to‘g‘risida” Qaroriga asosan ishlarning murakkabligi darajasiga, ko‘p mehnat talab qilishi
va o‘ziga xosligiga qarab, barcha hujjatlar berilgan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan 1
oygacha muddatda belgilangan.
Sertifikat berish bo‘yicha hamma ishlarga, shu jumladan buyurtmalarni ko‘rib
chiqish, ishlab chiqarishni tekshirish, sinash
va tekshiruvchan nazorat, hujjatlarni
ro‘yhatdan o‘tkazish va zarur hujjatlarni tarjima qilish va boshqalar O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligida dekloratsiyalangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, mahsulotning o‘ziga xos
hususiyatlarini va sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish sharoitlarini, hamda
mahsulotning MH ni amal qilish muddatini va sifat tizimi yoki ishlab chiqarish
sertifikatlashtirilgan
muddatini inobatga olgan holda, lekin uch yildan ortiq bo‘lmagan
muddatga SI belgilaydi.
Ishlash (yaroqlilik) muddati ko‘rsatilgan mahsulot to‘pi yoki yakka mahsulot
sertifikatining amal qilishi mahsulotning ishlash (yaroqlilik) muddatidan oshmasligi lozim.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 3 oy oldin, so‘rovchi
mazkur hujjatda ko‘rsatilgan tartibda mahsulotni qaytadan sertifikatlash maqsadida SI ga
ariza beradi.
CHet el muvofiqlik sertifikatlarini tan olish.
O‘z SMT ga kiruvchi SMI va SI lari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan
mahsulotlar sertifika-tini so‘zsiz tan olish huquqiga egadirlar.
Respublikada foydalaniladigan yurtimiz va chetdan keltirilgan mahsulotlariga
boshqa davlatlarning (Xalqaro tizimlari) tomonidan berilgan sertifikatlarni tan olish
to‘g‘risidagi qarorni, bir turdagi mahsulotlarni
sertifikatlashtirish idorasi, bunday idora
bo‘lmaganda SMI qabul qiladi.
Xalqaro tizim va kelishuv doiralarida sertifikatlarni tan olish, ana shu tizim va
kelishuvlarda o‘rnatilgan qoidaga muvofiq o‘tkaziladi.
Sertifikatni tan olinishi uchun so‘rovchi buyurtmani SI ga yuboradi.
Buyurtmaga
sertifikatni
tasdiqlangan
nushasi
va
sertifikatlashtirish
xalqaro tizimi yoki kelishuvlarning qoidalari bilan belgilangan boshqa hujjatlar va
materiallar ilova qilinishi lozim.
Zarur hollarda so‘rovchi O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan MH ning
qo‘shimcha talablariga muvofiqligi sinovlari bayonnomasiniig nusxasini taqdim etadi.
Olingan hujjatlar va materiallarni
tahlil asosida SI, sertifikatni tan olish (tan
olmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Tan olish jarayonini amalga oshirishda SI mahsulotning belgilangan talablarga
muvofiqliligini tasdiqlash uchun takroriy sinovlarni to‘liq hajmda ayrim tavsiflari bo‘yicha
o‘tkazishni talab qilishi mumkin.
Tan olish jarayoni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi bo‘yicha
belgilanadi.
Tan olingan taqdirda, O‘z SMT da belgilangan namunaga muvofiq, mahsulotga
muvofiqlik sertifikati beriladi va O‘zSMT Davlat reestriga kiritiladi.
CHet el sertifikatlarini tan olish bo‘yicha ishlariga haq to‘lash so‘rovchi tomonidan
bajariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 avgust 1994 yil 409-sonli
“Majburiy sertifikatlash-tirish kerak bo‘lgan tovarlar (mahsulotlarni) O‘zbekiston
Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqib ketish to‘g‘risida” gi qaroriga
asosan “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi bilan
hamkorlikda yo‘riqnoma ishlab chiqilib, 26 fevral 2000 yil Adliya Vazirligida ro‘yxatdan
o‘tgan.
Ushbu yo‘riqnomaga asosan muvofiqlik sertifikat-lari
bir nomdagi yoki bir xil
mahsulot guruhlariga berilib, uning joriy qilinishi hamma mahsulot to‘piga tadbiq etilib,
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tgan muvofiqlik sertifikatida
ko‘rsatilgan haqiqiy miqdoriga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan mahsulotlarni
sertifikatlashtirish bojxona nazorati ostida, qonun asosida amalga oshiriladi.
Tashqariga olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalasi hal
qilinguncha,
ular joylarida, mahsulotni egalari ixtiyorida va transportda saqlanishi
mumkin.
Mahsulotlarni
sertifikatlashtirish
“Uzstandart”
agentligi
o‘rnatgan
muddatda amalga oshiriladi.
Oziq- ovqat va qishloq ho‘jalik mahsulotlari
1 kundan 5 kungacha
Engil sanoat mahsulotlari
5-10 kungacha
Xom ashyo tarmoq mahsulotlari (yog‘ochni qayta
ishlashdan boshqa)
10 kungacha
Elektrotexnika va texnika mahsulotlari
5-15 kugacha
Mashinasozlik mahsulotlari
10 kungacha
YOg‘ni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan
mahsulotlar
15 kungacha
O‘lchash vositalari
5-30 kungacha
Mahsulot
sifat
va
havfsizlik
talablariga
muvofiq
bo‘lmagan holda,
sertifikatlashtirish idorasi nomuvofiq-ligi haqida rasmiy ravishda xulosa beradi.
Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumot-larning haqqoniyligi to‘g‘risida
javobgarlik, muddatlarni o‘zaytirish va sertifikatlashtirish qoidalarini buzilishiga
sertifikatlashtirish idorasi javobgardir.
Respublikaga olib kelinayotgan maxsulot bojxona nazorati ostida sertifikatlashtirish
uchun bojxona idorasi, sertifikatlashtirish idorasi vakillari bilan mahsulot egasining yoki
uning vakili ishtirokida namuna olinadi. SHunga asosan sertifikatlashtirish idorasining
vakili tomonidan “O‘ztandart” agentliti tasdiqlagan shaklda namuna olinganligi haqida 3
nusxada dalolatnoma tuzadi, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga taqdim etiladi.
Mustaqil hamdustlik davlatlarining (keyinchalik MHD) o‘zaro
kelishuviga
muvofiq, MHD davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarga beriladigan muvofiqlik
sertifikati A4 formatda rus tilida to‘lg‘aziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: