7-ma’ruza: ivb, vb,VI b



Download 29,46 Kb.
bet4/6
Sana22.04.2022
Hajmi29,46 Kb.
#573324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma'ruza

VI B guruh elementlarining olinishi

  1. Xromning olinishi. Xrom xromli temirtoshni qaytarish yo’li bilan ferroxrom olinadi; Fe(CrO2)2+4CO→Fe+2Cr+4CO.Ferroxrom xromning temirdagi qotishmasi bo’lib uning tarkibida 30-65%-Cr,4-6%C bo’ladi.

Erkin xrom hosil qilish uchun uning oksidini alyuminiy bilan qaytariladi. Cr2O3+2AI→2Cr+AI2O3+527,2kJ. Bu usulda olingan xrom toza bo’lmaydi, unga alyuminiy aralashgan bo’ladi. Shuning uchun Cr2O3 kremniy bilan qaytariladi; 2 Cr2O3 +3Si→3SiO2+4Cr Bu reaksiya qizdirilganida boradi. Bu reaksiya uchun zarur bo’lgan Cr2O3 temir xromitdan olinadi. Buning uchun avval xromit va soda aralashmasi havoda qizdiriladi; 4Fe(CrO2)2+8Na2CO3+O2→Na2CrO4+2Fe2O3+8CO2
Hosil bo’lgan aralashmani suvda eritib Na2CrO4 ertimaga o’tkaziladi.So’ngra bu eritmaga kislota qo’shib,natriy dixromat-Na2Cr2O7 hosil qilinadi. Natriy dixromat-Na2Cr2O7 ni ko’mir yordamida qaytarish orqali xrom(III)-oksidi-Cr2O3 hosil qilinadi; Na2Cr2O7+C→ Cr2O3+CO
Xromning kimyoviy xossalari. Ikki valentli xrom birikmalari nihoyatda beqaror. Ular kuchli qaytaruvchilardir. Masalan, CrCI2 ochiq idishda oksidlanadi
Cr+2HCI→CrCI2+H2 4CrCI2+O2+4HCI→ 4CrCI3+2H2O
Cr(OH) 2-xrom(II)-gidroksidi asos xossalarini namoyon qilib,hatto suvni qaytaradi; Cr(OH) 2+H2O→ Cr(OH)3+H2
Hosil bo’lgan Cr(OH)3 –xrom(III)-gidroksidi amfoter xossaga ega: Cr(OH)3+3H+ →Cr+3+3H2O
Cr(OH)3+OH- →CrO2-+2H2O
Ishqoriy muhitda kuchli oksidlovchilar ta’sirida uch valentli xrom birikmalari qaytaruvchi xossalarni namoyon qiladi va xrom(VI)-birikmalariga aylanadi.Masalan,2NaCrO3+3Br2+8NaOH→2Na2CrO4+6NaBr+4H2O
CrO3-Xrom (VI)-oksidi to’q qizil rangli kristall modda bo’lib,suvda yaxshi eriydi.U suv bilan reaksiyaga kirishganida faqatgina eritmada mavjud bo’la oladigan kislotalarni hosil qiladi;
CrO3+H2O→H2CrO4 xromat kislota 2CrO3+H2O→H2Cr2O7 dixromat kislota
CrO3-xromat angidrid. CrO3-xromat angdridni hosil qilish uchun K2Cr2O7 -kaliy bixromatga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettiriladi;
K2Cr2O7+H2SO4 → K2SO4 +CrO3 +H2O
CrO3-xromat angidrid ta’siridan metil spirt yonib ketadi; CrO3+C2H5OH→Cr2O3+CO2+H2O
Umuman olganda xrom birikmalari kuchli oksidlovchilar bo’lib,ular qaytarilganida uch valentli xrom birikmalariin hosil qiladi;
K2Cr2O7+3K2SO3+4H2SO4→Cr2(SO4)3+4K2SO4+4H2O
Xrom birikmalari kuchli oksidlovchilar bo’lib,ular kimyo sanoatida keng ko’lamda qo’llaniladi.
VI B guruh elementlari dan yana biri Mo-molibdendir.Molibden minerallarining eng muhimi molibden yaltirog’idir.Mo-molibden olish uchun uning oksidi 800-10000C da vodorod bilan qaytariladi; 2MoO3+6H2 →Mo+6H2O
Molibden og’ir metall bo’lib,uning zichligi 10,22,suyuqlanish harorati 26220C, qaynash ahrorati 48100C,ion potensiali 7,1eV,atom radiusi 1,360A.
Oksidlanish darajalari +2,+3,+4,+5,+6 ga teng bo’lib,ular ichida eng barqarori +4,+6 lardir.
Yaxlit holatdagi molibden odatdagi sharoitda havoda oksidlanmaydi.Faqat 6000 C da oksidlanib,MoO3 ga aylanadi.Molibden toza kislorod ta’sirida 500-6000 C da yonib ketadi. 7000 C da suv bug’i bilan reaksiyaga kirishib,vodorodni ajratib chiqaradi; Mo+2H2O→MoO2+2H2.

Download 29,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish