Emitter o‘tishining samaradorligi. Tranzistorning emitter-baza o‘tishiga to‘g‘ri kuchlanish berilganda p-n sohalar o‘rtasidagi potensial to‘siq balandligi pasayadi va o‘tish orqali tok oqib o‘tadi. Umumiy holda bu tok baza sohasiga purkalgan kovaklar oqimi jpe va bazadan emitter sohasiga yo‘nalgan qarama-qarshi elektronlar oqimi jne dan tashkil topgan (3.4-rasmga qarang).
Jeq jpe + jne (3.20)
3.4-rasm. Emitter tokining kovak va elektron tashkil etuvchilari
Tranzistorning ishlashi uchun jpe tok alohida ahamiyatga ega, chunki tokning xudi shu qismi kollektorga yetib boradi, jne tok esa siljish manbai orqali ulanib emitter o‘tishning qizishiga sabab bo‘ladi, shu tufayli u foydali ta’sir ko‘rsatmaydi. Emitterning purkash qobiliyatini xarakterlash uchun emitter o‘tishning samaradorligi parametri kiritiladi. Bu parametr, kovaklarning emitter sohasidan baza sohasiga purkalishiga mos keluvchi emitter o‘tish orqali o‘tadigan tok qismini aniqlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |