X.500 xizmatining kirish usuli va qurilish asoslari
X.500 ikkita asosiy komponentlardan tashkil topgan: DUA (foydalanuvchi agenti) va DSA (tizim agenti). DUA o‘zida X.500 ning klientini yoki foydalanuvchi interfeysini tashkil etadi. U o‘zi alohida qism bo‘lishiyam mumkin yoki boshqa klientlarga birlashishi mumkin.
DUAs (foydalanuvchi agenti) va DSA (tizim agenti) bir-biri bilan quyidagilar yordamida o‘zaro aloqa qilishi mumkin (11.1- rasm):
TCP/ IP;
APS (modemga kirish);
X.25 (umumiy / shaxsiy foydalanishdagi X.25 tarmog‘i);
Ma’lumotnoma har bir axborotning ma’lum bir qismini tashkil etuvchi DSA lar yig‘indisidan iborat. X.500 taqsimlangan ma’lumotnoma sifatida bir nechta serverlarda yaratilgan bo‘lsa ham, foydalanuvchi nuqtai nazaridan u bitta katta ma’lumotlar bazasi DIB (Directory Information Base) ga o‘xshaydi. Bu ulanish protokoli DSP protokoli tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu tavsiyanomalar asosida dunyoda dunyoviy taqsimlangan ma’lumotnomalarni ishlab chiqish bo‘yicha bir nechta loyihalar ishlab chiqilgan, ular shartli ravishda Oq varaqalar (telefon va elektron manzillari yozilgan odamlar ro‘yxatini tashkil etadi) va sariq varaqalar (telefon va elektron manzillari yozilgan tashkilot va firmalar ro‘yxati) deb ataladi.
TCP/IP, X.25, APS TCP/IP, X.25, APS
TCP/IP, X.25, APS TCP/IP, X.25, APS
11.1- rasm. X.500 ma’lumotnomasining har xil qismlariga ruhsati
AQSh da ikkita Oq varaqalar mavjud. Birinchisi-fideral ma’lumotnoma, ikkinchisi esa American Business Information-firmasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi ma’lumotnoma.
Keyingi ma’lumotnoma - bu Sariq varaqalar (Yellow Page). Sariq varaqalar-bu firmalarning manzillari, pochta, elektron manzillarini ayrim paytlarda hatto firma haqida qisqacha ma’lumot olish imkonini beruvchi ma’lumotnoma. AQSh da Sariq varaqalar uyushmasi tashkil etilgan (Yellow Pages Publishers Association).
Sariq varaqalar taqsimlangan ma’lumotnomasi Osiyoda keng tarqalgan. Bularga Yaponiya, Gong-Kong, Xitoy, Hindiston, Indoneziya, Koreya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand, Tayvan kabi davlatlar kiradi. Sizga agar ma’lumot kerak bo‘lsa, har bir mamlakatning ma’lumotnomasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Germaniya (Olmoniya) Yellow Page ni qo‘llab-quvvatlaydi. AQSh da bir nechta Yellow Page lar faoliyat yuritadi: AQSh ning Fideral Sariq varaqalar firmalarining timatikalari, biznes, kompyuter texnologiyalari, meditsina, xizmat ko‘rsatish, ilm va boshqalar bo‘yicha topish imkonini beradi.
American Business Information kompaniyasining Sariq varaqalari ma’lumotnomasida 14 millionga yaqin firmalar ro‘yhatga olingan.
Eng yangi loyiha - AQSh ning Havorang varaqalaridir. AQSh da ma’lumotnoma vitse-prezident Albert Gorning nazorati ostida yaratiladi. Ushbu ma’lumotnoma davlat tashkilotlarining telefon, elektron va WWW-manzillari ro‘yxatini tashkil etgan bo‘ladi.
11.2-rasm. X.500 asosida taqsimlangan ma’lumotnomalarning
qurilish sxemasi
Ushbu ma’lumotnoma eng katta to‘qqizta shaharlarni (Los-Angeles, San-Francisco va boshqalar) birlashtiradi va yettita mintaqaviy telefon kompaniyalarining telefon ma’lumotnomalari asosida yaratiladi. Ma’lumotnoma AQSh da bosmaga chiqarilgan 6200 dan ko‘proq telefon ma’lumotnomalarini birlashtirishi kerak.
X.500 asosidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lishda alohida muammolardan biri - bu dasturiy ta’minotni tanlashdir. Bir nechta ishlab chiqaruvchi firmalar server qismini ishlab chiqishmoqda. Bular ISODE Consortium, Unyses, Nexor, DEC, Lotus lardir.
X.500 standarti quyidagi asosiy xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
o‘rinsiz ilovadan kirish imkoniyati;
taqsimlash (foydalanuvchi yagona ma’lumotnomani ko‘radi);
bitta foydalanuvchiga har xil joydan kirish va bitta joydan bo‘lgan har xil foydalanuvchilarga kirish;
qidiruv va so‘rov imkoniyati;
har xil transport protokollarini qo‘llash;
Uchinchi firmalar tizimi shlyuzi;
Axborotni qidirish vaqtida X.500 ma’lumotnomasi uchta rejimda bo‘lishi mumkin:
1- co‘rov 2 - so‘rov
4 - javob 3 - javob
11.3 – rasm. Ilinishdagi operatsiyalar ketma – ketligi
4 - javob
1- so‘rov
2-DSA2 ga
ko‘rsatma
3 - javob
11.4 – rasm Yo‘llanmada operatsiyalar ketma-ketligi
- ilinish (chaning);
yo‘llanma (referral);
ko‘p adresli taqsimlanish (multicasting).
DSA dan so‘raluvchi ilinish operatsiyasi bajarilishi paytida o‘zidan axborot topishga xarakat qiladi, lekin yanayam to‘liq axborot olish uchun boshqa DSA ga so‘rov yuborish imkoniyatiga ega. Birinchi DSA qolgan hamma DSA lardan axborotlar olib bo‘lgandan so‘ng uni foydalanuvchiga uzatadi.
Yo‘nalish deb, DUA bir nechta DSA ga yuborilayotgan so‘rovlarni boshqarish mumkin bo‘lgan xarakatga aytiladi. Boshqa DSA ga bevosita so‘rov uzatish o‘rniga yo‘nalishda DSA ga kimga murojaat bo‘yicha maslaxat beradi.
Ko‘p adresli taqsimlanishda shu farq bilan, ya’ni DUA so‘rovi darrov boshqalariga uzatilishini eslatib turadi. Natija foydalanuvchiga vaqtida chiqarilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |