III. Yangi mavzu bayoni:
24-mashq. Gaplarni ko’chirib, ko’p ma’noli so’zlarning ostiga chizing, so’zning o’z va ko’chma ma’nolarini izohlang.
Omonlik tilasang o’zingga o’zing , tilingdan chiqarma yaroqsiz so’zing. Odob va fazilatlarning boshi tilni tiyib turishdir. Haqiqat yo’lini ochinglar,to’g’ri yo’ldan yuringlar. Yolg’on doim rostdan yengiladi.
25-mashq. Chaqmoq so’zi ishtirokida gaplar tuzing. Ularning ma’nolarini izohlang..
26- mashq. Maqollarni o’qib , yod oling. Zid ma’noli so’zlarni izohlang. Ulardan nutqingizda foydalanganmisiz? Shu haqda gapirib bering.
Kattaga salom ber, kichikka – kalom. Yaxshilik nur keltirur, yomonlik- zulmat. Yomonni tanqid qil, yaxshiga taqlid. Ko’p bilgan oz so’zlar, oz so’zlasa ham soz so’zlar.
28- mashq. Iboralar izohidagi xatoliklarni to’g’irlab , daftaringizga ko’chirib yozing.
Kovushini to’g’irlab qo’ymoq (Boplamoq). Kapalagi uchib ketmoq (Qo’rqmoq). Og’zi qulog’ida (Xursand)
Do'stlaringiz bilan baham: |