Yurak venalari Yurak arteriyalari ikkita bo'lib, venalari ko'p bo'ladi va yurakning o'ng bo'lmachaga turli yo'llar bilan yetib boradi. Yurakning kichik venalari o'ng bo'lmachaga to'g'ridan-to'g'ri ochiladi. Uning boshqa venalari yurak venalarining sinusiga quyiladi. Yurak venalarining sinusi orqadagi toj egatida yotadi va yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi. Yurakning vena kengaymasi — sinus coronarius ga quyidagi venalar quyiladi:
1) v.cardiaca magna — yurakning katta venasi. Bu vena oldingi qorinchalararo vena — v.interventricularis anterior hamda chap qirradagi vena — v.marginalis sinistra larning quyilishidan hosil bo'ladi;
2) v.ventriculi sinistri — chap qorincha venasi;
3) v.obliqua atrii sinistri — chap bo'lmachaning qiyshiq venasi;
4) v.cardiaca media — yurakning o'rta venasi;
5) v.cardiaca parva — yurakning kichik venasi. Bu venaga v.marginalis dextra — o'ng qirra venasi, hamda v.venticuli dextri — o'ng qorincha venalari quyiladi;
6) v.v.cardiaca minimae — yurakning mayda (eng kichik) venalari o'ng bo'lmacha venalaridan — v.v.atriales dextrae hamda o'ng qorincha venalari — v.v.ventriculares dextrae dan tashkil topadi. Bundan tashqari yurakda R .Vessen (1706) va A.Tebeziya (1708) tomonidan aniqlangan, yurakning qorinchalariga ochiladigan qon tomirlar ham bo'ladi.
O'pka venalari — venae pulmonales O'pka venalari ikki juft bo'lib, yurakning chap bo'lmasiga quyiladi. Vena nomi bilan atalsa ham ichida kislorodga boy bo'lgan arterial qon bo'ladi. Venae pulmonaleso'pka venalari quyidagi venalardan hosil bo'ladi:
1) Venae pulmonales dextra superior — o'ng o'pkaning yuqori venasi;
2) Venae pulmonales dextra inferior — o'ng o'pkaning pastki venasi;
3) Venae pulmonales sinistra superior — chap o'pkaning yuqori venasi;
4) Venae pulmonales sinistra inferior — chap o'pkaning pastki venasi.
I. Vena pulmonalis dextra superior — o'ng o'pkaning yuqori venasiga quyiladigan venalar kiradi:
1) v.apicalis — o'ng o'pka yuqori bo'lagi uchidagi vena;
2) v.anterior — o'ng o'pka yuqori bo'lagining oldingi venasi;
3) v.posterior — o'ng o'pka yuqori bo'lagining orqa venasi;
4) v.lobi medii — o'ng o'pka o'rta bo'lagi venasi.
II. Vena pulmonalis dextra inferior — o'ng o'pkaning pastki venasiga quyiladigan venalar kiradi:
1) v.superior — o'ng o'pka pastki bo'lagining yuqori venasi;
2) v.basalis communis — o'ng o'pka pastki bo'lagi umumiy asosidagi vena;
3) v.basalis inferior — o'ng o'pka pastki bo'lagi asosining pastki venasi.
III. Vena pulmonalis sinistra superior — chap o'pka yuqori bo'lagi venasiga quyiladigan venalar:
1) v.apicoposterior — chap o'pka yuqori bo'lagi uchidagi orqa vena;
2) v.anterior — chap o'pka yuqori bo'lagining oldingi venasi;
3) v.lingularis — chap o'pka yurori bo'lagining tilcha venasi.
IV. Vena pulmanalis sinistra inferior — chap o'pka pastki bo'lagi venasiga quyiladigan venalar:
1) v.superior — chap o'pka pastki bo'lagining yuqori venasi;
2) v.basalis communis — chap o'pka pastki bo'lagining asosidagi umumiy vena;
3) v.basalis superior — chap o'pka pastki bo'lagining asosidagi ustki vena;
4) v.basalis inferior — chap o'pka pastki bo'lagining asosidagi pastki vena.