Tashqi yonbosh arteriyasi — a.iliaca externa Tashqi yonbosh arteriyasi — a.iliaca externa umumiy yonbosh arteriyasining tarmog'i bo'lib hisoblanadi. Bu arteriya quyidagi tarmoqlarni chiqaradi:
1. a.epigastrica inferior — qorin mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraladi:
a) r.pubicus — qov sohasini qon bilan ta’minlaydi. Uning shoxchasi — r.obturatorius yopqich mushagi sohasiga yo'naladi;
b) a.cremasterica — erkaklarda bolib, urug' tizimchasi tarkibidagi m.cremaster ni qon bilan ta’minlaydi. Ayollarda esa bachadonning yumaloq boylamining arteriyasi — a.ligamenti teretes uteri ajraladi.
2. a.circumflexa ileum profunda — yonbosh suyagini o'rab oladi va shu sohadagi yonbosh mushakni va ko'tariluvchi shox — ramus ascendens qorinning ko'ndalang mushaklarini qon bilan ta'minlaydi. Tashqi yonbosh arteriyasi, chov boylami ostidagi — lacuna vasorum tirqishi orqali o'tib, son arteriyasiga davom etadi.
Son arteriyasi — a.femoralis Son arteriyasi — a.femoralis tashqi yonbosh arteriyasining davomi hisoblanadi va son sohasida quyidagi tarmoqlarni chiqaradi:
1. a.epigastrica superficialis — qorin terisidan kindik sohasigacha tarqaladi.
2. a.circumflexa ileuin superficialis — yonbosh sohasini aylanib o'tuvchi yuza arteriya. Bu arteriya spina iliaca anterior superior sohasidagi terini qon bilan ta’minlaydi.
3. a.pudendae externae superficialis — tashqi jinsiy a’zolarining yuza sohasini qon bilan ta’minlaydi.
4. a.pudendae externae profunda — tashqi jinsiy a’zolarning chuqur arteriyasi. Bu arteriyadan ayollarda — r.r.labiales anteriores, erkaklarda esa yorg'oq sohasiga — r.r.scrotales anteriores shoxlari, hamda chov boylami sohasiga — r.r.inguinales shoxlari ajraladi.
5. a.profunda femoralis — sonning chuqur arteriyasi. Bu arteriya son mushaklarini qon bilan ta’minlaydigan asosiy qon tomir hisoblanadi. Sonning chuqur arteriyasi quyidagi tarmoqlarga ajraladi:
a) a.circumflexa femoris medialis — sonni ichki tarafdan aylanib o'tuvchi arteriya sonning medial guruh mushaklarini, chanoq — son bo'g'imini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi shoxlar ajraladi: r.supierficialis — yuza shox; r.profundus — chuqur shox; r.acetabularis — sirka kosachasi shoxi; r.ascendens — ko'tariluvchi shox; r.descendens — tushuvchi shox.
b) a.circumflexa femoris lateralis — sonni lateral tarafdan aylanib o'tuvchi arteriya bo'lib, sonning oldingi guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi shoxlar ajraladi: r.ascendens — ko'tariluvchi shox; r.descendens — tushuvchi shox; r.transversus — ko'ndalang shox.
d) a.a.perforantes — sonning orqasiga teshib o'tuvchi arteriya bo'lib, sonning orqa guruh mushaklarini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan son suyagini oziqlantiradigan a.nutriciae femoris ajraladi.
6. rami muscularis — o'z yo'nalishida son arteriyasi atrofidagi mushaklami qon bilan ta’minlaydi.
7. a.genus descendens — tizza bo'g'imi sohasiga tushuvchi arteriya — tizza bo'g'imi sohasidagi arterial to'rni hosil qilishda qatnashadi. Son arteriyasi — a.femoralis canalis adductorius yaqinlashtiruvchi kanal orqali o'tib. tizza bo'g'imining orqa sohasidagi taqim chuqurchasida paydo bo'ladi va taqim arteriyasi a.poplitea deb ataladi. Taqim arteriyasi tarmoqlari tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydi va tizza bo'g'imi sohasidagi arterial to'rni hosil qilishda qatnashadi.
Taqim arteriyasi — a.poplitea ning tarmoqlari:
1. a.superior lateralis genus — tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan yuqorigi lateral arteriya.
2. a.superior medialis genus — tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan ustki medial arteriya.
3. a.media genus — tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydiga o'rta arteriya.
4. a.inferiores lateralis genus — tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan ostki lateral arteriya.
5. a.inferior medialis genus — tizza bo'g'imini qon bilan ta’minlaydigan pastki medial arteriya.
6. a.surales — boldirning orqa guruh mushaklarini qon bilan ta’minlashda qatnashadi.
Taqim arteriyasining tarmoqlari tizza bo'g'imi sohasida qon tomir to'ri — rete articulare genus hamda tizza qopqog'i qon tomir to'ri — rete patellare lami hosil qiladi. Taqim chuqurchasining ostki uchida a.poplitea ikki arteriyaga: a.tibialis anterior — old katta boldir arteriyasi va a.tibialis posterior — orqada katta boldir arteriyalariga bo'linadi.