7-ma`ruza. Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonasining mehnat resurslari.
REJA:
Korxona kadrlarining potentsiali va uni bozor munosabatlari sharoitlaridagi roli.
Korxona faoliyati samaradorligini oshishida insoniy faktor (omil)ta`siri.
Xodimlar tanlovi va o`sishning kriteriylari.
Korxona kadrlarining potentsiali va uni bozor munosabatlari sharoitlaridagi roli.
Zamonaviy korxonalar faoliyaida mehnat qurollari va mehnat predmetlaridan tashqari kadrlar ham katta ahamiyatga ega. Kadrlar ishlab chiqarish jarayonini tashkil etuvchi uch asosiy omilning asosiysi hisoblanadi. Salohiyat (potentsial) tushunchasi lotin tilidan olingan bo`lib, imkoniyat, kuch-quvvat ma`nosini anglatadi.
Kadrlar salohiyati – mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi, ma`lumoti, kasbiy ko`nikmalari, korxonaning u yoki bu bo`g`inlarida va jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari yoki imkoniyatlarini ifodalaydi.
Kadrlar korxonada mehnat bilan band bo`lgan hamda korxona shaxsiy tarkibiga kiruvchi turli kasbiy-malakaviy guruhlaridagi hodimlar majmuasidir. Korxonaning mehnat resurslari uning ish kuchini tavsiflaydi. Ish kuchi – insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy qobilyatlari hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat qobilyati ish kuchini tovar holiga keltiradi. Uning boshqa tovarlardan farqi:
O`z qiymatidan ortiq bo`lgan qiymat yaratadi;
Uni jalb qilmasdan biron bir ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish mumkin emas;
Asosiy fondlar va aylanma mablag`lardan samarali foydalanish darajasi ish kuchiga bog`liq.
Ish kuchidan samarali foydalanishga quyidagi omillar ta`sir ko`rsatadi: hodimlarning moddiy manfaatdorligi, atrof-muhit, aqliy, jismoniy va asablar kuchlanishi, boshqarish usullari va h.k.
Korxona xodimlarining ro`yxat bo`yicha tarkibi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
Sanoat ishlab chiqarish personali (SICHP) – asosiy va yordamchi sehlar, zavod boshqaruvi, laboratoriya, ilmiy-tadqiqot va tajriba loyihalashtirish bo`limlari, hisoblash markazi xodimlari;
Noishlab chiqarish personali – uy joy, kommunal va yordamchi xo`jaliklarda, sog`liqni saqlash, profilaktika va ta`lim muassasalarida faoliyat yurituvchi hodimlar;
Rahbarlar – direktor, direktor o`rinbosarlari, bosh mutaxassislar, bo`lim boshliqlari, ya`ni muhandis-tehnik personal (MTP);
Xizmatchilar –hujjatlarni tayyorlash, hisob-kitob va nazorat qilish, xo`jalik xizmati xodimlari (agentlar, g`aznachilar, ish yurituvchilar, kotiblar, statistlar).
Korxona sanoat ishlab chiqarish personalining asosiy va ko`p sonli qismini ishchilar tashkil qilib, ular mahsulot ishlab chiqarish, ta`mirlash va uskunalarga xizmat ko`rsatishda qatnashadilar, mehnat predmetlarini tashish va mahsulot tayyorlashni amalga oshiradilar, qurish-ta`mirlash ishlarini bajaradilar.
Kadrlarning korxonada harakatlanishini tavsiflash uchun quyidagi ko`rsatkichlar hisoblanadi va tahlil qilinadi:
Ishchilarning ishga qabul qilish bo`yicha aylanish koeffitsenti ( Krr)
Krr = (1)
Ishdan ketish bo`yicha aylanish koeffitsenti ( K i k)
Kik = (2)
Kadrlar oqimi koeffitsenti ( K k o )
Kk o = (3)
Korxona personali tarkibining doimiylik koeffitsenti ( K p d t )
K p d t= (4)
Bozor munosabatlari sharoitida korxonaning kadrlar siyosati.
Korxona ishlab chiqarish faoliyatining joriy va istiqboldagi strategiyasi kadrlar siyosati bilan chambarchas bog`liq bo`lib, u quyidagilarni o`z ichiga oladi:
Ish kuchini yollash, joylashtirish, rejalashtirish;
Hodimlarni o`qitish, tayyorlash va malakasini os`irish;
Kadrlarni hizmat lavozimlarini bo`yicha yuqori pog`onaga ko`tarish;
Yollash shartlarri, mehnat va unga haq to`lash sharoitlari;
Mehnat jamoasida qulay ruhiy muhitni yaratish;
Kadrlar siyosati birinchi o`rinda insonni ishlab chiqarish va turmushdagi yangi axloqini shakllantirish, ikkinchidan, novatorlik va yuqori mehnat unumdorligiga manfaatdorligini rivojlantirilishi lozim.
Korxonaning kadrlar siyosati amaliyotda faqat ichki vazifa va muammolarni hal qilishdan tashqari, bandlik sohasida davlat siyosatiga tayanadi va quyidagilarni ko`zda tutadi:
Fuqarolarning mehnat huquqi va va kasb tanlash erkinliklari amalga oshirishda bir xil imkoniyatlarga ega bo`lishini ta`minlash;
Fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish qobilyatlarini rivojlantirishga bandlik sohasidagi faoliyatini iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatining boshqa yo`nalishlari bilan uyg`unlashtirish orqali ko`maklashish;
Mehnat faoliyati davrida va nafaqaga chiqqandan so`ng ham xodimlarining ijtimoiy muhofazasini ta`inlash;
Aholi bandligi muammolrini yechishda, qo`shma korxonalar tuzish va ishlab chiqarish bilan bog`liq loyihalarni amalga oshirish yo`li bilan xalqaro yuritish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |