VII B guruh elementlarining elektron tuzilishi
Mn z=25. Atom mas.=54,9380. KL=3s23p63d54s2
Te z=43. Atom mas. =[99]. KLM=4s24p64d55s2
Re z=75. Atom mas.=186,2. KLMN=5s25p65d66s2
Marganesning barqaror izotopi 5525Mn tabiiy marganesni 100% ini tashkil etadi.Reniyning barqaror izotopi 18575 Re tabiatdagi reniyni 36,07%ini tashkil etadi.Reniyning ikkinchi izotopi18775 Re garchi biro z radioaktiv bo’lsa ham tabiatdagi reniyni 62,93 % ini tashkil etadi.
Marganesning bir necha birikmalari uchraydi.Ular ichida eng muhimi pirolyuzit-MnO2 dir.
Olinishi.Metallurgiyada qora metallarga qo’shish uchun ferromarganes olinadi;ferromarganes marganesni temir bilan hosil qilgan qotishmais bo’lib, uning tarkibida ozgina uglerod bo’ladi.Marganesni tabiiy oksidi MnO2 ni uglerod ta’sirida qaytarib olinadi; MnO2+2C→Mn+2CO.
Marganes oksidlarini alyuminotermiya usulida alyuminiy ishtirokida qaytarib ham marganes olsa bo’ladi,ammo bu usulda olingan marganes u qadar toza bo’lmaydi,lekin tarkibida uglerod ham bo’lmaydi;3Mn3O4+8AI→9Mn+4AI2O3+2251,8kJ
Pirolyuzitdan Mn3O4 ni hosil qilish uchun uni avval cho’g’lantirish kerak.
3MnO2 →3Mn3O4+O2.Marganes qizg’ish tusli,og’ir metal,to’rtta Kristal modifikatsiyaga ega.112440C da suvda eriyd,21200C da qaynaydi.
Kimyoviy xossalari.Marganesni sirti oksid parda bilan qoplanganligi sababli ,oddiy holdagi marganes havoda oksidlanmaydi.Lekin kukun holdagi marganes havoda oksidlanadi. AI,Cu,surma kabi metallar marganes bilan ferromagnit birikmalarni hosil qiladi.
Marganes ammoniy xlorid qo’shilgan suvda yaxshi eriydi: Mn+2H2O+2NH4CI→MnCI2+2NH4OH+H2
Marganes oksidlovchilik xossasini namoyon qilmaydigan kislotalarda erisa , kislotaning tarkibidan vodorodni ajratib chiqaradi;Mn+2HCI→MnCI2+H2.
Konsentrlangan sulfat va nitrat kislotalar sovuqda marganesni passiv holatga o’tkazadi,qizdirilganda esa quyidagicha reaksiyaga kirishadi;
Mn+2H2SO4→MnSO4+SO2+2H2O
Mn+4HNO3→Mn(NO3)2+2NO2+2H2O
Marganes suyultirilgan nitrat kislota bilan esa quyidagicha reaksiyaga kirishadi; 3Mn+8HNO3→3Mn(NO3)2+2NO+4H2O
Marganesh yuqori haroratda metallmaslar bilan quyidagicha reaksiyaga kirishadi;Mn+CI2 →MnCI2
3Mn+N2 →Mn3N2.Marganes o’z birikmalarida +2, +3,+4,+5,+6,+7 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.
Reniy va texnitsey elementlari mavjudligini1871 yilda D.I.Mendeleyev oldindan aytib bergan.Reireniyni “Eka-marganes”,Te-texnitseyni esa “Dvi-marganes”deb atagan.
Texnitsey o’zining xossalari jihatdan reniyga o’xshaydi.Texnitsey o’z birikmalarida 2,4,6,7 valentli bo’ladi.Texnitseyning yeti valentli birikmalari masalan,Te2O7 batafsil o’rganilgan.Bu modda kuchli kislota xossasini namoyon qiladi.
Texnitsey “zar suvi”da va HNO3+H2O2 da eriydi.Texnitseyga kislorod oqimi yuborilsa u oksidlanib Te2O7 ga aylanadi.
Texnitsey quyidagi oksidlarni hosil qiladi;
TeO2-qora rangli,qattiq modda d=6,9g/sm3,∆H0=-431kJ/mol.
TeO3 uning uchun ∆H0=-539,7kJ/mol.
Te2O7-jigar rangli,qattiq modda ts=1990C,H0=-1113kJ/mol.
Reniy nihoyatda tarqoq element bo’lib,ko’pincha rudalar tarkibida uchraydi. Reniy uni oksidini 400-6000C da qaytarish usuli bilan olinadi.Re2O7+7H2→2Re+7H2O.
Toza holda reniy xuddi platinaga o’xshab, oq rangli modda bo’lib, d=20,9g/sm3, ts=31800C, tqayn=56700C.Reniy o’z birikmalarida 1,2,3,4,5,6,7 valentli bo’ladi.
Reniy quyidagi oksidlarni hosil qiladi;
1.ReO2-qora rangli qattiq modda ∆H0=-432,6kJ/mol.
2.ReO3-qizil va ko’k rangli qattiq modda.Ikki xil shakl o’zgarishga ega.
3.Re2O7-sariq rangli kristall modda ts=2200C
4.Re2O3*H2O-qora rangli qattiq modda
Re2O7-perrenat kislota HReO4 angidrididir.Bu kislota erkin holda mavjud emas,u faqat eritmada ma’lum.
5.Re2O8-reniy peroksidi.
ReO2 ishqor qo’shilsa,to’rt valentli reniyning tuziga aylanadi;
ReO2+NaOH→Na2ReO3+H2O
Reniy bir qator oksigalogenidlarni hosil qiladi;ReO2F3, ReO3CI, ReO3Br,ReOF, ReOCI4,ReOF2
Reniy elektrotexnikada,kimyoviy texnologiyada keng ko’lamda ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |