9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid darslik va online videodarslarni taqqoslash.
Mavzu: Pythonda o‘zgaruvchilarni tavsiflash.
Uyga vazifa sifatida berilgan amaliy topshiriqlar tahlil qilindi. Yangi mavzu e’lon qilindi.
Dars jarayonida o‘qituvchi yangi mavzu bo‘yicha quyidagilarni bayon etdi:
O‘zgaruvchilarni e’lon qilish qoidalari:
o‘zgaruvchi nomida ixtiyoriy harf yoki raqamdan foydalanish mumkin;
katta va kichik harflar bir-biridan farqlanadi. belgi5, Belgi5, BELGI5 nomli o‘zgaruvchilar har xil o‘zgaruvchi nomlaridir, shu sababli kichik harflardan foydalangan ma’qul;
o‘zgaruvchi nomlarida probellar ishlatish mumkin emas, uning o‘rniga so‘zlar (‘_’) tagchiziq belgisi yordamida bir-biriga bog‘lanadi;
o‘zgaruvchining nomi raqamdan boshlanishi mumkin emas;
–, /, # yoki @ belgilarni ishlatish mumkin emas;
maxsus buyruq nomlarini ishlatish mumkin emas;
and, as, assert, break, class, continue, def, del, elif, else, except, finally, for, from, global, if, import, in, is, lambda, nonlocal, not, or, pass, print, raise, return, try, while, with, yield kabixizmatchi so‘zlarni o‘zgaruvchi nomi sifatida ishlatish mumkin emas.
Shuningdek veb-texnologiya asoslari, uning kelib chiqish tarixi, undan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berdi. 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid darslik va online maktab videodarslari o‘rtasida mazmun jihatdan deyarli farq mavjud emas.
Mavzu: Pythonda xatoliklar bilan ishlash.
Uyga vazifa sifatida berilgan amaliy topshiriqlar tahlil qilindi va natijalari e’lon qilindi. Dars jarayonida o‘qituvchi yangi mavzu bo‘yicha quyidagilarni bayon etdi:
Dasturlashda tez-tez uchrab turuvchi xatoliklar.
Katta yoki kichik harflar. Agar dasturda bir vaqtda print va Print so‘zlari ishlatilsa,
Phyton bu qanday buyruq ekanligini tushunmaydi. Bittalik va ikkitalik qo‘shtirnoqlar. Qo‘shtirnoqlarning bu ikkala turini aralashtirib ishlatish mumkin emas. Ochiluvchi qo‘shtirnoq sifatida qaysi biri ishlatilsa, yopishda ham mana shu qo‘shtirnoq ishlatilishi lozim. Minus va tagchiziq. Minus (–) va tagchiziq(_) belgilarini adashtirish zinhor mumkin emas. Turli qavslar. Qavslarning bir necha turi mavjud: (), {} va [ ]. Ochiluvchi va yopiluvchi qavslar bir-biriga mos bo‘lishi lozim.
Dasturlash muhitida dastur kodi yozilib, dastur ishga tushirilganda, xatolik haqidagi xabar (SyntaxError) oynasi ekraniga chiqadi. Bu esa dasturning kodida uni ishga tushirishga to‘sqinlik qiluvchi qandaydir xato borligini anglatadi.
1. Xatolik haqidagi xabar (SyntaxError) oynasida ko‘rsatilgan xatolik aniqlanadi (masalan, invalid syntax – matnni terishda xatolik bor – unexpected indent – dasturda noto‘gri joy ajratilgan va h. k.). Ok tugmachasini bosib, dastur oynasiga qaytiladi.
2. Xatolik mavjud bo‘lgan – qizil bilan belgilangan – qator sinchiklab tekshiriladi va xatolik tuzatiladi.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsam 9-sinf Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid darslik va online maktab videodarslari o‘rtasida mazmun jihatdan deyarli farq mavjud emas. Ammo online maktab darslarining kamchiligi o‘quvchida topshiriqlarni bajarish jarayonida qandaydir savollar tug‘ilsa to‘g‘ridan - to‘g‘ri o‘qituvchiga murojaat qila olmasligidir. Darsning yutug‘i esa darslar malakali o‘qituvchilar tomonidan o‘tilishi va dars taqdimotida zamonaviy multimedia texnologiyalaridan unumli foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |