2. "Fikrlovchi tip"
uchun mavhumlarning, mantiqiy tizimlarning, nazariy mulohazalarning,
metodologik muammolarning ustunligi muvofiqdir.
Badiiy tipning mavjudligi aqliy faoliyatning zaifligi yoki aqlning yengilmasligini
bildirmaydi, lekin bu o`rinda gap psixika obrazli jabhalarini fikrlovchi tomonlari ustidan nisbatan
ustuvorligi haqida beradi. Biroq shuni ta`kidlash joizki, shaxsning ikkinchi signallar tizimidan
ustunlik qiladi va bu ustuvorlik mutloqlik xususiyatiga egadir. Ma`lumki, insonlarning hayot va
faoliyatlarida til bilan tafakkurning o`rni hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, shaxs tomonidan
borliqning aks ettirish jarayoni so`zlar, fikrlov vositasida ro`yobga chiqariladi.
7.2.Qobiliyat turlari, qobiliyat va irsiyat.
Psixologiya fanida qobiliyatlar quyidagicha
tavsiflanadi:
1. Tabiiy qobiliyatlar
odamlar va hayvonlar uchun xos bo`lib, idrok qilish xotirada saqlash,
oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar
asosini shartli reflekslar hosil bo`lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada
rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
2. Maxsus insoniy qobiliyatlar
ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo`lib, ijtimoiy hayot va
taraqqiyotni ta`minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o`z navbatida umumiy va xususiy
qobiliyatlarga bo`linadi.
3. Umumiy qobiliyatlar
insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta`minlovchi aqliy
qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo`l harakatlarini aniqligi va boshqa
xususiyatlardan iborat. Xususiy qobiliyatlar alohida olingan bir faoliyatning muvaffaqiyatini
ta`minlaydi. Bu qobiliyatlar alohida muloqotning bo`linishini taqozo etadi. Masalan, matematika,
texnika, badiiy ijodiy, sportga bo`lgan qobiliyatlar shular jumlasidandir.
Ayrim adabiyotlarda umumiy qobiliyatlar mohiyati turlicha talqin qilinadi. Jumladan,
umumiy qobiliyat deganda muvaffaqiyatli ravishda bilim olishni ta`minlaydigan shaxsning yuksak
intellektual taraqqiyoti tushuniladi. Biroq bunday tushuncha tor va noto`g`ridir, chunki intellektual
taraqqiyot faqat ixtiyoriy faoliyat uchun umuman talab qilinadi, xolos. Umumiy qobiliyat
faoliyatning hamma turlariga jumladan amaliy faoliyatga ham ta`sir qiladi, deb hisoblovchi
psixologlar topildi. Ammo bu fikrda qarama-qarshilik mavjud, agar umumiy qobiliyat universal
ahamiyatga ega bo`lgan ekan, unda qandaydir maxsus qobiliyatlar haqida gapirib o`tirishning
hojati yo`q.
Do'stlaringiz bilan baham: |