Е.В.Ушаков. Введение в философию и методологию науки. Учебник-Москва, изд., “Экзамен” г., 2005 , 37-46- стр.
А.М.Нoвиков, Д.А.Новиков. Методология и научного исcледования. - Москва, 2010 г., 61-166- стр.
Ж.Туленов. Методология научного творчества. –T.: 2001 г., 5-20- стр.
Философские проблемы методологии науки. –T.: Институт философии и права, 2006 г., 30-37- стр.
Falsafa. Ensiklopedik lug‘at. - T.: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti, 2010 y.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
fan
ilmiy izlanish (ilmiy ijod)
tasavvur
xayolot
zehn
|
intuitsiya
tushunish
tushuntirish
bashorat
|
“Fan – faoliyat” ilmiy bilimlarni qo`lga kiritishga yo`naltirilgan faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyat ilmiy ijod deb yuritiladi. Ilmiy ijod bilan shug`ullanuvchilar olimlar (izlanuvchilar), tadqiqotchilar.
Ilmiy izlanish faoliyatining o`ziga xos jihatlari
Ilmiy bilimlarni ishlab chiqishga yo`naltirilgan faoliyat ilmiy izlanish (ilmiy ijod) deb yuritiladi.
Ilmiy izlanish jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqadi.
Ilmiy izlanish - ilmiy izlanish faoliyatining o`ziga xos ko`rinishi hisoblanadi.
Ilmiy izlanish sub`ekti – ijodkor inson.
Ilmiy izlanish natijalari – qadriyat hisoblanadi.
Ilmiy bilimlar jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotining muhim omili hisoblanadi.
Ilmiy izlanish natijalari ilmiy tushuncha, ilmiy g`oya, qonun va nazariyalarda aks etadi.
Ilmiy izlanish- dinamik jarayon. Ilmiy bilimlar rivoji fan mazmunida aks etadi.
Ilmiy izlanish ilmiy bilish metodlaridan foydalanishni taqozo etadi.
Ijod. Ilmiy ijod
Ijod – insonning fan, madaniyat, texnika va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan yangilik yaratish faoliyati.
Inson ijodiy faoliyatining mohiyati, qonuniyatlarini evristika fani o`rganadi.
Ijodning badiiy, ixtirochilik, texnik, ilmiy turlari mavjud.
Ilmiy ijod insonning ma`naviy faoliyatining murakkab ko`rinishi. Ijod olamdagi narsa hodisa jarayonlarning mohiyati, qonuniyatlari haqidagi bilimlarni qo`lga kiritish jarayoni.
Bu 2 (ikki) tipdagi bilimlarda o`z ifodasini topadi.
Ilmiy bilimlar: gipoteza, qonun, nazariya…
Ilmiy bilish metodlari ishlab chiqiladi.
Ilmiy izlanishdan ko`zda tutilgan maqsad – yangi ilmiy bilimlarni qo`lga kiritish.
Ilmiy ijod – olamni ratsional o`rganish va o`zlashtirish, olamda amal qiladigan qonunlarni ochishga yo`naltirilgan bilish jarayoni .
Ilmiy ijodning ma`naviy-ruhiy omillari
- zehn;
- tafakkur;
- ijodiy tafakkur;
- tasavvur /xayolot/;
- ilhomlanish;
- intuitsiya.
Zehn – insonning ob`ektga qiziquvchanligi ifodasi hisoblanadi. Bu o`z navbatida narsa, hodisalarning muayyan tomonlariga alohida e`tibor qaratishda, tomonlari, xususiyatlarini to`g`ri fahmlay olishda namoyon bo`ladi.
Fikrlash (tafakkur) – bilishning ratsional bosqichi hisoblanadi. Fikrlash jarayonida predmet hodisalarning muhim tomonlari, xossa-xususiyatlari aniqlanadi.
Ijodiy tafakkur – ilmiy ijodda muhim o`rin tutadi.
Ijodiy tafakkur olam (tadqiqot ob`ekti)ni o`zgacha – “aql ko`zi bilan ko`rish”, uning mohiyatini anglashda namoyon bo`ladi.
Tasavvur – hissiy bilim shakli. Tasavvur biluvchi sub`ekt faolligining o`ziga xos ko`rinishi.
Tasavvur ko`rinishlari:
reproduktiv tasavvur;
konstruktiv (ijodiy) tasavvur.
Konstruktiv tasavvur tadqiqot ob`ektini “o`zgacha”, yangicha nazar bilan qarash
Konstruktiv yoki ijodiy tasavvur - ob`ektni kelajakda kutilishi mumkin bo`lgan holatning namoyon bo`lishi.
Ijodiy tasavvur (hayolot) ijodkorda o`ziga xos ruhiy holat – ilhomlanishda o`z aksini topadi.
Ijodiy fikrlash, xayolot, ilhomlanish yaxlit ijodiy faoliyat tarzida kechadi.
Intuitsiya - ijodkor insonga xos haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz bevosita anglab olish qobiliyati. Bu holat – “oldinda ko`rish”, “to`satdan anglash”.
Do'stlaringiz bilan baham: |