7-ma’ruza: qurilishda pardozlash ishlari



Download 0,6 Mb.
bet7/7
Sana30.03.2022
Hajmi0,6 Mb.
#518854
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-ma'ruza (1)

Po‘kakli gulqog‘ozlar. Po‘kakli gulqog‘ozlarning ikki turi ishlab chiqariladi: qog‘oz asosli va asossiz. Asossiz po‘kakli gulqog‘ozlar 2 mm qalinlikka ega bo‘lib, ularni tayyorlashda presslangan po‘kakka manzarali qo‘shilmalar qo‘shiladi.







7.4-rasm. Po‘kakli gulqog‘ozlar.

Qog‘oz asosi bor po‘kakli gulqog‘ozlar – asosga yupqa (0,5 mm qalinlikdagi) po‘kak shponini yopishtirib tayyorlanadi. Bunday gulqog‘ozlar 5500x760 mm (8000x500 mm) o‘lchamli o‘ramlarda tayyorlanadi. Po‘kakli gulqog‘ozlar yuqori manzarali xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ularni boshqa og‘ir gulqog‘ozlapr kabi maxsus elimlarda yopishtiriladi (7.4-rasm).


Emulsiyalar bo‘yoqchilik ishlarini bajarishda bog‘lovchi bo‘yovchi tarkiblar sifatida keng tarqalgan. Moyli emulsiyalar alifdan, ohak sutidan va hayvon elimi eritmasi yoki boshqalardan emulsatorlarda tayyorlanadi. Emulsiyani ish konsistensiyasigacha bevosita ishlatishdan oldin zritib ko‘rish tavsiya qilinadi. Emulsion bo‘yovchi tarkiblardan foydalanish tabiiy aliflarni tejashga imkon beradi.
Bo‘yovchi tarkiblar. Moy buyoqlar alifni pigmentlar bilan bo‘yoq, qorish mashinasida sinchiklab qorish yo‘li bilan tayyorlanadi. Bunda qorilgan bo‘yoq deb ataladigan quyuq pasta hosil bo‘ladi. Ishlatishdan oldin u alif yoki emulsion suyultirgichlar bilan eritib qoriladi. Bundan tashqari moy bo‘yoqlar suyuq qorilgan ishlatishga tayyor ko‘rinishda chiqariladi.
Bo‘yoqchilik ishlari uchun mo‘ljallangan moy bo‘yoqlar quyqalarsiz bir jinsli bo‘lishi, normal konsistensiyani saqlab qolishi, rangi bo‘yicha etalonga mos bo‘lishi kerak. Bundan tashqari bo‘yoqlar yorug‘likka va atmosferaga chidamlilikka ega bo‘lishi, tekis, silliq va mustahkam parda hosil qilishi kerak.
Moy bo‘yoqlar bog‘lovchining sifatiga va foydalanilgan pigment turiga qarab u yoki bu yuzalarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinli surik, qo‘rg‘oshinli belilalar va boshqa turg‘un mineral pigmentlar qo‘llab tabiiy alif asosida tayyorlangan bo‘yoqlar yog‘in-sochinga juda chidamli va puxta bo‘ladi. Bu buyoqlar po‘lat konstruksiyalarni zanglashdan, yog‘och elementlarni namlanishdan himoyalash uchun xizmat qiladilar. Sun’iy aliflar asosida tayyorlangan bo‘yoqlar deyarli arzon, lekin uncha pishiq bo‘lmaydi, shu sababli ulardan asosan binolar ichki qismlarining yuzasini (bundan pollar mustasnodir) bo‘yash uchun foydalaniladi.
Laklar tabiiy yoki sun’iy smolalarning bug‘lanuvchi eritgichlardagi eritmasidan iborat. Biron yuzaga lakning yupqa qatlami yuritilganda eritgich bug‘lanadi va rangsiz, yaltiroq yoki yaltiramaydigan mustahkam parda hosil qiladi.
Parda hosil qiluvchi moddaning turiga qarab laklar moysmolali, moysiz sintetik, bitum, spirt laklari va nirolaklarga bo‘linadi.
Moy-smola laklar – sintetik smolalarning quriydigan moylar bilan aralashtirilgan organik eritgichlardagi eritmasi. Ular ichki tashqi konstruksiyalarning moy bo‘yoqlari, yog‘och va metallni qoplash, emallarni suyultirish va shpaklevkalarni tayyorlash uchun ishlatiladi.
Moysiz sintetik laklar mochevino-formaldegid smolalar asosida tayyorlanadi. Ular parket pollar, yog‘och-payraxali plitalar va duradgorchilik buyumlarini qoplash uchun mo‘ljallangan. Perxlor­vinil laklar qurilish konstruksiyalarini atmosfera faktorlari ta’siridan himoyalash uchun xizmat qiladi.
Bitum yoki asfalt laklari qora rangli suvga chidamli pardalar hosil qiladi. Ular kanalizatsion cho‘yan trubalar, sanitariya-texnika asbob-uskunalarining metall detallari va shunga o‘xshashlarni korroziyaga qarshi qoplash uchun qo‘llaniladi.
Nitrolaklar – nitrotsellyulozaning organik eritgichlarda plastifikatorlar sifatida turli smolalar qo‘shilgan eritmalari. Nitrolaklar tez qotadi va yaltiroq parda hosil qiladi. Ular yog‘ochdan qilingan bo‘yalgan va bo‘yalmagan buyumlarni laklash uchun ishlatiladi.
Spirtli laklar va politura tabiiy va sun’iy smolalarning spirtli eritmasi hisoblanadi, ular turli rangda tayyorlanadi va yog‘och yuzalarni sayqallash hamda shisha va metall buyumlarni qoplash uchun ishlatiladi.
Sir bo‘yoqlar (emallar) quruq pigmentlarni alkidlar (gliftal, pentaftal) va boshqa laklar bilan birgalikda yanchish yo‘li bilan tayyorlanadi. Ular ishlatish uchun tayyor qilib chiqariladi va bo‘yaladigan yuzaga cho‘tkalar, valiklar bilan yoki purkash usulida surtiladi. Turli materiallardan tayyorlangan buyumlar yuzasiga yupqa qatlam qilib surtilgan sir bo‘yoqlar tez quriydi va suv, yorug‘lik va zanglashga qarshi yuqori chidamlilikka ega bo‘ladilar.
Gliftal sir buyoqlarning suvga chidamliligi cheklangan, shuning uchun ulardan metall, yog‘och, beton va suvoqni qoplab xona ichini pardozlash uchun foydalaniladi. Foydalanish rejimi nam xonalarda ular tavsiya qilinmaydi.
Pentaftal sir bo‘yoqlar tashqi metall, yog‘och, beton va suvoqni yuqori sifatli qilib bo‘yash, shuningdek sanitariya-texnika uzellari va oshxonalarni bo‘yash uchun ishltiladi.
Alkid-stirol sir buyoqlarshng suvga chidamliligi yaxshi, qattiq va yaltiroq, lekin yog‘in-sochinga chidamliligi etarli emas. Ular eshik va deraza bloklarini, radiatorlar, trubalar hamda ishlab chiqarish asbob-uskunalarini bo‘yash uchun ishlatiladi.
Nitroemal bo‘yoqlar – tez quriydigan buyoqlardir. Ular oldin nitrogruntlash tarkibi bilan qoplangan yog‘och va metall yuzalarga surtiladi.
Suv qo‘shib suyultiriladigan bo‘yoqlar mineral asosda, elim, suv-emulsion (lateks) va polimersement kabi turlarda chiqariladi.
Mineral asosda tayyorlangan bo‘yoqlar-ishqorga chidamli pigmentlar va mineral bog‘lovchi moddalarning turli qo‘shimchalar qo‘shilgan, bo‘yoqchilik konsistensiyasi holatigacha suv bilan suyultirilgan aralashmalari. Bog‘lovchining turiga qarab bu bo‘yoqlar sement, ohak va silikat bo‘yoqlarga bo‘linadi.
Sement bo‘yoqlar – zavodda tayyorlangan bunday bo‘yoqlar bevosita ishlatishdan oldin suvda qoriladi. Ular yuqori darajada chidamliligi va yog‘in-sochinga chidamliligi bilan xarakterlanadilar. Bu bo‘yoqlar tosh, g‘isht, beton, suvoq va boshqa g‘ovak materiallarning tashqi qismini, shuningdek namligi yuqori ichki xonalarni bo‘yash uchun xizmat qiladilar.
Ohak bo‘yoqlar buyoqchilik ishlari bajariladigan joyda tayyorlanadi. Buning uchun ohak sutiga ishqorga chidamli mineral pigmentlar va oz miqdorda qo‘shimchalar – osh tuzi yoki xlorli kalsiy qo‘shiladi. Ohak bo‘yoq qoplamalari ohakni karbonizatsiyalanishi tufayli mustahkam bo‘ladi. Ohak bo‘yoqlar bilan asosan fasadlar hamda devor va shiplarning suvoqlangan yuzalari qoplanadi.
Silikat bo‘yoqlar ishqorga chidamli pigmentlarning maydalangan bur bilan quruq aralashmasidan iborat bo‘lib, ishlatishdan oldin kaliyli suyuq shisha eritmasida qoriladi. Ulardan binolarning fasadlarini, ichki xonalarning g‘isht va suvoqlangan yuzalarini bo‘yash uchun foydalaniladi.
Elim bo‘yoqlar pigmentlar va maydalangan bo‘r aralashmasidan iborat. Ular hayvon yoki o‘simlik elimining suvdagi eritmasida qoriladi. Bu bo‘yoqlar suvga chidamli emas, shu tufayli ular fakat ichki quruq xonalarning suvoqlangan devorlarini bo‘yash uchun ishlatiladi.
Kazein bo‘yoqlar qurilishga ishqorga chidamli pigment, kazein, bo‘r, ohak va buraning quruq aralashmasi ko‘rinishida keltiriladi. Ishlatishdan oldin aralashma qaynoq suvda eritib qoriladi. Bu bo‘yoqlar bilan binolarning suvalgan ichki va tashqi hamda beton yuzalari bo‘yaladi.
Suv-emulsion buyoqlar (lateksli) – turli polimerlarning (polivinilatsetat, stirolbutadien va boshqalar) pigmentlashtirilgan suvli emulsiyasi. Ularga qurilishga pastasimon ko‘rinishda keltiriladi, ishlatishdan oldin ular bo‘yoqchilik konsistensiyasigacha suvda eritib qoriladi. Bo‘yoqlar emulsiyaning parchalanishi va bug‘langanda hamda uni g‘ovak yuza so‘rib olganda suvni chiqib ketishi natijasida quriydi.
Hozirgi vaqtda buyoqchilik ishlarini bajarishda polivinilatsetat, stirol butadien va akrilat-suv-emulsion bo‘yoqlar keng ishlatiladi. Bu bo‘yoqlar oldindan tayyorlangan yuzalarga valik yoki bo‘yoq-purkagich vositasida yuritiladi. Ular tez qurib mustahkam suvga va atmosferaga chidamli qoplamlar hosil qiladi. Ulardan tashqi va ichki beton, g‘isht, suvok, yog‘och va metallni bo‘yash uchun foydalaniladi.
Polimersement bo‘yoqlar – oq portlandsement, ishqorga chidamli pigmentlar va to‘ldirgichlar aralashmasi bo‘lib, u talab etilgan konsistensiyagacha konsentratsiyasi yuqori bo‘lmagan polivinilatsetat yoki perxlorvinil emulsiyada eritib qoriladi. Bu bo‘yoqlar binolarning ichi va tashqarisini istalgan asos, xatto nam asos bo‘yicha bo‘yash uchun ishlatiladi. Ular gidrofobliligi bilan farqlanadigan yaltiramaydigan yuzali havo va 6yg‘ o‘tadigan qoplam hosil qiladilar.
Uchuvchan smolali bo‘yoqlar – pigmentlarning laklardagi (uchuvchan smolali tarkiblardagi) suspenziyasidir. Bu bo‘yoqlar odatda emallar deb ataladi. Uchuvchi eritgichni bug‘lanishi natijasida bo‘yoq pardasi tez quriydi va mustahkam, suvga chidamli, havo hamda bug‘ o‘tkazmaydigan qoplam hosil qiladi, qoplam suvoq, beton, g‘isht va yog‘och bilan yaxshi tishlashadi. Qurilishda perxlorvinil, efirotsellyuloza va boshqa uchuvchi smolali bo‘yoqlardan foydalaniladi.
Perxlorvinil bo‘yoqlar qurilishga tayyor holda etkazib beriladi va bo‘yaladigan yuzaga bo‘yoq, purkagich yoki valik vositasida surtiladi. Bu bo‘yoqlar yuqori darajada suvga chidamliligi hamda kimyoviy chidamliligi bilan farqlanadilar. Perxlorvinil bo‘yoqlar bino fasadlarini bo‘yash uchun keng ko‘lamda ishlatiladi. Buyoqlarni quyosh nuridan himoyalangan xonalarda, zich qilib yopilgan tarada saqlash lozim.
Efirotsellyulozali bo‘yoqlar nitrogriftal, nitrotsellyuloza va etilotsellyulozali bo‘yoqlarga bo‘linadi. Ulardan yog‘in-sochin omillari ta’siri ostida bo‘lgan tashqi yog‘och va metall yuzalarni bo‘yash uchun foydalaniladi (7.5-rasm).









Bo‘yoq “Djoker”

Bo‘yoq “Surik jelezniy”

Bo‘yoq “Tikkurila – Garmoniya VDA”







Birlamchi qatlam uchun bo‘yoq “Grunt AK-027”

Pol emali“PF-266”

Bo‘yoq “Tikkurila Remontti – Assa VDA”







Bo‘yoq “AK-124”

Birlamchi qatlam uchun bo‘yoq “Grunt GF-021”

Birlamchi qatlam uchun bo‘yoq







Bo‘yoq “Dispersiya PVA”

Interer uchun bo‘yoq “Akvabel”

VD-VA bo‘yoq “Akvabel”









Suv-dispers bo‘yoq

Beton pollar uchun bo‘yoq

Fasad uchun bo‘yoq “Akvabel”









Lak “Tikkurila Kiva”

Qurilish elimi

Lak “NS-243”








Lak “NS-218”

Bo‘yoq “MA-15”






7.5-rasm. Lak-buyoq ashyolari.
Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish