XXV (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi
O’rin
|
Davlat
|
oltin
|
kumush
|
bronza
|
Jami
|
1
|
MDH
|
45
|
38
|
29
|
112
|
2
|
AQSH
|
37
|
34
|
37
|
108
|
3
|
Germaniya
|
33
|
21
|
28
|
82
|
XXVI Olimpiya o’yinlari 1996 yil 19 iyul – 4 avgust kunlari AQSHnig Atlanta shahrida bo’lib o’tgan. Bu o’yinlar 19 iyuldan 4 avgustgacha davom etdi. Ularda 197 milliy olimpiya qo’mitalarining 10318 nafar (ulardan 3512 ayol) sportchilari ishtirok etgan. Musobaqalar 35 sport turi bo’yicha 271 ta medallar jamlanmasi uchun o’tkazilgan. Olimpiya o’yinlari dasturiga ilk bor sohil voleyboli, ayollar futboli, softbol, mauntinbayk kiritilgan.
Bu Olimpiya o’yinlaridan boshlab O’zbekiston, Armaniston, Belorussiya, Gruziya, Moldaviya, Ozarbayjon, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Qozog’iston, Qirg’iziston mustaqil davlatlar sifatida ishtirok etgan. Chexiya, Slovakiya, Makedoniya davlatlari ham ilk bor alohida qatnashgan.
XXVI (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi
O’rin
|
Davlat
|
oltin
|
kumush
|
bronza
|
Jami
|
1
|
AQSH
|
44
|
32
|
25
|
101
|
2
|
Rossiya
|
26
|
21
|
16
|
63
|
3
|
Germaniya
|
20
|
18
|
27
|
65
|
XXVI Olimpiya o’yinlari davomida ko’ngilsiz hodisa sodir bo’lgan. 27 iyul kuni Istirohat bog’ida bomba portlagan, 44 yoshli amerikalik ayol va 40 yoshli telekommentator vafot etgan.
AQSH Prezidenti Bill Klinton mintaqaning barcha hududlardagi qo’poruvchilarni qoralagan. XOQ bir daqiqa motam sukutini o’tkazib, O’yinlarni davom ettirishga qaror qilgan edi.
XXVII Olimpiya o’yinlari 2000 yil 15 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Sidney shahrida (Avstraliya) bo’lib o’tgan. Olimpiada o’yinlariga 200 davlatdan 10651 nafar ( ulardan 4069 ayol) sportchilar tashrif buyurgan. Olimpiya o’yinlarida Koreya – KXDR va Janubiy Koreya – ilk bor birlashgan jamoa sifatida qatnashgan.
Sport musobaqalari davomida 45 ta jahon rekordlari o’rnatilgan, ulardan 26 ta og’ir atletika va 15 ta suzish sport turlari bo’yicha bo’lgan. Niderlandiya sportchisi Inge de Breyn suzish bo’yicha ayollar o’rtasida 50 m va 100 m erkin usul, 100 m batterflyay masofalarida oltin medallarni olgan. Xitoy sportchilari og’ir atletika musobaqalarida jami 7 ta (ulardan 5 ta oltin) medallarga ega bo’lganlar. Olimpiya dasturiga ayollar o’rtasida og’ir atletika ilk bor kiritilgan. Boks bo’yicha Rossiya va Kuba sportchilari bilan bir qatorda O’zbekiston, Qozog’iston, Tailand, Fransiya, Buyuk Britaniya bokschilari birinchi o’rinlarni egallashga muvafaq bo’lganlar. Bu Olimpiada XX asrning oxirgi O’yini sifatida tarixda qolgan.
XXVII (yozgi) Olimpiya o’yinlarining umumjamoa hisobi
Do'stlaringiz bilan baham: |