8 -ma’ruza. İnternet tarmaǵı, shólkemlestiriw principleri (ip táriyipleniwi, tsp/ip steki, xizmetler). Reja


IP telefoniya tizimining tuzilish asoslari



Download 0,64 Mb.
bet8/10
Sana20.06.2022
Hajmi0,64 Mb.
#682647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8 ma\'ruza matni(Lotincha)

IP telefoniya tizimining tuzilish asoslari

IP telefoniya tuzilmasi - paketli kommutatsiya tarmog‘ida multimediani amalga oshirishga mo‘ljallangan terminal qurilma, jihozlar va tarmoq xizmatlari tasvirini o‘z ichiga olgan. N323 standartidagi terminal qurilmasi va tarmoq jihozlari mavjud vaqt ko‘lamida ma’lumotlarni, so‘zlarni va video axborotlarni uzatishi mumkin. N.323 terminali shaxsiy kompyuterlar bilan ulanishi yoki avtonom qurilma sifatida amalga oshirilishi mumkin. So‘z almashinuv ta’minoti – N.323 standartidagi qurilma uchun majburiy vazifadir.


N.323 tavsiyasida 4 ta birikma keltirilgan:

  • terminal;

  • makon nazoratchisi (Gatekeeper);

  • yo‘lak;

  • ko‘p nuqtali konferentsiyalarni boshqarish qurilmasi.

Sanab o‘tilgan barcha birikmalar N.323 deb nomlanuvchi makonni tashkil etgan. Ular bitta makon nazoratchi va bir necha yakun nuqtalaridan iborat bo‘lib, nazoratchi makondagi barcha yakun nuqtalarini boshqaradi. IP telefoniya xizmatini taklif etuvchi barcha tarmoq yoki uning bir mintaqani qamrab olgan qismi makon bo‘lishi mumkin. N.323 terminali boshqa N.323 terminallar, yo‘lak yoki ko‘p nuqtali konferentsiyalarning qurilmasi bilan birga harakat qilib, mavjud vaqt ko‘lamida jo‘natmalarni uzatishi va qabul qilishi mumkin bo‘lgan tarmoqdagi yakun nuqtalar sifatida gavdalanadi. Yuqoridagi vazifalarni ta’minlash uchun terminal o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

  • audio qurilmalar (mikrofon, akustika tizimi, telefon miksheri, akustik aks-sado (exo) larni pasaytirish tizimi);

  • video qurilmalar (monitor, videokamera);

  • tarmoq interfeys qurilmasi;

  • foydalanuvchi interfeysi.

Ko‘lamiga ko‘ra barcha IP telefoniya tarmoqlari xalqaro, milliy, mahalliy tarmoqlarga bo‘linadi:


IP telefoniya xalqaro tarmog‘i bir nechta mamlakatlarda ishtirok etish nuqtalariga ega bo‘lib, umumiy foydalanish telefon tarmog‘idan kam foydalangan holda dunyoning xohlagan burchagiga jo‘natmalarni terminlash imkoniyatlarini beradi. Ko‘p hollarda xalqaro tarmoq yakuniy foydalanuvchi bilan ishlamaydi, balki boshqa tarmoqlar uchun o‘tkazuvchi vazifasini bajaradi. Xalqaro tarmoqning bosh maqsadi - turli o‘lchamdagi tarmoqlar o‘rtasida jadvallarni uzatishdan iborat. Bundan tashqari xalkaro tarmoqning operatorlari, operatorlararo hisob-kitob jarayonini soddalashtiruvchi xalqaro kliring-markazlarini tashkil etadi. Xalkaro tarmoq qurilishida birinchi navbatda yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega kuchli magistral liniya quriladi. Xalqaro tarmoqlar ajratilgan kanallardan va mavjud internet tarmoqlaridan foydalanib quriladi. Xalqaro tarmoqdan farqli milliy tarmoq bir yoki bir necha ko‘shni davlatlarga ishtirok etish nuqtalariga ega bo‘lib, mavjud mintaqadagi abonentlar va mahalliy operatorlarga xizmat ko‘rsatadi. Xalqaro tarmoq bilan shartnoma tuzish yordamida milliy tarmoqlar o‘z abonentlari va boshqa mahalliy tarmoqlarga dunyoning istalgan nuqtasi bilan bog‘lanish imkonini beradi.
Ko‘pgina hollarda milliy tarmoqlar milliy telekommunikatsiya kompaniyalari tomonidan quriladi. Yirik milliy operatorlar IP telefoniya xizmatlarini ko‘rsatish uchun o‘zining ma’lumotlarini uzatish tarmoqlarida qayta jihozlanishlarni amalga oshiradi. Avvalo operator mavjud jihozlarni modernizatsiyasi yoki yangilanishi yordamida tarmoq orqali so‘zlarni uzatish sifatini ta’minlaydi. Yana operator tarmoqdagi mavjud jihozlar asosida yoki qo‘shimcha yo‘lak jihozlarini sotib oladi yoki tarmoqda yo‘lak vazifasida qo‘llanilayotgan ma’lumotlarni, uzatuvchi jihozlarni qayta jihozlaydi. Milliy IP telefoniya tarmog‘iga ega bo‘lgan Deutsche Telecom, France Telecom, Telecom Finland, Japan Telecom va boshqa telekommunikatsiya kompaniyalari misol bo‘la oladi.
O’zining infratuzilmasiga ega bo‘lmagan IP telefoniya operatorlari, internet provayderlari yoki birlamchi telekommunikatsiya tarmoq provayderlari tarmoqlardan va vositalardan foydalanib xizmat ko‘rsatadilar va milliy tarmoq doirasidan chiqishga harakat qiladilar, chunki uzoq masofalarga IP telefoniya xizmatlarini ko‘rsatish juda daromadli hisoblanadi. Shuning uchun tarmoq qurish imkoniga ega bo‘lgan operatorlar xalqaro tarmoq qurishni afzal ko‘radilar va xalqaro telefon uzatmalari ko‘proq jo‘natiladigan mamlakatlarida o‘zlarining ishtirok etish nuqtalariga egadirlar.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish