7 Ma’ruza. Sertifikatlashtirish. Sеrtifikаtlаshtirish sxеmаlаri. Reja



Download 308,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana16.03.2022
Hajmi308,05 Kb.
#493526
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 - Ma’ruza. Sertifikatlashtirish. Sеrtifikаtlаshtirish sxеmаlаri.



7 - Ma’ruza. Sertifikatlashtirish. Sеrtifikаtlаshtirish sxеmаlаri. 
Reja. 
1.O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish 
to‘g‘risida” gi qonuni. Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy atamalar va tushunchalar. 
2.O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va hududidan olib 
chiqilayotgan mahsulotlarini sertifikatlash-tirish. 
3.Sertifikatlashtirish sxemalari. 
Tayanch so‘zlar
: sertifikat, sertifikatlashtirish, sertifikatlash-tirish tizimi, majburiy 
sertifikatlashtirish, ixtiyoriy sertifikatlashtirish, muvofiqlik, muvofiqlik bayonoti.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish 
to‘g‘risida” gi qonuni 
Mazkur qonun 4 bob, 23 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida 
mahsulotlar, xizmatlar va boshqa ob’ektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, iqtisodiy va 
tashkiliy 
asoslarini, 
shuningdek 
sertifikatlashtirish 
ishtirokchilarining 
huquqlari, 
majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi. 
Qonunning 1-bobi 1-moddasida sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushunchalarga 
alohida 
ahamiyat 
berilgan, 
shuningdek 
qonunda 
O‘zbekiston Respublikasida 
sertifikatlashtirish organlari, ularning faoliyati, sertifikatlashtirish ob’ektlari va sub’ektlari, 
sertifikatlashtirishni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida ham ma’lumotlar keltirilgan. 
2-bob 7-moddasida ko‘rsatilishicha mahsulotni belgilangan talablarga muvofiqligi 
tasdiqlangan taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati beradi. Tayyorlovchi 
ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish huquqiga ega bo‘lishi ta’kidlangan 
va albatta muvofiqlik belgilari sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining 
akkreditatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari “O‘zstandart” agentligi tomonidan 
belgilangan tartibda Davlat reestridan o‘tkazilishi alohida ko‘rsatilgan. 
Ma’lumki, sertifikatlashtirish ishlari davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi. 
Sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishini davlat tomonidan tekshirish va 
nazorat qilish “O‘zstandart” agentligining davlat inspektorlari tomonidan qonun 
hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiriladi. 
“Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonunda 
sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarning) javobgarligi 
haqida 
ham 
ma’lumotlar berilgan bo‘lib, 4-bobning 22-moddasiga binoan 
sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) muvofiqlik sertifikatini 
asossiz va qonunga xilof ravishda berganligi uchun, sinov natijalari haqida norto‘g‘ri 
ma’lumot berganligi uchun qonun hujjatlariga belgilangan tartibda javobgarlikka 
tortiladilar. 
Qonunda ko‘rsatilgan tadbir va tartiblar, albatta sertifikatlashtirish ishlarini yuqori 
saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi. 

Download 308,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish