V.P.Yagunkovaning
ma`lumotlari bo`yicha idrok qilishning aniqligi va
xotirasi bilan, yangi original obraz va syujetlar tuzishdagi tafakkur kuchi va tasavvur bilan, ijodiy
vaziyatning yengilgina yuzaga kelishi bilan, so`z boyligi va til sezgisi bilan farqlanadilar. Ba`zi
birlarida voqelikka mulohazali, mantiqiy munosabatda bo`lish ustun tursa, boshqalarida obrazli
emosional munosabat ustundir, uchinchilarida esa bularning har ikkisi ham mujassamdir.
V.P.Yagunkova sinaluvchilarning adabiy qobiliyatini tashxis qilishda quyidagi ko`rsatkichlarni
mezon tariqasida oladi, chunonchi a) idrok etish va xotiraning aniqligi; b) emosional ta`sirchanlik;
v) tasavvurning kuchi va jonli tilni his qilish kabilar.
S.P Kudryavseva
tadqiqotida ilk o`spirinning adabiy qobiliyati ikki tipga ajratiladi, ya`ni
adabiy-tanqidiy tip va badiiy-ijodiy. Birinchi tipda badiiy asarlarni tushunchalar asosida
tahlil?ilishning o`sganligiga e`tibor qilinadi. Ikkinchi tipda adabiy asarlarni o`qish vaqtida va
adabiy mavzuga bayon yozishda hayajonlanish, ijodiy yondashishga ahamiyat qaratiladi.
V.A.Kruteskiy
matematik qobiliyat tuzilishiga quyidagilarni kiritadi:
1) Qobiliyatda bolalarning matematik materialni qabul qilish borasidagi qobiliyatiga
matematik ob`ektlar, munosabat va amallarni shakl holiga keltirib idrok qilish matematik
materialga o`ziga xos "yig`ma" analitik-sintetik ishlov berish qobiliyati qayd qilish lozim
2) Qobiliyatli o`quvchilarning fikrlashi quyidagilar bilan: a) miqdoriy va fazoviy
munosabatlar, sonlar va belgilar simvolikasi sohalarida mantiqiy fikrlash qobiliyati; b) matematik
materialni tez va keng umumlashtira olish; v) matematik mulohazalar jarayonida qisqacha aqliy
xulosalar yordamida fikrlashga moyillik; g) fikrlash jarayonlarining nihoyatda moslashuvchan va
harakatchanligi; d) yechishda ravshanlik, soddalik, rasionallik va ixchamlikka intilish
3) Matematik axborotni xotirada saqlash va hokazo.
Matematik qobiliyatning borligini tahmin qilishga asos bo`ladigan tashqi alomatlarni
belgilash mumkin. Muallif tahminicha bular quyidagilardir:
1) o`quvchining matematikaga oid ochiq-oydin qiziqishini namoyish qilishi, hech kim
majbur qilmasdan, o`zining bo`sh vaqtini sarflab, matematika bilan bajonidil shug`ullanishga
moyillik;
2) muayyan matematik ko`nikma va malakalarni odatdagidan kichikroq yoshda o`zlashtirish
qobiliyati;
3) matematikani o`zlashtirish sohasida tez siljib borish;
4) matematik taraqqiyot va yutuqlarning yuqori darajasi.
Mamlakatimiz psixologi
Do'stlaringiz bilan baham: |