7-ma’ruza: qurilishda pardozlash ishlari


Qog‘oz asosli gulqog‘ozlar



Download 0,6 Mb.
bet5/7
Sana30.03.2022
Hajmi0,6 Mb.
#518854
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-ma'ruza (1)

Qog‘oz asosli gulqog‘ozlar. Qog‘ozli gulqog‘ozlar eng keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladigan gulqog‘oz turi hisoblanadi. Bu ularning narxi uncha qimmat emasligi va qo‘llanilishining oddiyligi bilan tavsiflanadi. Qog‘ozli gulqog‘ozlar ekologik toza, devorlarga “nafas olish” imkonini beradi. Bunday gulqog‘ozlarni xona havosining namligi va ifloslanganligi past bo‘lgan har qanday xonalarda qo‘llash mumkin.
Qog‘ozli gulqog‘ozlarning foydalanish hususiyatlarini qo‘shimcha oshirish maqsadida ba’zi gulqog‘oz turlariga maxsus tarkiblar bilan ishlov beriladi, bu uning namga va edirilishga bo‘lgan chidamliligini oshirib qo‘llanish joylarini kengaytiradi.
Qog‘ozli gulqog‘ozlar yuzasi silliq qilib, turli struktura va relef rasmli, bir yoki ko‘p qatlamli holda ishlab chiqariladi. Bir
Qatlamli gulqog‘ozlarni “simpleks” (lotincha simplex – oddiy), ikki qatlamlilisini – “dupleks” (lotincha duplex – ikki qatlamli) deb aytiladi (7.2-rasm).











7.2-rasm. Qog‘oz asosli gulqog‘oz namunalari.


Vinil gulqog‘ozlar. Vinil gulqog‘ozlarda suvoqdan boshlab, to‘qima matolar rasm hosil qilish imkonini beradi. Bu gulqog‘ozlar guruhiga mansub barcha gulqog‘ozlar namga chidamli. Bu yuviladigan, mustahkam va uzoq muddat hizmat qiladigan qoplamalardir. Shu hususiyatlarini hisobga olib, vinilli gulqog‘ozlarni yuvish vositalari bilan olib, vinilli gulqog‘ozlarni tez-tez namli tozalashni talab qiladigan xonalarda (oshxona, vannaxona va b.) qo‘llash mumkin.
Lekin, barcha sintetik materiallar kabi vinilli gulqog‘ozlar havo o‘tkazmaydi. Vinil gulqog‘ozlar qog‘ozli “dupleks” kabi ikki qatlamli bo‘ladi. Qog‘ozli yoki flizelinli – ostki qatlam yupqa polivinilxloridli (PVX) qoplama bilan qoplanadi, so‘ngra yuzaga rasm solinadi yoki “tisnenie” qilinadi. PVX qatlami gulqog‘ozni namdan, nurdan va turli mexanik ta’msirlardan himoya qiladi. Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan, odatda, bunday gulqog‘ozlarga maxsus tarkiblar bilan ishlov berilgan bo‘lib, gulqog‘oz ostida, devor yuzasida mog‘or va zamburug‘lar hosil bo‘lishining oldini oladi.
Vinilli gulqog‘ozlarni bir necha guruhlarga ajratish mumkin: yorqin ajralib turuvchi fakturali (ko‘piklantirilgan vinil), tekis yuzali (bunday gulqog‘ozlarni kompakt-vinil yoki yassi vinilli gulqog‘oz deb ataladi) va juda zich gulqog‘ozlar.
Yassi vinil gulqog‘ozlar turkumiga “shoyi yanglig‘” deb nomlanadigan gulqog‘ozlar ham kiradi.
Vinilli qoplamalar guruhiga ko‘piklantirilgan vinilli bo‘yaladigan gulqog‘ozlar kiradi.
Ko‘piklantirilgan vinilli gulqog‘oz – etarli darajadagi qalin gulqog‘ozdir, tashqi yuzasi yaqqol tasvirga ega rel’eflidir. Bunday gulqog‘ozlar ustki qoplamga sachratib hosil qilingan yaltiroqlik,turli faktura va ranglarga ega bo‘lishi mumkin. Ko‘piklantirilgan vinilga qo‘shimcha ravishda tekis yoki rasmli gul bosish mumkin.Bu usulda yaratilgan gulqog‘ozlarni yassi vinilli gulqog‘ozlar deb ataladi.
“Shoyi yanglig‘” – dizaynining turliligi va yaltiroqlik darajasi bilan keng tarqalgan gulqog‘ozdir. Bunday gulqog‘ozlar vinillangan qog‘oz asosda ishlab chiqarilib, murakkab usulda bo‘yaladi, so‘ngra qizdirilib gul bosiladi. Gulqog‘ozlar fakturasi bo‘yicha yupqa tayyorlanib, tekislangan vinil shoyi ko‘rinishini beradi.
“Shoyi yanglig‘” gulqog‘ozlarda vinil qatlamini turli qalinlikda tayyorlab, turli ko‘rinishdagi rasmlar tushirish mumkin.
Zamonaviy vinilli gulqog‘ozlarning qattiq vinilli gulqog‘oz deb nomlanuvchi turi ham ishlab chiqariladi. Bunday gulqog‘ozlarni tayyorlash uchun bug‘latilgan, ya’ni termik ishlov berilgan vinildan foydalaniladi. Termik ishlov berish natijasida uning tarkibidan turli zarali moddalr (masalan, farmaldegid smolasi) chiqariladi. SHu sababdan bunday gulqog‘ozlar ochiq havoda inert hisoblanib, allergik reaksiyalar keltirib chiqarmaydi.
Qattiq vinilli gulqog‘ozlar rasmlarida hech bir hatoliksiz har qanday yuzani aynan o‘xshatish mumkin (bo‘yoq, to‘qima mato, suvoq va h. k.). Bunday gulqog‘ozlar cho‘zilmaydi, elimdan shishmaydi, ularni yuvish vositalari yordamida ham yuvsa bo‘ladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish