XI (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali
O’rin | Davlat | oltin | kumush | bronza | Jami | 1 | Germaniya |
33
|
26
|
30
|
89
| 2 | AQSH |
24
|
20
|
12
|
56
| 3 | Vengriya |
10
|
1
|
5
|
16
|
1920 -1936 yillarda o’tkazilgan yozgi Olimpiya o’yinlarining
asosiy xususiyatlari:
Olimpiya o’yinlarida birinchi marta olimpiya bayrog’i ko’tarilgan va sportchilarning olimpiya qasamyodi kiritilgan.
ilk bor olimpiya shiori - “Citius, Altius, Fortius” yangragan.
Qishki olimpiya o’yinlari alohida o’tkazila boshlagan.
olimpiya mash’alasini yoqish an’anasi kiritilgan.
Olimpiya o’yinlari ishtirokchilari va sportchilar uchun ilk bor maxsus olimpiya shaharchasi qurilgan.
XII (1940) va XIII (1944) yozgi Olimpiya o’yinlari Ikkinchi jahon urushi sababli o’tkazilmagan.
XIV Olimpiya o’yinlari 1948 yil 29 iyul -14 avgust kunlari London shahrida (Angliya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 59 ta davlatdan 4099 nafar sportchi (3714 erkak, 385 ayol) ishtirok etib, 17 sport turidan 136 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalarda qatnashgan. Olimpiya o’yinlariga SSSR, Germaniya va Yaponiya kiritilmagan. O’yinlarda birinchi marta Venesuela, Livan, Birma, Suriya, Puerto-Riko va Shri-Lanka davlatlari jamoalari ishtirok etgan.
XIV (yozgi) Olimpiya o’yinlarining medallar jadvali
O’rin | Davlat | oltin | kumush | bronza | Jami | 1 | AQSH | 38 | 27 | 19 | 84 | 2 | Shvetsiya | 16 | 11 | 17 | 44 | 3 | Frantsiya | 10 | 6 | 13 | 29 |
XIV Olimpiya o’yinlarining sport musobaqalari ilk bor milliy televideniya orqali translyatsiya qilingan. Bu Olimpiya o’yinlaridan boshlab volontyorlarning yordam ko’rsatish ishlari tashkil etilgan.
XV Olimpiya o’yinlari 1952 yil 19 iyul – 3 avgust kunlari Xel'sinki shahrida (Finlyandiya) bo’lib o’tgan. Olimpiya o’yinlarida 69 ta mamlakatdan 4955 sportchi (518 nafar ayol) ishtirok etib, 21 ta sport turi bo’yicha 149 ta medallar jamlanmasi uchun kurashdilar. Olimpiya o’yinlarida ilk bor Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) jamoasi ishtirok etgan. Lekin Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) jamoasi O’yinlarga kiritilmagan.
Sobiq SSSR Milliy Olimpiya qo’mitasi XOQ tomonidan 1951 yil 7 mayda tan olingan edi. Bu Olimpiya o’yinlarida sovet sportchilari ilk bor ishtirok etgan. Sovet sportchilari 2 ta jahon va 6 ta olimpiya rekordlarini o’rnatgan. Olimpiada medallari uchun raqobat kurashi asosan Sovet Ittifoqi, AQSH, Vengriya va Shvetsiya mamlakatlari o’rtasida keskin ravishda o’tgan.
Olimpiada musobaqalari davomida 18 ta jahon va 66 ta olimpiya rekordlari o’rnatilgan. Chexoslovakiya sportchisi Emil Zatopek 5000m, 10000m va marafon yugurish masofalarida birinchi orinni egallab, Olimpiya o’yinlari qahramoniga aylangan.
XV (yozgi) Olimpiya o’yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi
Do'stlaringiz bilan baham: |