- iste’molchilarni sifatsiz mahsulotdan himoya qilish (sotuvchi, bajaruvchi) uchun;
- ishlab chiqaruvchining arizasiga muvofiq mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash
(sotuvchidan, bajaruvchidan) uchun.
O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish ishlari O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish
tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori asosida ishlab
chiqilgan, Adliya Vazirligida 2005 yil 18 martda 1458
sonli raqami bilan davlat
ro‘yxatidan o‘tgan “Mahsulotlarni sertifikatlash-tirish qoidasi” ga muvofiq amalga
oshiriladi.
Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlash-tirish milliy tizimida
(keyinchalik
O‘z SMT)
mahsulotlarni, shu jumladan, import mahsulotlarni
sertifikatlashtirishga tayyorlash va o‘tkazish tartibiga bo‘lgan
umumiy talablarni
belgilaydi.
O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi yurtimizda ishlab chiqarilgan va chet
eldan
keltirilgan
mahsulotlarni
sertifikatlashtirishni
sertifikatlashtirish
bo‘yicha
akkreditlangan idoralar, (keyinchalik - SI) ular yo‘q o‘lgan holda sertifikatlashtirish milliy
idorasi (keyinchalik - SMI) o‘tkazadilar.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati, vazirliklar,
Davlat qo‘mitalari takliflarini inobatga olgan holda o‘rnatilgan tartibda sertifikatlashtirish
milliy idorasi tomonidan aniqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini
soddalashtirishga
doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarorining 2-ilovasida keltirilgan.
O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni sertifikatlashtirish
quyidagi asosiy operatsiyalarni ichiga oladi:
-
sertifikatlashlashtirish uchun buyurtma berish;
-
me’yoriy va boshqa hujjatlarni tekshirish;
-
buyurtma bo‘yicha qaror qabul qilish;
-
identifikatsiyalash va namunalarni tanlab olib ularni laboratoriyalarga etkazish;
-
akkreditlangan sinov laboratoriyalarida namunalarni sinovdan o‘tkazish;
-
mahsulotlarni ishlab chiqarish holatlarini baholash;
-
sifat tizimini baholash;
-
mahsulotlarni mosligini dekloratsiyalash;
-
olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki bermaslik;
-
O‘z SMT Davlat reestrida muvofiqlik sertifikatini ro‘yxatdan o‘tkazish;
-
chet el xalqaro idoralar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatini tan olish;
-
sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning (II, III, IV, V sxemalar uchun) barqarorligi ustidan
tekshiruvchan nazorat olib berish;
-
apellyasiyalarni ko‘rib chiqish.
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy
tizimida mahsulotlarni
sertifikatlashtirishni o‘tkazish qoida va tartiblari:
Do'stlaringiz bilan baham: