Bog‘lovchi moddalar. Bog‘lovchilar deb, pigmentlar bilan bo‘yovchi tarkiblar hosil qiluvchi va qurigandan keyin bo‘yalgan yuzada manzarali yoki antikorrozion xossaga ega bo‘lgan yupqa parda hosil qiladigan moddalarga aytiladi. Bo‘yovchi tarkiblarni tayyorlash uchun foydalaniladigan bog‘lovchilar shartli ravishda quyidagi asosiy gruppalarga moyli tarkiblar uchun, suvli tarkiblar uchun hamda emulsiyalarga bo‘lishi mumkin. Bo‘yovchi tarkiblarning asosiy xossalari (surtish qulayligi, mustahkamliligi va chidamliligi) ma’lum darajada bog‘lovchi turiga va uning tarkibidagi nisbiy miqdoriga bog‘liq. Moyli tarkiblar uchun borlovchi bo‘lib quriydigan o‘simlik va mineral moylar, sintetik smolalar hamda moy laklari xizmat qiladi. Bog‘lovchining turiga karab bo‘yovchi tarkiblar pardasi o‘simlik moylarining oksidlanishi, bug‘lanib ketadigan eritgichlarning bug‘lanishi yoki sintetik smolalarni polimerizatsiyalanishi hisobiga quriydi. Bu bog‘lovchilar pardasini to‘la qurish vaqti 24 soatdan oshmasligi kerak.
Alif – moyli suyuqlikdan iborat bo‘lib, u yuzaga surtilgandan keyin qurib mustahkam elastik parda hosil qiladi. Sanoat tabiiy, yarim tabiiy va sun’iy aliflar chiqaradi.
Tabiiy aliflar o‘simlik moylarini (zig‘ir, nasha o‘simligi va boshqalarni) 200 °S ga yaqin temperaturada sikkativlar (alifning qurishini tezlashishiga yordam beradigan oksidlovchilar) kiritib qaynatish yo‘li bilan olinadi. Tabiiy aliflar mustahkam va ko‘pga chidaydigan pardalar yaratadilar, ular metall konstruksiyalar, eshik polotnolari, deraza reshetkalari, taxta pollar va boshqalarni bo‘yash uchun foydalaniladigan yuqori sifatli bo‘yovchi tarkiblar yaratish uchun ishlatiladi. Lekin qimmat o‘simlik moylarining tejashni hisobga olib, ularni qurilishda ishlatilishi cheklangan.
Yarim tabiiy aliflar (zichlangan) ning taxminan yarmi zichlangan (qizdirib quyiltirilgan) o‘simlik moylaridan va yarmi o‘simlik moylariga nisbatan arzon baho bo‘lgan bug‘lanadigan organik eritgichlardan (uayt spirtdan yoki solventnaftlardan) iborat. Yarim tabiiy aliflarning quyidagi turlari chiqariladi: alif, oksol, oksol-aralashma, polimerizatsiyalangan alif va boshqalar. Yarim tabiiy aliflar qurigandan keyin hosil bo‘lgan pardalar tabiiy alif pardalaridan yupqaroqligi, ancha kuchli yaltirashi va yuqori darajada qattiqligi, lekin chidamliligining biroz kamligi bilan farqlanadi.
Yarim tabiiy aliflar moyli bo‘yoqlarni talab etilgan konsistensiyagacha suyultirish uchun qurilishda keng tarqalgan. Olingan bo‘yovchi tarkiblardan metallarni, Yog‘ochni va suvoqni tashqi va ichki bo‘yash uchun foydalaniladi.
Sun’iy aliflar o‘simlik moylari qo‘shilmasdan (slanetsli alif) yoki ulardan 35 % gacha miqdorda qo‘shib (gliftalli alif) neft mahsulotlaridan tayyorlanadi. Bu aliflarning rangi qoramtir bo‘ladi va yog’in-sochin hamda namga chidamliligi nisbatan past. Ulardan ichki metallar, yog‘och va suvoqni bo‘yash uchun bo‘yovchi tarkiblar tayyorlanadi.
Moyli laklar tabiiy yoki sun’iy smolalarni tarkibida sikkativlar va eritgichlar bo‘ladigan quriydigan o‘simlik moylarida eritib olinadi. Smola qoplam pardasi yaltiroq va qattiq qiladi, sikkativlar tez qurishni ta’minlaydi eritgichlar esa zarur bo‘lgan bo‘yoqchilik konsistensiyani ta’minlaydi. Moyli laklar yog‘in-sochin ta’sirlariga yuqori chidamliligi bilan xarakterlanadigan sir bo‘yoq. larini tayyorlash uchun bog‘lovchi sifatida ishlatiladi.
Suvli bo‘yovchi tarkiblar uchun bog‘lovchilar o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra mineral, hayvon va o‘simliklardan olinadigan sun’iy va sintetik bo‘lishi mumkin. Ba’zi mineral bog‘lovchilardan tashqari bu bog‘lovchilar ular bilan bo‘yalgan yuzada bo‘yovchi tarkibdan suvni bug‘lanishi hisobiga parda hosil qiladilar.
Suvli bo‘yovchi tarkiblarni tayyorlash uchun quyidagi mineral bog‘lovchilardan foydalaniladi: portlandsement, ohak va suyuq kaliy shishasi, bog‘lovchi sifatida ishlatiladigan portlandsement tarkibida guvalachalar bo‘lmasligi kerak. Ko‘pchilik hollarda oq portlandsementdan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Suvli bo‘yovchi tarkiblarda qurilish ohagi bir yo‘la oq pigment va bog‘lovchi hisoblanadi. Lekin tarkiblarga yaqindagina so‘ndirilgan yuqori aktiv ohak kiritiladi. Natriyli yoki kaliyli suyuq shisha silikatli bo‘yovchi tarkiblarda bog‘lovchi bo‘lib xizmat qiladi. Bu bo‘yoqlar bilan binolarning old tomonlari va ichki xonalarning yuzalari bo‘yaladi.