7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid darslik va online videodarslarni taqqoslash Mavzu: 3-dars. Axborotlarni kodlash usullari. Avvalo o’tilgan mavzuni takrorlash uchun topshiriqlar o’qituvchi tomonidan tahlil qilindi.
So’ng yangi mavzu e’lon qilindi. Yangi mavzu bo’yicha o’qituvchi quyidagilarni bayon qildi:
Insoniyat o’z ongidagi ma’lumotlarni kelajak avlodga moddiy holda saqlab qo’yish maqsadida tasvirlay boshlanganda turli belgilardan foydalangan. Belgi-bu oshkor yoki oshkormas holda hissiy idrok etilayotgan obyektga aniq mazmun berish kelishuvidir. Agar belgining ko’rinishi uning mazmunini fahmlash imkonini bersa, u holda kelishuv oshkor deb ataladi. Bu holda belgilarni piktogramma deb atashadi. Kodlash- axborotlar ustida amallar bajarish qulay bo’lishi uchun ularni aniq bir qoidalar asosida boshqa ko’rinishga o’tkazishdir. Kodlashga belgiga mos qo’yilgan kod uzunligi turlicha bo’lsa, notekis kodlash usuli, belgiga mos qo’yilgan kod uzunligi bir xil bo’lsa, tekis kodlash usuli deyiladi.
Semyuel Morze 1837-yilda elekromagnit telegraf qurilmasini ixtiro qilgan va 1838-yilda shu qurilma uchun telegraf kodini ishlab chiqqan. Unda axborot quyidagi uchta belgi yormadimida kodlanadi: “uzun signal”(tire yordamida ifodalanadi), “qisqa singal”(nuqta yordamida ifodalanadi) va “signalsiz”(bo’shliq, pauza bilan ifodalanadi).
Axborotni kodlashning yana bir eng sodda usuli tartiblangan alifbo usuli bo’lib, unda alifbodagi harflarni ularning tartibini ko’rsatuvchi sonlar bilan kodlashdan iborat. Bu aralashtirilgan alifbo usuli deyiladi.
Online dars davomida darslikdan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib, ko’proq ma’lumotlar berildi. Online darsning kamchiligi hamma o’quvchilarda ham kompyuterda amaliy bajarib ko’rish imkoni yo’qligi.
Mavzu: 6-dars. Matnli axborotlarni kodlash. Avvalo o’tgan darsda uyga vazifa sifatida berilgan topshiriq o’qituvchi tomonidan tahlil qilindi.
So‘ng yangi mavzu e’lon qilindi. O‘qituvchi yangi mavzu bo‘yicha quyidagilarni bayon etdi:
Odatda, matnlar harflar, raqamlar, tinish va boshqa belgilardan iborat bo‘ladi. Matnlar axborotning boshqa shakllari singari kompyuter xotirasida ikkilikda kodlanadi. Belgilarni kodlash jadvallarining turli ko‘rinishlari mavjud. Aksariyat hollarda ASCII va Unicode tizimlaridan foydalaniladi. ASCII jadvali kodning uzunligi 8 ga teng bo‘lgan ikkilik kodlar asosida ishlaydi, ya’ni har bir belgi sakkizta 0 va 1 ning ASCII jadvali asosidagi ketma-ketligidan iborat. Har bir belgi 8 bit kod uzunligiga teng va u xotiradan 1 bayt joyni egallaydi. ASCII kodlash tizimi yordamida o‘nlik sanoq sistemasidagi 0 dan 255 gacha bo‘lgan sonlar orqali jami 28 = 256 ta belgi kodlanadi.
ASCII (ingl. American Standard Code for Information Interchange – axborot almashish uchun Amerika standart kodi) – xalqaro kodlash jadvali
Online dars davomida darslikdan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib, ko‘proq ma’lumotlar berildi. Online darsning kamchiligi hamma o‘quvchilarda ham topshiriqlarni kompyuterda amaliy bajarib ko‘rish imkoni yo‘qligi.