O‘zbekistondagi mashxur sportchilar olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan qatnashgan sportchilar hozirgacha jami 32 medallarni qo‘lga kiritgan. «Gazeta uz»



Download 17,94 Kb.
bet2/5
Sana29.04.2022
Hajmi17,94 Kb.
#591572
1   2   3   4   5
Bog'liq
sportchi

Oksana Chusovitina
Oksana Chusovitina yetti bor (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016) yozgi Olimpiadada ishtirok etgan holda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Sportchi SSSR, Germaniya (2006−2012) nomidan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan, ayni vaqtda esa O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda. Chusovitina — 1992 yili jamoaviy bahsda olimpiya chempioni, uch karra jahon chempioni, Yevropa chempioni, Osiyo o‘yinlari chempioni bo‘lgan. U tayanib sakrashga ixtisoslashgan.
Bugungi kunda Tokioda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarida ham ishtirok etmoqda. Bu uning sakkizinchi Olimpiadasi.
Muhammadqodir Abdullayev
Muhammadqodir Abdullayev boks bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari g‘olibi. 1999 va 2000 yillarda mamlakatimizda «Yilning eng yaxshi sportchisi» deb topilgan.
Muhammadqodir Abdullayev 1995 yili Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqdi, Osiyo chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi, 1996 yili esa Atlantada o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi.
U 1997 yili Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Osiyo chempioni bo‘lgan. 1998 yili Xitoyning Chong-Ging shahridan jahon kubogi bilan qaytdi, Bangkokda o‘tkazilgan XIII Osiyo o‘yinlarida esa oltin medalga sazovor bo‘ldi.
1999 yili AQShning Xyuston shahrida jahon chempioni degan yuksak unvonga musharraf bo‘ldi. Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatida g‘olib chiqib, Sidney Olimpiadasi yo‘llanmasini ko‘lga kiritgan.
Sidney Olimpiadasida Muhammadqodir «jang"larda raqiblari ustidan g‘alaba qozongan va yozgi Olimpiya o‘yinlarining birinchi chempioni sifatida O‘zbekiston sport tarixidan joy olgan.
Artur Taymazov
Artur Taymazov kelib chiqishi osetin bo‘lgan o‘zbekistonlik erkin kurashchi. U uch karra Olimpiada chempioni (2004, 2008 va 2012 yillar), Sidney-2000 Olimpiadasi kumush medali sovrindori, ikki karra jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni, uch karra Osiyo o‘yinlari g‘olibidir.
Artur Taymazov sportning erkin kurash turi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini xalqaro arenalarda munosib himoya qilgan sportchilardan biri. O‘zbekiston Olimpiya tarixida qo‘lga kiritilgan 6 ta oltin medaldan 3 tasining egasi.
2000 yil Avstraliyaning Sidney shahridagi Olimpiada o‘yinlarida 2-o‘rin, 2004 yil Gretsiyaning Afina shahrida, 2008 yil Xitoyning Pekin shahridagi Olimpiada o‘yinlarida 1-o‘rinni egallab, O‘zbekiston tarixida birinchi marta ikki karra olimpiada g‘olibi degan nomni qo‘lga kiritgan.
2012 yil Angliyaning London shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham 1-o‘rinni egallagan.

Download 17,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish