D) Muhim kasblar ansambli (asosiy sifatlar):
shaxsning umumiy va spesifik yo’nalishi tuzilmasi, kengligi, faolligi, bardoshliligi;
ijtimoiy kasbiy mas’uliyat;
optimizm;
shaxsning istalmagan yoki istalgan xususiyati sifatida ishontirish xususiyati;
shaxsning ma’naviy psixologik bardoshliligi;
xarakter xususiyatlari (ijtimoiy faollik, prinsiplilik, qat’iyatlilik, mustaqillik, rostguylik, mardlik, tashabbuskorlik, tartiblilik, jamoatchilik, optimizm, pessimizm).
E) Chegaralash va qarshi ko’rsatmalar:
Xatolar okibati va mehnat xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar.
Kasbga layoqatsizlik tavsifi.
Jinsi, yoshi jihatdan chegaralash.
Kasbiy zararlar va imtiyozlar.
Shaxsning kasbiy deformatsiyalari.
Boshqaruv jarayonida professiogramma quydagi tuzilishga ega bo‘lishi lozim:
Maxsus fazilatlar:
psixologik barqarorlik;
jismoniy zo’riqishlarga chidamlilik;
ish joyida diqqatni tez taksimlashlik;
ko’ruv idrokiga tezkor javob qaytarishlik;
operativ tafakkurga moyillik;
vaqtni idrok qilishga qobiliyatlilik;
obrazli xotiraga egalik;
teri-tuyushga sezgirlik;
harakatni muvaffakiyatlashtirishga o‘quvchanlik.
Kasbiy bilimlarga zexnlilik:
ishlab chiqarish ta’limi jarayoni mohiyatini komil insonni shakllantirishning tarkibi ekanligini tushunishlik;
ishlab chiqarish ta’limi metodikasi va nazariyasi asoslarini egallaganlik;
yosh va jins xususiyatlari,tayyorgalik darajasini hisobga olgan holda mashg‘ulotlar o‘tkazish;
ishlab chiqarish ta’limida o‘quvchilarning psixologik, pedagogik, fiziologik xususiyatlari rivojini inobatga olishlik;
psixologiya fanining ilmiy asoslari bilan kurollanganlik;
o‘quv mashg‘ulotlarida psixologik va fiziologik qonuniyatlar mohiyatini tushunganlik;
ota-onalarga va jamoatchilikka psixologik ta’sir o‘tkazish mexanizmini bilishlik;
o‘quvchilar bilan kasbga oid sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uyushtirish metodikasini o‘zlashtirganlik;
yangi ta’limiy texnologiya ta’sirchanligini o‘qishlik.
Shaxsiy psixologik va pedagogik salohiyat:
ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni ajrata bilishlik;
o‘quvchilarning kuchiga, yoshiga, jinsiga binoan mashg‘ulotlarni rejalashtirishlik;
o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari va shaxsiy sifatlari rivojlanishining istikbol rejasini to‘za olishlik;
mashg‘ulotlar sifatini ko’tarish uchun o‘quvchilarni o‘zini-o‘zi tayyorlashga o’rgatishlik;
shaxsga ta’sir o‘tkazishni rejalashtirishga o‘quvchanlik;
o‘quvchilar jamoasiga rahbarlik qilishda shaxsiy faoliyatini idora qilishni uddalashlik;
ishlab chiqarish ta’limiga kasb-hunar o‘quv yurtlari jamoasini tortishga qobiliyatlilik.
Tashkilotchilik qobiliyatlari:
mehnat ta’limi mashg‘ulotlarida o‘quvchilar jamoasini tashkil qilishlik va uni har xil vaziyatlarda boshqarishlik;
sinf va sinfdan tashqari ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlarini tashkillashtirishlik;
mashg‘ulotlar davomida kurs faollarini aniqlash va ularni uyushtirishlik;
o‘quvchilar bush vaqtini o‘tkazishni tashkil qilish va ular o‘rtasida tanlovlar, kuriklar joriy qilishlik;
faollarning tashkilotchilik faoliyatini amalga oshirishda ko’maklashishlik;
layoqatli, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan individual mashg‘ulot o‘tkazishlik.
Kommunikativ (muomalaviy) hislatlar:
o‘quvchilar diliga yo’l topa olishlik;
o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan muloqato’rnatishiga qobillik;
o‘quvchilar (talabalar) jamoasida va jamoalararo munosabatlarni boshqarishga o‘quvchanlik;
ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha boshqa o‘quv yurtlari bilan tashqi aloqa o’rnatishga qobiliyatlilik.
Gnostik (bilishga oid) fazilatlar:
o‘quvchilarning kasbiy layoqati, tayyorgarlik ko’rsatkichi darajasini aniqlashga (tashhis qilishga) qobillik;
o‘z faoliyatini (natijalari mahsullarini) tanqidiy tahlil qilishga moyillik;
nazariy va amaliy xulosalar chiqarishga zexnlilik;
kasb-hunarga oid psixologik manbalardan foydalanishga o‘quvchanlik;
ijodiy izlanish va o‘zgalarni ilxomlantirish imkoniyatiga egalik.
Kasbiy sifatlar:
ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlari mazmunini puxta egallaganlik va faol uslublardan foydalana olishlik;
barqaror e’tiqodlilik;
psixologik taktga (odobga, nazokatga) egalik;
muomala va xulq maromini o‘zlashtirganlik;
adolatlilik;
topqirlik;
muammolarni omilkorlik bilan yechishlik;
mashg‘ulotlar o‘tkazish texnologiyasi va texnikasini uddalashlik
chidamlilik;
o‘zi-o‘zini qo‘lga olishlik;
kuzatuvchanlik;
hissiyotni boshqaruvchanlik.
Shaxs sifatlari:
o‘quvchilarga mehr-oqibatlilik;
mehnatsevarlik;
amaliy aql-zakovatda ustuvorlik;
xarakterda barqarorlik (qat’iyatlilik);
kuyinchaklik;
tirishqoqlik;
kamtarlik;
yumor hissiga egalik;
mustaqillikka intiluvchanlik.
Ijodiy (kreativ) hislatlar:
kasbiy mahoratini takomillashtirishga intiluvchanlik;
har bir o‘quvchida amaliy malakalar shakllantirish dasturini yaratishga chankoklik;
empatiya tuyg’usini egallaganlik;
inversiyaga qobillik, tarbiyalanuvchi shaxsiga oid oldingi omillarga yangicha yondashishlik;
o‘quvchilarga psixologik ta’sir o‘tkazish natijalarni oldindan paykash;
innovatsiya (yangilik), prognoz (bashorat), diagnoz (tashhis) qilishga ishtiyoqlilik.
Imidjni o’zgartirish doimiy ravishda og’riqli kechadi, chunki u o’z-o’zini baholashga to’g’rida-to’g’ri ta’sir qiladi. Rahbarning egoistligi tufayli, ba’zida, “xo’jayin” obraziga o’zgartirish kiritish kerak, degan taklif, maslahatchini shaxsiy dushmanga aylantirib qo’yishi mumkin. Gap faqatgina qanday maslahat berishda ham emas. Aslida rahbar – bu o’z afzallik va kamchiliklari yordamida muvaffaqiyatga erishgan insondir. Mana shunday sinovlardan o’tgan, o’rganib qolgan muvaffaqiyatli “o’zini tutish modeli”ni hamda o’zining “ommaviy Men”ini unchalik ishonchli bo’lmagan “ideal model”ga o’z ixtiyori bilan o’zgartirish kelarmikan? Fikrimizcha, ushbu psixologik muammoga mahalliy olimlarimiz hali yetarlicha e’tibor berishmagan.
Mavzu yuzasidan o’z-o’zini nazorat va muhokama qilish uchun
savollar:
1.Kar’era va kar’era turlari?
2.Kar’eraga menejer aurasi va avtoritetining ta’siri?
3.A.Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasi va kar’era masalalari?
4.Kar’erani amalga oshirish shartlari?
Do'stlaringiz bilan baham: |