7 - Ma’ruza. Sertifikatlashtirish. Sеrtifikаtlаshtirish sxеmаlаri.
Reja.
1.O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni
sertifikatlashtirish
to‘g‘risida” gi qonuni. Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy atamalar va tushunchalar.
2.O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va hududidan olib
chiqilayotgan mahsulotlarini sertifikatlash-tirish.
3.Sertifikatlashtirish sxemalari.
Tayanch so‘zlar
: sertifikat,
sertifikatlashtirish, sertifikatlash-tirish tizimi, majburiy
sertifikatlashtirish, ixtiyoriy sertifikatlashtirish, muvofiqlik, muvofiqlik bayonoti.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish
to‘g‘risida” gi qonuni
Mazkur qonun 4 bob, 23 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston
Respublikasida
mahsulotlar, xizmatlar va boshqa ob’ektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va
tashkiliy
asoslarini,
shuningdek
sertifikatlashtirish
ishtirokchilarining
huquqlari,
majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi.
Qonunning 1-bobi 1-moddasida sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalarga
alohida
ahamiyat
berilgan,
shuningdek
qonunda
O‘zbekiston Respublikasida
sertifikatlashtirish organlari, ularning faoliyati, sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari,
sertifikatlashtirishni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirilgan.
2-bob 7-moddasida ko‘rsatilishicha mahsulotni belgilangan
talablarga muvofiqligi
tasdiqlangan taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi. Tayyorlovchi
ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo‘lishi ta’kidlangan
va albatta muvofiqlik belgilari sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining
akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari “O‘zstandart” agentligi tomonidan
belgilangan tartibda Davlat reestridan o‘tkazilishi alohida ko‘rsatilgan.
Ma’lumki, sertifikatlashtirish ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi.
Sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishini davlat
tomonidan tekshirish va
nazorat qilish “O‘zstandart” agentligining davlat inspektorlari tomonidan qonun
hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiriladi.
“Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonunda
sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarning)
javobgarligi
haqida
ham
ma’lumotlar berilgan bo‘lib, 4-bobning 22-moddasiga binoan
sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) muvofiqlik sertifikatini
asossiz va qonunga xilof
ravishda berganligi uchun, sinov natijalari haqida norto‘g‘ri
ma’lumot berganligi uchun qonun hujjatlariga belgilangan tartibda javobgarlikka
tortiladilar.
Qonunda ko‘rsatilgan tadbir va tartiblar, albatta sertifikatlashtirish ishlarini yuqori
saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi.