3.O’sish bosqichi – 30 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan vaqtni qamrab oladi. Anashu davrda malaka, malaka oshirish, xizmat lavozimda o’sish jarayoni davom etadi. Ayni vaqtda xodimlarda amaliy tajriba, ko’nikmalar, mahorat, o’zligini namoyon qilishga ehtiyoji, yanada yuqori maqomga va yanada ko’proq mustaqillikka ega bo’lishga intilish ortadi. Shuningdek, xodim mehnatiga haq to’lash miqdori oshishi, sog’lig’ini mustahkamlashga ham alohida e’tibor beradi.
4.Barqarorlik bosqichi – avvalgi davrlarda erishilgan muvaffaqiyqtlarni mustahkamlashga bo’lgan intilish kuchayadi va u 45 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga qamrab oladi. Anashu bosqichda malakani takomillashtirish chuqqisiga erishiladi. Xodimning malakasi jo’shqin faoliyati va maxsus ta’lim orqali yanada oshiriladi. Unda tashabbuskorlik kuchayib boradi, hamda uning ish uslubi va o’z bilimlarini shogirdlariga orgatib boradi. Shu bilan birga unda daromad olishning boshqa shakllari paydo bo’ladi vahokazolar.
Do'stlaringiz bilan baham: |