7-ma’ruza: qurilishda pardozlash ishlari



Download 0,6 Mb.
bet2/7
Sana30.03.2022
Hajmi0,6 Mb.
#518854
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-ma'ruza (1)

Lak-bo‘yoq ashyolar

Lak-bo‘yoq materiallar deb qurilish buyumlari yoki konstruksiyaqlarning yuzasiga suyuq, holatda yupqa qatlam qilib surtiladigan hamda qurigandan keyin qoplab turadigan qattiq parda hosil qiladigan tarkiblarga aytiladi. Bu pardalar bo‘yaladigan yuzalar bilan puxta tishlashishi, konstruksiyaning asosiy materialini agressiv muxit ta’siridan himoyalashi, bo‘yaladigan yuzalarga tashqi dekorativ ko‘rinish berishi, shuningdek xonalarda sanitariya-gigiena sharoitlarini yaxshilashi kerak. Lak-bo‘yoq, materiallar bo‘yoqlarga, laklarga va yordamchi materiallarga bo‘linadi. Ularning asosiy komponentlari pigmentlar, to‘ldirgichlar va bog‘lovchi moddalar hisoblanadi.


Pigmentlar va to‘ldirgichlar


Pigmentlar va to‘ldirgichlar bo‘yovchi tarkiblarga ma’lum rang, noshaffoflik berish, mexanik xossalarini yaxshilash hamda ekspluatatsiya qilishda chidamliligini oshirish uchun mo‘ljallangan.


Pigmentlar – mayda tuyulgan, suvda, organik eritgichlarda va bog‘lovchi materiallarda erimaydigan, lekin ular bilan yaxshi aralashib bo‘yovchi tarkiblar hosil qiladigan rangli kukunlar. Pigmentlar mineral va organiq pigmentlarga bo‘linadi; mineral pigment o‘z navbatida tabiiy va sun’iy pigmentlarga bo‘linadi.
Istalgan rangli pigment ma’lum xossalarga ega bo‘lishi kerak. Masalan, u yaxshi yopuvchanlik va bo‘yash xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. Yopuvchanlik bo‘yovchi tarkibda pigment sarfi (grammlarda) bilan xarakterlanadi, u 1 m2 yuza rangini qoplashi kerak. Bo‘yash xususiyati pigmentning oq pigment bilan aralashmasida o‘zining rangli tusini berish uchun zarur bo‘lgan minimal miqdor bilan aniqlanadi. Pigmentni mayda tuyilishi yopuvchanligiga ham, bo‘yash xususiyatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi: pigmentning tuyilish maydaligi ortgan sayin uning yopuvchanligi va bo‘yash xususiyati ortadi.
Pigmentlar ma’lum moy sig‘imiga ega bo‘lishlari kerak. U talab etilgan konsistensiyali bo‘yovchi pasta olish uchun 100 g pigmentga qo‘shish lozim bo‘lgan bog‘lovchi miqdori bilan xarakterlanadi. Pigmentning moy sig‘imi qancha oz bo‘lsa, bo‘yash shunchalik tejamli va chidamli bo‘ladi.
Yoruglik va atmosferada turg‘unliligi va kimyoviy chidamliligi pigmentning muhim xossalari hisoblanadi. Bu xossalar pigmentlarni turli sharoitlarda ishlatish mumkinligini belgilaydi. Bundan tashqari ko‘pchilik pigmentlardan ma’lum darajada korroziyaga chidamlilik, ya’ni bog‘lash xossasi bilan birgalikda metallni korroziyadan himoyalash xususiyati talab etiladi.
Tabiiy mineral pigmentlar rangli tog‘ jinslarini tuyish yo‘li bilan olinadi, Eng ko‘p tarqalgan tabiiy oq pigment – bo‘r. Sarik, pigmentlarga oxra (ozgina miqdorda temir oksidi bor loy) kiradi. Qizil pigmentlar ichida temirli surik (tarkibida temir oksidi 75 % dan ortiq ruda) va rangi och qizildan to jigar ranggacha bo‘lgan (rudadagi temir oksidining miqdoriga qarab) mumiyoni nomlarini aytib o‘tish lozim. Umbra – temir oksidi va marganets bilan bo‘yalgan loy, jigar rang pigment hisoblanadi. Grafit va marganets rudasi tabiiy qora pigmentlarga kiradi.
Tabiiy mineral pigmentlarning ranglar gammasi cheklangan bo‘ladi, lekin yorug‘likka, ishqorga va atmosferaga chidamliligi, topish osonligi hamda arzonligi tufayli binolarning tashqarisini ham, ichkarisini ham pardozlashda ishlatiladigan turli bo‘yoq, tarkiblarida keng ko‘lamda qo‘llaniladi.
Sun’iy mineral pigmentlar mineral xom ashyoni kimyoviy usulda qayta ishlash yo‘li bilan olinadi. Oq pigmentlar ichida ruxli, litoponli va titanli belila keng tarqalgan. Sariq pigmentlarga ruxli va qo‘rgoshinli kron (qo‘rgoshinli kron limon-sariqdan to‘q sariqgacha bo‘lgan ranglarning nozik turlariga ega), qizil pigmentlarga qo‘rgoshinli suriq, ko‘k pigmentlarga ultramarin va bo‘yoqchilik lazuri, yashil pigmentlarga xrom oksidi va qo‘rgoshin ko‘k bo‘yog‘i kiradi. Gaz qurumi qora pigment hisoblanadi. U yuqori yopuvchanligi va kislotalar hamda ishqorlar ta’siriga chidamliligi bilan xarakterlanadi.
Sun’iy mineral pigmentlar etarli darajada to‘la ranglar gammasiga ega, ular binolarning tashqi va ichki pardozlari uchun foydalaniladigan turli-tuman bo‘yovchi tarkiblarni tayyorlash uchun ishlatiladi.
Alyuminiy (kumushsimon) va bronza (oltinsimon) upalar ko‘rinishidagi metall kukunlar metall konstruksiyalarni bo‘yash uchun va dekorativ bo‘yash uchun ishlatiladi.
Sun’iy organik pigmentlar anilin organik bo‘yoqlarini qandaydir oq to‘ldirgichda (kaolin, shpat yoki talkda) cho‘ktirib olingan rangli kukundan iborat. Ular yuqori bo‘yash xususiyatiga ega, lekin yorurlikka chidamliligi past bo‘lgani uchun ulardan asosan xonalarning ichini bo‘yash uchun foydalaniladi.
To‘ldirgichlar ko‘pchilik hollarda oq rangga ega bo‘lgan hamda pigmentlarni tejash uchun va ularga alohida xossalar (masalan, yuqori mustahkamlik, kislotabardoshlik va olovbardoshlik va hokazo) berish uchun bo‘yoq. Tarkiblarga qo‘shiladigan erimaydigan mineral modda. Bo‘yovchi tarkiblar uchun to‘ldirgichlar sifatida kaolin, maydalangan talk, changsimon kvars, asbest changi, slyuda va boshqa maydalangan materiallar ishlatiladi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish