O‘zbekistondagi mashxur sportchilar olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan qatnashgan sportchilar hozirgacha jami 32 medallarni qo‘lga kiritgan. «Gazeta uz»
O‘ZBEKISTONDAGI MASHXUR SPORTCHILAR Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan qatnashgan sportchilar hozirgacha jami 32 medallarni qo‘lga kiritgan. «Gazeta.uz» Tokioda start berilgan Yozgi Olimpiada o‘yinlari arafasida bugunga qadar O‘zbekistonga g‘oliblik sharafini olib kelgan barcha Olimpiada chempionlarini eslaydi.
Bugun, 23 iyul kuni Tokioda XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi boshlandi.
Tokio Olimpiadasi 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha davom etadi. O‘yinlar dastlab 2020 yilning yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqa qoldirilgan edi.
Avvalroq, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Tokioda bo‘lib o‘tadigan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan sportchilarning yakuniy tarkibini e’lon qilgan edi. MOQ ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yildan buyon terma jamoa vakillari sportning 17 turi bo‘yicha 71 ta litsenziyani qo‘lga kiritishgan.
Bugunga qadar O‘zbekiston sharafini Olimpiada o‘yinlarida himoya qilgan sportchilar 10 ta oltin, 5 ta kumush va 17 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan. «Gazeta.uz» O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon Olimpiada o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilarni eslaydi.
Lina Cheryazova Lina Cheryazova 1989 yilda fristayl bo‘yicha Jahon kubogida Sobiq Ittifoq terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan. Ittifoq parchalanganidan so‘ng O‘zbekiston nomidan xalqaro musobaqalarda qatnashgan.
1994 yilda Norvegiyaning Lillexemmerida o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan qatnashdi. U qo‘lga kiritgan qishki olimpiada o‘yinlari oltin medali hamon mamlakat tarixida yagonaligicha qolmoqda. Bundan tashqari, u akrobatikada fristayl bo‘yicha ham birinchi olimpiya chempioni hisoblanadi. Sportchi 1992−1994 yillarda Jahon kubogining 18 ta bosqichidan 13 tasida g‘alaba qozongan.
1994 yil Olimpiada o‘yinlaridan so‘ng u og‘ir tan jarohati olgan. Amerikaning Leyk-Plesid qishlog‘ida mashg‘ulot vaqtida 25 yoshida sportchi boshidan hayotiga xavf soluvchi jarohat oldi, biroq u nafaqat sog‘aydi, balki katta sportga ham qayta oldi. 1998 yilda Naganoda qishki Olimpiya o‘yinlariga saralash bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 13-o‘rinni qo‘lga kiritgan Lina katta sportdagi faoliyatiga yakun yasagan.
O‘zbekiston tarixidagi birinchi chang‘i akrobatikachisi Lina Cheryazova 2019 yil 23 mart kuni Novosibirksda 51 yoshda hayotdan ko‘z yumgan.