11-bilet
Topgullar va ularning turlari.
Agar 1 ta umumiy bandda bir nechta gul joylashgan bo`lsa, unga to`p gul deyiladi. To`pgullar hilma- hil bo`ladi. Masalan, so`ta, shingil, kuchala, soyabon, ruvak, savatcha, kallak va boshqalar. Olma nok, gilosningto`p guli oddiy qalqonsimon bo`ladi. Zubturumning mayda gullari uzun gul poyada bandsiz joylashadi va bunga oddiy boshoq diyiladi. Karam rediska,jag`-jag` va qurt tananing gullari to`pgul, gul poyaga uzun bandi bilan ketma-ket birlashgan. Buni oddiy shingil deydi. Sabzi ukrop, petrushka, shashir va bodiyomning to`pguli murakkab soyabonga ega. Tok, sholi, qamish nastarin kelin supurgi otquloq rovoch kabi o`simliklar murakkab shimgil - ruvak hosil qiladi. Yong`oq, oqqayin va tolning to`p guli kuchala hisoblanadi. Kungaboqar, kartoshga gul shuvoq, butako`z, sachratqi, karraklarning to`p guli savatcha hisoblanadi.
Quyidagi rasmda qanday jarayon aks etgan va uni tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |