8-sinf Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid darslik va online videodarslarni taqqoslash.
Mavzu: 16-dars. Web-sayt dizayni bilan ishlash.
Avvalo o‘tgan darsda uyga vazifa sifatida berilgan topshiriq va uning bajarilish tartibi o‘qituvchi tomonidan tahlil qilindi.
So‘ng yangi mavzu e’lon qilindi. O‘qituvchi yangi mavzu bo‘yicha quyidagilarni bayon etdi:
Sayt dizayni — saytni yaratish va sozlashda qo‘llaniladigan grafik element, shrift va ranglar kombinatsiyasi.
Vidgets (vijet) — saytning turli qismlarida joylashgan axborotli yoki funksional blok. Mazkur blok banner, qidiruv bo‘limlari, blog va xabarlar hamda sahifalarga o‘tish murojaatlari kabilardan iborat.
Web-saytning dizayni loyihaning mazmuniga mos, o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lishi, loyihaning asosiy mazmunini ifodalashi, tashrif buyuruvchilarning web-resurslar bilan oson va erkin muloqot o‘rnatishini ta’minlashi, tasviri esa sayt mazmunini to‘liq va yorqin aks ettirishi hamda loyiha dizaynida, mavzudan kelib chiqqan holda, foydalanuvchilarning yoshi va psixologik holati nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
Online dars davomida darslikdan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib, ko‘proq ma’lumotlar berildi. Online darsning kamchiligi hamma o‘quvchilarda ham topshiriqlarni kompyuterda amaliy bajarib ko‘rish imkoni yo‘qligi.
Mavzu: 1-dars SMM (Social Media Marketing- Ijtimoiy media marketing) haqida
Yangi mavzu e’lon qilindi. O’qituvchi yangi mavzu bo’yicha quyidagilarni bayon etdi:
Ijtimoiy media marketing( SMM-social media marketing)- mahsulot va xizmatlarni targ’ib qilish, xaridorlarni jalb qilish hamda mahsulotlarni to’g’ridan to’g’ri sotish faoliyati ijtimoiy medialarda amalga oshirish.
SMM ning afzalliklari:
Ulkan axborot: matn, grafika, audio, video va boshqa turdagi reklama xabarlarini uzatish imkoniyati.
Keng auditoriyaga samarali ta’sir ko’rsatish.
Maqsadli auditoriya bilan real vaqtda muloqotni tashkil etish.
So’rovnoma, statistika va forumlar asosida maqsadli auditoriyaning fikr-mulohazalarini o’rganish.
Doimiy xaridor va hamkorlar bilan aloqada bo’lish va ularning talablariga javob berish.
Mablag’ning kam sarflanishi.
SMM ning kamchiliklari:
Ko’p vaqt sarflanishi.
Ko’p mehnat talab etilishi.
Foydalanuvchilar bilan doimo aloqada bo’lish va ularning qiziqishlarini ushlab turish.
Norasmiy va ochiq muloqot.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsam 8-sinf Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid darslik va online maktab videodarslari o‘rtasida mazmun jihatdan deyarli farq mavjud emas. Ammo online maktab darslarining kamchiligi o‘quvchida topshiriqlarni bajarish jarayonida qandaydir savollar tug‘ilsa to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘qituvchiga murojaat qila olmasligidir. Darsning yutug‘i esa darslar malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘tilishi va dars taqdimotida zamonaviy multimedia texnologiyalaridan unumli foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |