Nihoyat, shunday psixologlar ham borki, ular faqat maxsus qobiliyatlarni tan oladilar.
Umumiy qobiliyat haqida gapirganda ham maxsus qobiliyatlar yig`indisi ta`sirini ko`zda tutadilar.
Kishining turli-tuman faoliyatlari orasida bittasi asosiy yoki yetakchi faoliyat sharoitida shaxsning
maxsus taraqqiyotini belgilovchi faoliyat bo`lib ajralib turadi. Bu faoliyat tug`ma spesifik zehn
nishonalariga mos tushishi mumkin.
Hamma maxsus qobiliyatlarni, inson faoliyatining asosiy turlarini uch turga: fan, san`at,
amaliyotga ajratish mumkin. Shunga binoan qobiliyatni milliy, badiiy va amaliy deb
klassifikasiyalash mumkin. Bu turlarning har biri o`z navbatida mayda turlarga bo`linadi.
Ilmiy qobiliyat
abstrakt, evristik fikrlashning yuksak rivojlangan bo`lishini, og`zaki
mantiqiy xotirani, qat`iyat va sabr-toqatni talab qiladi. Bu qobiliyatga quyidagi mayda qobiliyatlar
kiradi: fizik, matematik qobiliyat, ximiya, filosofiya, tarix, biologiya fanlariga nisbatan bo`lgan
qobiliyatlar.
Badiiy qobiliyat
sensor obrazli fikrlashning alohida rivojlangan bo`limini, o`tkir emosional
ta`sirchanlik va reaktivlikni talab qiladi. Bu qobiliyatga tasvirlash, musiqaviy, artistik va adabiy
qobiliyatlar kiradi.
Amaliy qobiliyat
praktik aqlning yuksak darajada rivojlanganligini, fahm-farosatning
kuchliligi, iroda va yetuk kirishuvchanlikni o`z ichiga oladi. Amaliy qobiliyatga konstruktiv-
texnikaviy qobiliyat, boshqaruvchanlik qobiliyati, shu jumladan tashkilotchilik va boshqalar
kiradi.
Nazariy va amaliy qobiliyatlar ham inson qobiliyatlaridan bo`lib, nazariy qobiliyatlar
mavhum, mantiqiy harakatlarga moyillikda namoyon bo`ladi.
O`quv qobiliyatlari bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish, shaxs - shakllanishi,
pedagogik ta`sirlar samaradorligini ortishida ijobiy rol o`ynaydi.
Ijodiy qobiliyatlar moddiy va ma`naviy madaniyat asarlarini yaratish, yangi g`oya, kashfiyot
va yangiliklar yechishda namoyon bo`ladi.
Qobiliyatning tug`maligini inkor qilish absolyut tabiatga ega emas. Psixologiyada
qobiliyatning tug`ma ekanligini tan olinmas ekan, bu bilan miyaning tuzilishi bilan bog`liq bo`lgan
differensial xususiyatlarning tug`maligini inkor qilmaydi. Qobiliyat taraqqiyotining dastlabki
tabiiy sharti sifatida namoyon bo`ladigan miya tuzilishining sezgi a`zolariga va funksional
xususiyatlariga layoqat deb ataladi. Layoqat ko`p qirralidir. Shaxs tomonidan qo`yilgan
talablarning tabiatiga bog`liq ravishda aynan bir xil layoqatlar asosida har xil qobiliyatlar
rivojlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: