Chet el firmalarining



Download 3,81 Mb.
bet1/4
Sana09.06.2022
Hajmi3,81 Mb.
#648138
  1   2   3   4
Bog'liq
10-ma\'ruza


10-MA’RUZA
CHET EL FIRMALARINING
RELELARI
REJA
10.1. Chet el firmalarning relelari
10.2. O‘zgarmas tok relelari
10.3. Xorijiyi releli markazlashtirish tizimlari


Tayanch so’z va iboralar
Chet el firmalarning relelari, umumiy ma’lumotlar, N va S turlaridagi relelar, N va S turdagi relelarga qo‘yidagi texnikaviy talablar, ishlatish xususiyatlari, o’zgarmas tok neytral relelari, QN1, K5O va P turidagi relelar, qutblangan rele, xorijiyi releli markaz-lashtirishga misol, SpDrS60 tizimi, releli bloklar


10.1. CHET EL FIRMALARINING RELELARI
Umumiy ma’lumotlar. Poezdlar harakatini boshqarish bo‘yicha keng guruh masalalar mikroelektron texnikadan foydalanib echilishiga qaramasdan, rele texnika-sini rivojlanishi va qo‘llash istiqbollari saqlanib qolinmoqda, chunki rele yordamida bajarishlik maqsadga muvofiqroq bo‘lgan qator masalalar bor. Bu fikr, yangi relelar yaratilayotgan ishlar bilan ham tasdiqlanmoqda.
Temir yo‘llarning xalqaro ittifoqi (TYXI) ni tavsiyasi bo‘yicha temir yo‘l avtomatikasining ikki turdagi relelarni ajratishadi. Relelarni birinchi turi (N turi deb ataladi) mamlakatimizda ishlatiladigan I sinf ishonchlikka ega relelarga mos keladi. Bu relelar, nazorat qilinmasa ham, xavfsizlik talablarini qoniqtirishadi. Ikkinchi tur-dagi (C turdagi) relelar), ularning ishi faqat qo‘shimcha sxema yordamida nazorat qilinganda, xavfsizlik talablarini qoniqtirishadi.
N turdagi relelarga, qo‘yidagi ishlatish texnikaviy asosiy talablar qo‘yiladi: ro‘para kontaktlarning payvandlanishiga yo‘l qo‘ymaslik (ko‘mirkumush material-larini qo‘llashlik); o‘z massasi ta’siridan yakorni ishonchli qo‘yib yuborilishi; qo‘yib yuborish uchun qaytaruvchi prujina yordamida qo‘shimcha kuch bo‘lishligi; rele kon-taktlarining xizmat muddati 2106 almash-lab ulanishdan kam bo‘lmasligi; eng kichik kontakt oralig‘i 1.2 mm bo‘lishligi; eng kichik kontakt bosimi (ko‘mirkumush orasi-da) 0.245 N, orqa kontaktlar (kumush-kumush) orasida 0.196 N bo‘lishligi; releni mexanik imkoniyati 107 ishlatishlikka (ulanishlikka) etishi kerak. Ko‘pchilik Evropa mamlakatlarining temir yo‘l avtomatikasida N turdagi rele ishlatilmaydi.
Xavfsizlikni ta’minlovchi sxemalarni yaratishda, ular S turdagi relelar qo‘lla-shadi. C turdagi relelar, nisbatan oddiyroq konstruksiyaga va kamroq narxga egalar. Ammo ularni shikastlanmasdan ishlashini nazorat qilish uchun nazorat sxemasi ishlatiladi. Shu sababli, bizda xavfsiz sxemalarni qurishga ishlatiladigan 1 sinf ishon-chlikka ega relelar o‘rniga, sxema yordamida xavf-sizlikni ta’minlash talabi, ishlati-ladigan relelar sonini ancha ko‘paytiradi. Masalan, mamlakatimizdagi НМШ-1 relega qurilgan elektr markazlashtirish tizimi, bitta markazlangan strelka uchun 60-80 rele talab etadi. Bunga o‘xshash chet el tizimlari, bitta strelkaga C turdagi relelardan 130 va undan ortig‘i ishlatilishini talab etishadi.
Shunday qikib, temir yo‘l avtomatikasida qo‘llanuvchi relelar, ularning xavf-sizlik xususiyatlariga ko‘ra ikkbta sinfga ajratilishi mumkin:
1) N turidagi (nazorat qilinmaydigan) relelar, shuningdek quyidagicha nomla-nuvchi – birinchi sinf ishonchlilikga ega bo‘lgan relelar, javobgarli zanjirlarda lan-garini tushishini qo‘shimcha nazoratsiz qo‘llanishi mumkin. Jumladan, rele langarini xavfsiz tushishi langarning og‘irlik kuchi yoki prujinaning siqilish kuchi bilan kafo-latlanadi. Kontaktlarni tayyorlashda, ularni payvandlanib qolgan xollarida etarli dara-jada mustaxkam bog‘lanishni ta’minlay olmaydigan, og‘irlik kuchiga yoki prujina-ning bosimiga qarshilik ko‘rsata oladigan, materiallardan foydalaniladi (masalan, kumush va ko‘mir). N turidagi relelar yuqori qiymatli induktivliklik, ekranlangan o‘zagi (xavo tirqishini butunlay yopilib qolishini oldini olish uchun, bu esa magnit maydonini to‘yinishiga olib kelishi mumkin) va ximoyalangan qobig‘i (atrof muxit ta’sirini istisno etish uchun) bilan tavsiflanadi;
2) C turidagi (nazorat qilinadigan) relelar, shuningdek quyidagicha nomla-nuvchi – ikinchi sinf ishonchlilikga ega bo‘lgan relelar, ular xam muhim zanjirlarda qo’llanilishi mumkin, ammo ularningsxema orqali tekshirilishi kerak. Xususan, kon-taktlarni tortilgan xolatida yepishish mumkinligini xisobga olish zarur; Vaxolanki, by xolatning extimolligi, rele cho’lg’amiga kuchlanish berilgandagi umumiy va frontal kontaktlarni yelg’andan ulanmaslik extimolligiga nisbatan kichkdir.
N va C turidagi rele aniqlanishlar – Temir yo‘llarning xalqaro ittifoqining amaldagi rasmiy iboralari, shu bilan birga “birinchi (ikkinchi, uchinchi) sinf” aniq-lanishlar eskirib qolgan xisoblanadi, vaholanki ko‘p mamlakatlarda xozirgacha qo‘l-lanib kelmoqda.
Uchinchi sinf relelari jahon temir yo‘llarida poezdlar harakati bilan bog‘liq bo‘lmagan avtomatika funksiyalarini bajarish uchun qo‘llaniladi. Ularning ustunlik-lari arzonligi va odatda, yuqori ishlash tezligi xisoblanadi. Xavfsizlik funksiyalariga nisbatan N yoki C turdagi relelarni ustunligi mamalakatdan mamlakatgacha xisob-lanadi. Bir tomondan, N turdagi rele ishlab chiqarishda qimmat va katta o‘lcham-larga ega (10.1-rasm), boshqa tomondan esa – C turdagi relelar uchun javobgar zan-jirlarda juda murakkab ulash sxemalari talab etiladi.
N turdagi relelar ko‘proq G‘arbiy Evropa, AQSh va Rossiyada, C turdagi relelarni esa, asosan Markaziy Evropa davlatlarida (nemis zabon davlatlarni xisobga olib) qo‘llaydilar. Alohida funksiyalarni (masalan, marshrutni butkul yopish) faqat N turdagi relelardan foydalanib amalga oshirish mumkin
Ko‘p xollarda N turdagi relelarni qo‘llashda javobgar funksiyalar va xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalar, iqtisod nuqtai nazaridan turli bloklar bilan amalga oshiriladi. Bunday xolatlarda N turdagi relelarni javobgar funksiyalarni bajarish uchun qo‘llanadi, boshqa masalalar uchun esa ishonch-liligi past sinf relelardan foy-dalaniladi
Temir yul uchun rele yaratish va ishlab chiqarish bilan chet elda nomi mashhur firmalar shug‘ullanadi. Bularga
..- AQSH dagi «WABCO» (PN turdagi relelar) va «Vestern elektrik» (AF, AK turdagi relelar) firmalari,
- Angliyada Westinghouse (Q turdagi relelar) firmasi,
- Germaniyada «Simens» (K5O rele-lari), «Standard Elektrik Lorenz» (BB, BS turdagi relelar), WSSB (II va III turdagi relelar) firmalari,
-
10.1-rasm. C turdagi (chapda) va N turdagi rele
Shvetsiyada «Ericsson» (JRF turdagi relelar) firmasi, Yaponiyada OKI (WA, WK, WM turdagi relelar) firmasi,

- Vengriyada Beloya-nis nomidagi firma (SR5O relelar) va boshqalar kiradi.
Chet el relelari, bizda ishlatiladigan eski va hozirgi Rossiya relelaridan, qator xususiyatlari bilan farq qiladi. Ularda siqilish va cho‘zilishga ishlaydigan qaytaruvchi prujinalar keng ishlatiladi.
Rele o‘z yakorini, qaytaruvchi prujina, yakor og‘irligi va kontakt prujinala-rining reaksiyasidan hosil bo‘ladigan qarshilik kuchlari ta’siridan qo‘yib yuboradi. Ko‘pchilik chet el relelarida ko‘mir kontaktlar bo‘lmaydi va kontaktlarda ramali boshqarish ishlatiladi.
Ramali boshqarish, kontaktlarning bir vaqtning o‘zida tutashish va ajralishiga, relening elektr va mexanik tavsiflari-ning kontakt prujinalari rostlanishiga bog‘liq bo‘lmasligini, kontaktlarning eyilishi – kontaktlarning bosim kuchi ta’sirini kamayti-rishga imkon beradi.
Germaniya va Shvetsiyada chiqariladigan relelar uchun uchlik kontaktlarni yo‘qligi, ularni to‘rtta prujina bilan almashtirilganligi e’tiborga loyiqdir. Bunday konstruksiya, elektr zanjir ajralishida ishonchlikni orttiradi, chunki u bir vaqtni o‘zida ikki joydan ajraladi.
Ayrim chet el relelarida, yassi kontakt prujina o‘rniga, kontaktlari kumush yoki palladiydan bo‘lgan ikkita parallel joylashtirilgan neyzilberdan tayyorlangan sim prujinalar qo‘llanilgan. Bunday prujinalar o‘zlarining mexanik xossalarini ancha uzoqroq muddat saqlashadi.

Qutblangan relelarga kelsak, ayrim mamlakatlarda magnit releni ushlab tura-digan magnitaviy blokirovkaga ega relelar ishlatiladi. Ularda neytral rele konstruk-siyasi doimiy magnit bilan qo‘shimcha jihozlangan. Rele g‘altagi manbadan ajratil-ganida, doimiy magnitning magnit oqimi ta’siridan rele yakori tortilgan holatda ushlanib turiladi. Bu bilan xotira vazifasi amalga oshiriladi. Yakorni qo‘yib yuborish uchun g‘altakdan teskari yunalish toki o‘tkaziladi. Fazasezgir rele (ДСШ relening o‘xshashi) sifatida motorli (dvigatelli) rele ishlatiladi, unda ikki fazali rotor cho‘l-g‘ami qisqa tutashtirilgan asinxron motor ishlatiladi. Motor, kontakt tizimini bosh-qaradi. Releni ishlash prinsipi, ta’minot kuchlanishining fazasiga qarab, motor rotori-ning aylanish yunalishi o‘zgarishiga asoslangan.





Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish