XVIII Olimpiya o’yinlari 1964 yil 10 – 24 oktyabrda Tokio shahrida (Yaponiya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlari birinchi marta Osiyo qit’asida o’tkazilgan. Bu o’yinlarda 94 ta mamlakat jamoalari ishtirok etgan: Yevropadan – 28, Afrikadan - 22, Osiyodan - 20, Amerikadan - 21, Avstraliya va Okeaniyadan 2 ta jamoa kelgan. Musobaqalar 23 sport turi bo’yicha 163 medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan. Olimpiya o’yinlari dasturiga ilk bor voleybol va dzyudo kiritilgan. Sport musobaqalari davomida 81 ta olimpiya va 32 ta jahon rekordlari o’rnatilgan.
XVIII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi
O’rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
AQSH
36
26
28
90
2
Sovet Ittifoqi
30
31
35
96
3
Yaponiya
16
5
8
29
4
Germaniya
10
22
18
50
XIX Olimpiya o’yinlari 1968 yil 12-28 oktyabrda Mexiko shahrida (Meksika) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 112 ta mamlakatdan 5530 nafar (4750 erkak, 780 ayol) sportchi ishtirok etgan. O’yinlarda 20sport turidan 172 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o’tkazilgan. Mexiko shahri dengiz sathidan 2240 m balandlikda joylashgan bo’lib, uning iqlim sharoiti sportchilarga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko’rsatgan. Shunga qaramasdan, sport musobaqalari davomida 79 ta olimpiya va 28 ta lahon rekordlari o’rnatilgan. Eng yuqori natijalar engil atletika boyicha - 30 ta olimpiya va 14 ta lahon rekordlari - ko’rsatilgan. AQSH sportchisi Robert Bimon uzunlikka sakrashda 8 m 90 sm natija ko’rsatib, jahon rekordini birdaniga 55 sm ga oshirgan. Richard Fosbyuri (AQSH) balandlikka sakrashning yangi texnik usulini birinchi marta namoyish qilgan. Alfred Orter (AQSH) disk uloqtirish bo’yicha to’rt karra (1956,1960,1964,1968) olimpiya chempioni bo’lgan.
XIX (yozgi) Olimpiya o’yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi
O’rin
Davlat
oltin
kumush
bronza
Jami
1
AQSH
45
28
34
107
2
Sovet Ittifoqi
29
32
30
91
3
Yaponiya
11
7
7
25
4
Vengriya
10
10
12
32
XX Olimpiya o’yinlari 1972 yil 26 avgust – 12 sentyabr kunlari Myunxen shahrida (Germaniya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 121ta mamlakat ishtirok etgan, jumladan 11 ta mamlakat jamoalari yangi kiritilgan. Olimpiya o’yinlariga shovinizm va siyosiy mojarolar sababli Janubiy Rodeziya kiritilmagan. Olimpiya o’yinlarida 7170 nafar (ulardan 1095 ayol) sportchi 26 sport turidan 195 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalarda qatnashgan. O’yinlarda 46 ta jahon va 94 ta olimpiya rekordi o’rnatilgan. Sovet sportchilari Lyudmila Turisheva va Olga Korbut (gimnastika), Valeriy Borzov (sprint) olimpiada chempioni bo’lganlar. Kuba sportchisi Teofilo Stivenson eng yaxshi bokschi deb tan olingan va Olimpiada Kubogi ham berilgan. AQSH sportchisi Mark Spitts suzish bo’yicha 7 ta oltin medallarni egallab, har bir suzish masofalarida jahon rekordini o’rnatgan. Germaniya sportchisi Ulrike Mayfart balandlikka sakrash boyicha 16 yoshda, sobiq Ittifoq sportchisi Anatoliy Roshin yunon-rim kurashi bo’yicha 40 yoshda oltin medallarga sazovor bo’lganlar. Yaponiya sportchisi Savao Kato gimnastika bo’yicha uch karra olimpiya chempioni bo’lgan.
1972 yil 5 sentyabrda olimpiya sporti tarixida eng katta fojia sodir bo’lgan. Falastin “Qora sentyabr” tashkilotining terrorchilari olimpiya shaharchasidagi 31-binoga hujum qilib, Isroil delegatsiyasi a’zolarini garovga olgan. Bavariya politsiyasi bilan otishmalar natijasida 11 kishi halok bo’lgan. O’yinlar vaqtincha to’xtatilgan
.