Mavzu: Urug' sifatining dalada kôkarishiga ta'siri Reja



Download 29,8 Kb.
bet1/7
Sana30.04.2022
Hajmi29,8 Kb.
#600492
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Urug\' sifatining dalada kôkarishiga ta\'siri


Mavzu:Urug' sifatining dalada kôkarishiga ta'siri
Reja:
1. Urug' sifatining dalada kôkarishiga ta'siri
2. Urug`ning fizik va kimyoviy omillari.
3. Urug‘larning biologik holati
4. Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larning har xil sifatliligi
Foydalanilgan adabiyotlar


Urug' sifatining dalada kôkarishiga ta'siri
Urug‘lar unib chiqishiga ta’sir ko‘rsatadigan haroratning asosan uch xili tafovut qilinadi: urug‘lar unib chiqishi mumkin bo‘ladigan eng past, ya’ni pastharorat; urug‘lar hammadan tez unib chiqadigan, ularning unuvchanligi eng yuqori bo‘lib, juda baquvvat nihollar hosil qiladigan o‘rtachaharorat; urug‘lar hali unib chiqishi mumkin bo‘lgan eng yuqori, ya’ni maksimal harorat; harorat shu darajadan yuqori ko‘tarilganida urug‘larning unib chiqishi mumkin bo‘lmay qoladi.
Barcha ekinlar uchun yuqoriharoratlar 30-45° dan ortmaydi, o‘rtacha haroratlar
esa past darajadan ko‘ra yuqori darajaga ko‘proq yaqin bo‘ladi. Urug‘lar bo‘rtib,
ildizchasi va nishi o‘sib bora oladigan eng past darajadagi, ya’ni pastharorat turli
o‘simliklarda turlicha bo‘lib, rivojlanish bosqichi biridan ikkinchisiga o‘tgan sayin
ko‘tarilib boradi. Har bir ekin urug‘i uchun uning o‘ziga xos unish harorati borki,
bu haroraturug‘ning biologik xususiyatlariga ona o‘simlikning qaysi joydan kelib
chiqqani va qanday joyda o‘sib, bitganiga bog‘lq bo‘ladi. Tropiklardan keltirilgan
ekinlarning urug‘lari unib chiqish davrida mo‘tadil iqlimli rayon o‘simliklarining
urug‘lariga qaraganda issiqlikka ko‘proq talabchan bo‘ladi. Shimoliy rayonlarda
ytishtirilgan urug‘lar o‘zining unib chiqishi uchun janubiy mintaqalarda
yetishtirilgan urug‘larga qaraganda haroratni kamroq, talab qiladi.
Urug‘lar unib chiqishi uchun zarur bo‘lgan haroratning past, o‘rtachavayuqori
darajalari laboratoriya sharoitlarida aniqlangan (Posipanov, 1997).
Pastharorat-bu urug‘lar unishi uchun kerak bo‘lgan eng past harorat
ko‘rsatkichidir.Javdar, no‘xat, beda uchun +1°; bug‘doy, arpa, dukkaklar uchun
126
+30+4°; makkajo‘xori, kungaboqar, oq jo‘xori uchun - +80+100; paxta va qovun
uchun +130+15°. O‘rtachaharorat - urug‘lar unib chiqishi uchun eng qulay va
mo‘tadil harorat. Bunday haroratda (+250+30°) ko‘pchilik dala ekinlari urug‘lari
tez unibchiqadi.Yuqoriharorat - eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi, agar harorat
bundan oshib ketsa, urug‘lar unishdan to‘xtaydi.Yuqoriharorat: bug‘doy uchun -
+300+32°; makkajo‘xori uchun +400+44° va qand lavlagi uchun +280+30°.
Ko‘pchilik sabzavot ekinlari urug‘larining unib chiqishi uchun kerakli
pastvao‘rtachaharorato‘simliklarning o‘sib borishi uchun zarur haroratga
qaraganda umuman 20-3° yuqori bo‘ladi deb, hisoblanadi. Karam, turp, bryukva,
pastyernak, barcha turdagi piyoz urug‘lari 20-3° haroratda, no‘xat, sabzi, petrushka,
seldyer, ko‘k dukkaklar, lavlagi urug‘lari 50-6°, kabachki urug‘lari 80-10 °,
pomidor, baqlajon, qalampir, loviya urug‘lari 100-12°, bodring, qovoq urug‘lari
120-14°, qovun urug‘lari 150-16°, tarvuz urug‘lari 160-18° haroratda una boshlaydi.
Sovuqqa chidamli o‘simliklar urug‘larining unib chiqishi uchun zarur bo‘ladigan
o‘rtachaharorat 200-25° bo‘lsa, issiqsevar o‘simliklar urug‘larining unib chiqishi
uchun bu harorat 250-30° bo‘ladi.
N.M.Tkachenko va F.A.Tkachenko (1977) o‘z tadqiqotlarining natijalariga
asoslanib, sabzavot ekinlari urug‘lari unib chiqadigan past va o‘tachaharorat
ko‘rsatkichlari bir muncha past bo‘ladi deb, hisoblaydilar. Urug‘larning unib
chiqish davrida issiqlikka talabchanligi jihatidan sabzavot ekinlari uch guruhga
bo‘linadi: 1) issiqsevar ekinlar - tarvuz - pastharorat 140-16°C va o‘rtachaharorat
220-24°C, qovun - tegishlicha 120-130C va 180-200C, qovoq - 110-120C va 160-
18°C, bodring - 100-110C va 160-18°C, kabachki - 100-110C va 140-16°C, achchiq
qalampir - 100-110C va 220-24°C, chuchuk qalampir - 100-110C va 180-20°C,
baqlajon - 100-110C va 200-22°C, pomidor - 100-110C va 160-18°C, sparja - 100-
110C va 200-22°C, ko‘k loviya - 90-100C va 140-16°C; 2) sovuqqa chidamli ekinlar
- salat - 00C va 20-3°C, karam - 00C va 20-5°C, turp va rediska - 00C va 50-6°C,
shovul - 10-20C va 2-9°C, boshpiyoz - 00-20C va 140-16°C; 3) oraliq ekinlar -
petrushka - 50-60C va 100-12°C, sabzi, pastyernak, lavlagi 50-60C va 180-20°C,
shirin makkajo‘xori - 60-70C va 100-12°C.
M.E. Omonova (1995) rayonlashtirilgan sabzavot navlarining urug‘lari ustida
olib borgan o‘z tajribalariga asoslanib, sabzavot ekinlari urug‘larini past
darajadagi unish haroratiga qarab uch guruhga bo‘ladi: unish harorati juda past
(2°C gacha) bo‘lgan urug‘lar - bosh piyoz, karam, turp, rediska; unish harorati past
(30-5°C) bo‘lgan urug‘lar; sabzi, ukrop, petrushka, sholg‘om; unish harorati yuqori
(15°C atrofida) bo‘lgan urug‘lar - pomidor, chuchuk qalampir, bodring, baqlajon,
kabachki. O‘rtacha unish haroratiga qarab bu ekinlar ikki gypyxga bqlinadi: kam
talabchan (150-25°C) ekinlar - piyoz, sabzi, karam; ko‘proq talabchan (200-30°)
ekinlar - pomidor, chuchuk qalampir, baqlajon, bodring, karam, petrushka, ukrop,
rediska, turp, sholg‘om. Yuqori haroratga chidamliligi jihatidan: kamroq chidamli
ekinlar (30°C gacha bo‘lgan haroratda yaxshi unuvchanligini saqlab qoladi) -
baqlajon, chuchuk qalampir, boshpiyoz, sabzi, petrushka, ukrop, turp; birmuncha
ko‘proq, (15°C gacha) chidamli ekinlar - pomidor, bodring, kabachki, karam,
rediska, sholg‘om urug‘lari. Ekin urug‘lari o‘rtachaharoratda nechoglik tez unib
chiqishiga qarab to‘rt guruhga bo‘linadi: juda tez unib chiqadigan urug‘lar
(unuvchan urug‘lardan 1-1,5 kеcha-kunduz davomida 75 % maysalar
chiqishi)bodiring, turp, rediska; tez (2-3 kecha-kunduzda) unib chiqadigan urug‘lar
sholg‘om, karam, yarim madaniy kenja turga mansub pomidor; sekin (4-6 kechakunduzda) unib chiqadigan urug‘lar, piyoz, sabzi, petrushka, madaniy kenja turga
mansub pomidor, kabachki, ukrop; juda sekin (7-8 kecha-kundo‘zda) unib
chiqadigan urug‘lar: chuchuk qalampir, baqlajon, pastyernak. Madaniy kenja turga
mansub pomidor.Evropa navlari urug‘larining o‘rtacha unib chiqish harorati shu
kenja turga kiradigan jaydari navlar va yarim madaniy kenja turga mansub barcha
navlar urug‘larning o‘rtachaharoratiga qaraganda pastroq bo‘ladi. Qalampir, piyoz,
kabachki va bodring.Evropa navlarining urug‘larini mahalliy navlarning
urug‘lariga qaraganda tezroq, sabzi urug‘lari esa, aksincha, sekinroq unib chiqadi.
Urug‘larning unib chiqishi nafas uchun zarur bo‘ladigan kislorodning ko‘p
iste’mol qilinishiga bog‘liq. Shuning uchun unib kelayotgan urug‘larga to‘xtovsiz
havoo‘tib turadigan bo‘lishi kerak. Urug‘larning bir qismiga havo tegib turadigan
bo‘lsa bunday urug‘larning nish berguncha nam yutishi, butunlay suvga botib
turadigan urug‘lardagiga qaraganda tezroq boradi. Ekish oldidan barbatirlash
usulini qo‘llanish (urug‘larni kislorod yoki havoberib turiladigan idishda namlash)
shunga asoslangan.
Karbonat angidrid gazining havodagi miqdori 17 %ga eytadigan bo‘lsa, bu gaz
urug‘larning unishini susaytirib qo‘yadi, uninig havodagi miqdori 35 %ga yetgan
mahalda esa urug‘larniig unishi to‘xtab qoladi. Shu munosabat bilan urug‘lar
ekilgan paytdan boshlab,to maysalari unib chiqquncha o‘tadigan davirda yerda
qatqaloq hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Unib kelayotgan urug‘larga
yorug‘likning tabiatan qay tariqa ta’sir ko‘rsatishi hali to‘la-to‘kis aniqlangan
emas. Yoruglik urug‘lar (pomidor, baqlajon, qalampir va boshqa ekinlar urug‘lari)
ning unib chiqishi uchun zarur omil bo‘lib hisoblanmaydi, ba’zi ekinlar (karam,
rediska, qovoqdoshlar oilasiga mansub ekinlar) urug‘larining unib chiqishiga
yorug‘likyaxshi ta’sir kursatadiyu, ammo zarur bo‘lib hisoblanmaydi.
Tuproqlar o‘zining namligi hamda fizik xossalari, mexanik va kimyoviy tarkibi
jihatidan bir-biridan ancha farq qiladi. Shu munosabat bilan ular urug‘larning unib
chiqishiga kompleks tarzda ta’sir o‘tkazadi. Urug‘larning unib chiqish tezligi
tuproq namligi, harorati va ayerasiyasiga bog‘lik bo‘lsa, maysalarning paydo
bo‘lish tezligi tuproqning mexanik tarkibi va urug‘larning ekish chuqurligiga
bog‘liqdir. Tuproqning harorati va namligi yetarli darajada, mexanik tarkibi qulay
bo‘lgani holdaurug‘larning bir qadar yuzaroq qilib ekilishi unuvchanligini oshiradi
va maysalartezroqunib chiqishinita’minlab beradi. Urug‘larningo‘rtachaekish
chuqurligi ularning yirik-maydaligiga, tuproqning namligi va mexanik
tarkibigaqarab belgilanadi. Yengil va namligi kamroq tuproqlarda o‘rtacha ekish
chuqurliginam va og‘ir tuproqlardagiga qaraganda kattaroq bo‘ladi.
O‘zbekistan sharoitlarida sabzavot ekinlarining urug‘lar 60 %dan 80 %gacha
namlikka ega bo‘lgan bo‘z tuproqli va o‘tloqi tuproqli yerlarga ekilganida ular
ko‘proq unib chiqadi va tezroq maysa beradi. O‘rtacha tuproq harorati va
namligida maysalarning paydo bo‘lish tezligiga qarab sabzavot ekinlari to‘rt
guruhga bo‘linadi: juda tez (5-6 kunda) maysa beradigan ekinlar - rediska, turp,
sholg‘om; tez (6-7 kunda) maysa beradigan ekinlar - bodring, karam, kabachki;
sekin (8-10 kunda) maysa beradigan ekinlar - pomidor, baqlajon; juda sekin (10-12
kunda) maysa beradigan ekinlar - chuchuk qalampir, sabzi, piyoz (M.E. Omonova,
1995). It uzumdoshlar, karamdoshlar oilasiga kiradigan o‘simliklar, bosh piyoz
urug‘lari sof tuproqli yerlarda, qumloq tuproqli yerlarga nisbatan, bo‘z tuproqli
yerlarda, o‘tloqi tuproqli yerlarga qaraganda yaxshiroq unib chiqadi va tezroq
maysa beradi.

Download 29,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish