XX (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi
O’rin
|
Davlat
|
oltin
|
kumush
|
bronza
|
Jami
|
1
|
Sovet Ittifoqi
|
50
|
27
|
22
|
99
|
2
|
AQSH
|
33
|
31
|
30
|
94
|
3
|
GDR
|
20
|
23
|
23
|
66
|
XXI Olimpiya o’yinlari 1976 yil 17 iyul - 1 avgust kunlari Monreal shahrida (Kanada) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 92 ta mamlakatdan 6028 nafar (4781 erkak, 1247 ayol) sportchi 21 sport turi bo’yicha 198 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalarda qatnashdilar. O’yinlarda 34 ta jahon va 82 ta olimpiada rekordlari o’rnatilgan. Yunon-rim va erkin kurash bo’yicha sovet sportchilari 12 ta oltin medallarga ega bo’lgan.
Olimpiya o’yinlari ochilishida Afrika mamlakatlarining 28 jamoasi norozilik ifodasi sifatida chiqib ketgan. Chunki Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) va bu mamlakat bilan sport aloqalarini o’rnatgan Yangi Zelandiya, irqchilikka yo’l qo’yganligiga qaramasdan, o’yinlarga taklif etilgan edi.
Bu Olimpiya o’yinlarida irqchilik muammosidan tashqari, doping muammosi ham avj olgan edi. O’yinlar davomida doping qabul qilgan 12 nafar sportchi ro’yxatga olingan.
XXI (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi
O’rin
|
Davlat
|
oltin
|
kumush
|
bronza
|
Jami
|
1
|
Sovet Ittifoqi
|
49
|
41
|
35
|
125
|
2
|
GDR
|
40
|
25
|
25
|
90
|
3
|
AQSH
|
34
|
35
|
25
|
94
|
Olimpiada natijalari Afrikada sportning rivoj topayotganligini namoyish etgan. Efiopiya, Keniya, Tunis va boshqa mamlakatlarning sportchilari yaxshi natijalar ko’rsatgan.
XXII Olimpiya o’yinlari 1980 yil 19 iyul – 3 avgust kunlari Moskva shahrida (Sovet Ittifoqi) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlariga V'etnam, Angola, Zimbabve, Mozambik mamlakatlari birinchi marotaba tashrif buyurgan.
Olimpiya o’yinlari birinchi marta sotsialistik davlatda o’tkazilgan. Biroq “sovuq urush” siyosati olimpiya harakatiga o’z ta’sirini ko’rsatgan va bir qator kapitalistik mamlakatlarning sportchilari O’yinlarda qatnashmagan. AQSH boshchiligida GFR, Yaponiya, Kanada, Shveytsariya, Norvegiya, Argentina milliy olimpiya qo’mitalari Olimpiya o’yinlariga ishtirok etmagan. Buning sabablari, birinchidan, “sovuq urush” siyosati ta’sirida, ikkinchidan, Jahon hamjamiyati Sovet Ittifoqi harbiy qo’shinlarining Afg’onistondan chiqib ketishini talab qilganligi, lekin bu talab bajarilmaganligi oqibatida sodir bo’lgan. O’yinlarda jami 80 ta mamlakatdan 5179 nafar (1115 ayol) sportchilar 25 sport turi bo’yicha 203 medallar komplekti uchun musobaqalarda qatnashgan. Sport musobaqalari davomida 36 ta jahon, 74 ta olimpiya rekordlari o’rnatilgan. Eng yuqori natijalar og’ir atletika bo’yicha ko’rsatilgan: 23 ta olimpiya va 13 jahon rekordlari.
XXII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi
Do'stlaringiz bilan baham: |