a.lienalis — taloqni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar chiqadi:
a) r.pancreatici- me’da osti bezini qon bilan ta’minlaydi. Bu shox quyidagi arteriyalarga ajraladi:
1) a.pancrcatica dorsalis — me'da osti bezining orqa arteriyasi;
2) a.pancreatica inferior — me’da osti bezining pastki arteriyasi;
3) a.prepancratica — me’da osti bezi oldi arteriya;
4) a.pancreatica magna — me’da osti bezining katta arteriyasi;
5) a.cauda pancreatis — me’da osti bezining dum qismi arteriyasi.
b) a.gastroomentalis sinistra — me’daning katta egriligi bo'ylab yo'nalib, o'ng tarafdagi shunday arteriya bilan birikadi. Bu arteriyadan r.r.gastrici — me’daga va r.r.omentales — katta charviga shoxlar, a.gastricae breves — me’daning qisqa arteriyalari, a.gastrica posterior — me’daning orqa yuzasiga tarmoqlar chiqadi.
a.lienalis ning oxirgi qismlari taloq ichida tarmoqlanadi.
II. a.mesenterica superior — yuqorigi tutqich arteriyasi qorin aortasining toq tarmog'idir. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraydi:
1) a.pancreaticoduodenalis inferior — me’da osti bezini hamda o'n ikki barmoq ichakni qon bilan ta’minlaydi. Yuqoridagi shunday arteriya bilan o'zaro qo'shiladi. r.anterior — oldingi va r.posterior — orqa shoxchalar ajraladi.
2) a.jejunales — och ichak arteriyalari.
3) a.ileales — yonbosh ichak arteriyalari.
4) a.iliocolica — yonbosh ichakni va ko'richak sohalarini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan quyidagi tarmoqlar ajraladi:
a) a.caecalis anterior — ko'richakning oldingi arteriyasi;
b) a.caecalis posterior — ko‘richakning orqa arteriyasi;
d) a.appendicularis — chuvalchangsimon o'simta arteriyasi;
e) r.ilealis — yonbosh ichak shoxi;
f) r.colicus — chambar ichak shoxi.
5) a.colica dextra — yo'g'on ichakning ko'tariluvchi qismini qon bilan ta’minlaydi.
6) a.flexurae dextrae — yo'g'on ichakning o'ng bukilish sohasi arteriyasi.
7) a.colica media— yo'g'on ichakning ko'ndalang chambar ichak sohasini qon bilan ta’minlaydi. Yo'g'on ichak arteriyalarining tarmoqlari o'zaro qo'shilib, chambar ichak yoyi — arcus marginalis coli ni hosil qiladi.
III. a.mesenterica inferior— pastki tutqich arteriyasi quyidagi tarmoqlarni chiqaradi:
1) a.ascendens — ko'tariluvchi arteriya ko'ndalang chambar ichakning chap bukilish sohasiga yo'naladi.
2) a.colica sinistra — yo'g'on ichakning tushuvchi qismini qon bilan ta’minlaydi; 3) a.a.sigmoideae — yo'g'on ichakning S-simon ichak qismini qon bilan ta’minlaydi;
4) a.rectalis superior — to'g'ri ichakning yuqori qismini qon bilan ta’minlaydi. Qorin aortasining visseral juft tarmoqlari:
1) a.suprarenalis media — buyrak usti bezini qon bilan ta’minlaydi.
2) a.renalis — buyrakni qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan buyrak usti beziga — a.suprarenalis inferior tarmog'i chiqadi. Buyrak arteriyasi a.renalis dan buyrak atrofidagi kapsulaga — r.r.capsularis tarmoqlari ajraladi. Buyrak ichida esa a.renalis oldingi shox — r.anterior va orqa shox — r.posterior ga ajraladi. Har bir shox buyrak segmentlari arteriyasiga tarmoqlanadi. Ramus anterior tarmoqlari:
a) a.segmenti superioris — buyrakning yuqori segmenti arteriyasi;
b) a.segmenti anterioris superioris — buyrakning oldingi yuqori segmenti arteriyasi;
d) a.segmenti anterioris inferioris — buyrakning oldingi pastki segmenti arteriyasi;
e) a.segmenti inferioris — buyrakning pastki segmenti arteriyasi. Ramus posterior shoxidan — a.segmenti posterioris — orqa segment arteriyasi ajraladi. Buyrak arteriyasidan siydik nayi shoxlari — r.r.ureterici ajraladi.
Buyrak arteriyasining buyrak ichidagi tarmoqlari a.a.intrarenales deb ataladi.
3. a.testicularis — (erkaklarda) moyakni qon bilan ta'minlash uchun, chov kanali orqali o'tib. yorg'oq bo'shlig'iga tushadi. Bu arteriyadan siydik nayi shoxlari — r.r.ureterici va moyak ortig'i shoxlari — r.r.epididymalis ajraladi.
4. a.ovarica — (ayollarda) tuxumdon arteriyasidan siydik nayi shoxlari — r.r.ureterici va bachadon naylari uchun shoxlar — r.r.tubarii ajraladi.
Qorin aortasining parietal tarmoqlari:
1) a.phrenica inferior — diafragmani ostki yuzasini qon bila ta’minlaydi. Bu arteriyadan buyrak usti beziga — a.suprarenalis superior tarmog'i ajraladi.
2. a.a.lumbales — bel sohasini — r.dorsalis shoxi qon bilan ta'minlaydi. Orqa miyani qon bilan ta’minlash uchun r.spinales tarmog'ini ajratadi. Bel arteriyalari qorin mushaklarini ham qon bilan ta’minlaydi.
3. a.sacralis mediana — qorin aortasining parietal toq tomiri bo'lib. chanoq devorini qon bilan ta’minlaydi. Bu arteriyadan belning eng pastdagi arteriyalari — a.a.lumbales imae; dumg'azaning lateral shoxlari r.r.sacrales laterales ajraladi. Qorin aortasi IV bel umurtqasi sohasida ikkita umumiy yonbosh arteriyalari — a.iliaca communis dextra et sinistra ga ajraladi. Qorin aortasining bo'linish sohasi — bifurcario aortae deyiladi. O'z navbatida har bir umumiy yonbosh arteriya: tashqi yonbosh arteriya a.iliaca externa ga. hamda ichki yonbosh arteriya a.iliaca interna ga bo'linadi.