanosiblikni ta`minlash, ishlab chikaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko`rsatish, baxolar ustidan nazorat o`rnatish, eksport va import kilinadigan tovarlarga kvotalar o`rnatish va shuningdek, mamlakat axolisini ximoya kilish maksadida olib borilayotgan chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko`rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subventsiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko`rinishidagi yordam turi bo`lib, byudjet va byudjetdan tashkari fondlardan ko`rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo`lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital ko`yilmalar, ilmiy tadkikotlar, kadrlarni kayta tayyorlashga ajratilgan mablaglar kirsa, bilvosita subsidiyalarga solik imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshkalar kiradi.
Bundan tashkari davlat axolini davlat transfertlari ko`rinishida ximoya kiladi.
Bozor iktisodiyoti sharoitida ko`p kirrali soliklar tizimidan foydalaniladi. Axoli davlat byudjetiga xar oyda olgan daromadlariga karab daromad soligi to`laydi, korxonalar esa olgan foydasiga karab foydadan solik to`laydilar. SHu kabi juda ko`p mavjud solik turlaridan okilona va ilmiy asosda foydalanish orkali davlat solik siyosatini, solik stavkalari mikdorlarini va imtiyozlari turlarini aniklaydi va shu bilan butun makroiktisodiy vaziyatga ta`sir ko`rsatadi. Soliklarni o`zgartirish orkali investitsiyalar va jamgarmalar ragbatlantiriladi.
Pul-kredit siyosati mamlakatda pul massasini tartibga solishga karatilgan va uning asosiy vazifasi baxolar va real milliy ishlab chikarish xajmining o`sishiga mos keladigan pul massasini ta`minlashdan iborat. Bu siyosatning asosiy vositasi Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladigan xisob stavkasini tartibga solish, tijorat banklarining majburiy ravishda Markaziy bankda saklaydigan zaxiralari normasini o`zgartirish, kimmatli kogozlar bo`yicha ochik bozordagi operatsiyalarni yo`lga ko`yish va shuningdek, boshka tadbirlardir.
Iktisodiyotni tartibga solish vositalaridan yana biri davlat tomonidan iktisodiyot kelajagini oldindan taxminlash (prognozlash) va uni rivojlantirish dasturini ishlab chikish xamda xayotga tatbik etish xisoblanadi. Davlat byurtmasiga asosan uzok va kiska muddatlarga mo`ljallangan prognozlar tuziladi. Prognozlarda resurslar, texnologiya, ichki bozor xajmi va tarkibi, eksport va import, davlat xarajatlari, ishlab chikarish tarkibidagi o`zgarishlar, matematik modellar asosida xisob-kitob kilinadi va iktisodiyotning kaysi yo`nalishda rivojlanishi aniklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |