7-ma’ruza: ivb, vb,VI b



Download 29,46 Kb.
bet2/6
Sana22.04.2022
Hajmi29,46 Kb.
#573324
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma'ruza

2. VB guruh elementlarining fizik-kimyoviy xossalari
VB guruh elementlariga vanadiy,neobiy va tantal elementlari kiradi.Ular o’zgaruvchan valentlik namoyon qiladi;vanadiy 2,3,4 va 5 valentli,neobiyda 2,4,5 valentli ,tantalda esa vanadiydagi kabi 2,3,4 va 5 valentli holatlar kuzatiladi.Bu elementlarning o’z birikmalaridagi maksimal valentligi beshga teng.Bu holatga to’g’ri keladigan oksidlarining formulasi -E2O5 bu oksidlar kislotali angidrid xossalarini namoyon qiladi.
Vanadiy,niobiy va tantalda beshdan past valentlik ham uchraydi. Bu holatda vanadiy birinchi o’rinda turadi,neobiyda beshdan past valentlik kamroq,tantalda esa undan ham kamroq uchraydi.
Agar besh valentli holatlarga to’g’ri keladigan vanadiy,neobiy va tantal tuzlari eritmalarining har qaysisiga kislotali muhitda rux solinsa,vanadiyning valentligi 5dan 2 ga,niobiyniki 5dan 3 ga qadar qaytariladi,tantalniki esa beshda qoladi.
Vanadiyning tartib raqami 23,barqaror izotoplari 5023V -99,76%,va 5123V-0,24% ni tashkil qiladi.Elektron tuzilishi; KL53s23p63d34s2
Vanadiy 1830 yilda skandinaviyalik olim Zefshtrem tomonidan kashf etilgan.Vanadiy nomi go’zallik xudosi vanadis nomidan kelib chiqib,1834 yilda Uralda qazib chiqariladigan rudalar tarkibidan ajratib olingan.Yer qobig’ining 1,5*10-2% ini tashkil etadi.U juda tarqoq element bo’lganidan vanadiy rudalariga boy yirik konlar uchramaydi.Vanadiyning 50 dan ortiq minerallari ma’lum.
Olinishi.Hozirgi vaqtda vanadiy oksidini qaytarish usuli bilan olinadi.Qaytaruvchi sifatida Ca,Mg,AI ishlatiladi :
V2O3+2Ca=2V+3CaO 3V2O5+10AI=6V+5AI2O3
Nihoyatda toza vanadiy vakuumda VJ2 ni elektr toki ta’sirida 9000C qizdirilgan volfram simda parchalash orqali olinadi.Sof holatdagi vanadiy kumushsimon kulrang yuqori haroratda suyuqlanadigan og’ir metal.
Uning solishtirma massasi-5,98g/sm3
Suyuqlanish harorati-1710-18260C
Qaynash harorati-33960C
V2O3-qora rangli qattiq modda, VO2-to’q binafsha rangli qattiq modda,
V2O5-qovoq rangli qattiq modda.
V2O5ni olish uchun ammoniymetavanadat-NH4VO3 qattiq qizdiriladi;
2NH4VO3→ V2O5+2NH3+H2O
V2O5 kuchli kislotali muhitda oksidlash xossalarini namoyon qiladi; masalan,u vodorod xloridni xlorga qadar oksidlaydi; V2O5+6HCI→CI2+2VOCI+3H2O
Vanadiyning tuzlari vanadatlar deb ataladi va ularga kuchli ishqoriy muhitda vodorod peroksidi ta’sir ettirilganda perokso birikmalarni hosil qiladi;masalan,Na3VO4+4H2O2→Na3[VO8]+4H2O.Bu reaksiyada katalizator sifatida KOH-kaliy gidroksidi.

Download 29,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish